226
Iqtisodiyotning pasayish davrida foiz stakasi pasayishini, aksincha iqtisodiyotning
o‗sish davrida foiz stavkasini o‗sishini kuzatish mumkin
201
.
Aktivlar likvidligini pasayish riski moliya nistitutlari
tomonidan chiqib
ketadigan naqd pullarni qoplash uchun yetarli darajadagi naqd pul mablag‗lari
kirimi bilan ta‘minlay olmasligi ehtimolligini bildiradi. Likvid aktivlar barcha
moliya institutlari uchun zarur hisoblanadi. Banklar va boshqa depozit
muasassalariga jalb qilingan depozitlar va boshqa majburiyatlar bo‗yicha,
pensiya
fondlari ular yordamida shartlashgan kelishuv to‗lovlarini amalga oshirish uchun
kerak bo‗ladi. Hayot sug‗urtasi bilan shug‗ullanadigan kompaniyalar uchun
muddatidan ilgari mijoz bilan ro‗y bergan baxtsiz xodisaga to‗lov uchun zarurdir.
Moliya institutlarining ma‘lum darajadagi likvid
shakldagi aktivlarini
mavjudligi shuni anglatadiki, naqd pul mablag‗larini yetishmovchiligi mavjud
bo‗lsada, biroq daromad keltiruvchi istiqboli investitsiya
qilish yoki ssudalar
berish imkoniyatini qo‗ldan bermaydi. Agarda moliya institutlari joriy qisqa
muddatli majburiyatlar bilan hisob-kitob qilish uchun zarur naqd pul mablag‗lariga
ega bo‗lmasa, hatto faoliyati uzoq muddatli istiqbolda foyda keltirish lozim
bo‗lganda ham, u bankrot deb tan olinishi mumkin.
Milliy valyuta almashinuv kursini o‗zgarishi
ham moliya institutlarining
daromadi yoki portfeli qiymatini tebranishlarga olib keladi. Ko‗pchilik moliya
muasassalari xorijiy valyutada ochilgan hisob varaqlariga ega bo‗lib, mijozlar
topshiriqlariga ko‗ra valyuta oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshiradi.
Bundan
tashqari, ular to‗g‗ridan-to‗g‗ri boshqa mamlaktlar iqtisodiyotiga investitsiya qiladi,
xalqaro kredit bozorida yoki xorijda ikkilamchi moliyaviy majburiyatlar sotishni
amalga oshiradi. Jahon iqtisodiyoti holatini o‗zgarishi, AQSh dollariga nisbatan
xorijiy mamlakatlar valyutasi almashinuv kurslarini
tebranishiga va valyuta
kurslarini bunday tebranishi moliya muassasalarining valyuta hisoblari qiymatini
pasayishiga yoki o‗sishiga olib keladi.
Siyosiy risklar AQSh hukumatining xorijiy davlatlar bilan shartlashgan
harakatlari natijasidagi portfellar bahosidagi tebranishlarda aks etadi.
Shuningdek,
hukumatlarni
moliya
institutlari
faoliyatini
tartibga
solish
qoidalariga
o‗zgartirishlar kiritishi ham ularni daromadlari va aktivlari qiymatiga ta‘sir etadi.
Masalan, banklar va depozit muassasalari uchun majburiy sug‗urta badallarini
oshirish to‗g‗risida qaror qabul qilinishi, ularning daromadlarini kamaytiradi.
Shuning
uchun,
moliya
institutlari
tomonidan
siyosiy
vaziyatlardagi
o‗zgartirishlarni kuzatib borish va ular sodir bo‗lganda
tezlik bilan aniq qarorlar
qabul qilish g‗oyat muhim hisoblanadi
202
.
201
Financial Markets and Institution\Eighth Edition. Frederic S. Mishkin & Stanley G. Eakins.79,81p.
202
Kiduell D. S., Peterson R. L., Blekuell D. U. Finansovie instituti, rinki i dengi. -SPb: Izdatelstvo «Piter», 2000. -
(Seriya «Bazoviy kurs»)-59s.