Toshkent davlat iqtisodiyot univyersityeti a. Sh. Bekmurodov, Z. A. Abdullayev, B. M. Badalov


X -bob. XALQARO MOLIYAVIY RISKLAR VA XALQARO REYTING



Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/321
Sana11.02.2022
Hajmi6,92 Mb.
#443676
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   321
Bog'liq
XALQARO MOLIYA BOZORI VA INSTITUTLARI O„quv qo„llanma

X -bob. XALQARO MOLIYAVIY RISKLAR VA XALQARO REYTING 
AGENTLIKLARI
 
10.1.
 
Xalqaro moliya bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirishdagi 
risklar 
Risk-salbiy omillar ta‘sirida noxush voqealar ro‗y berishi oqibatidagi 
yo‗qotish xavfidir. Xalqaro moliya bozoridagi operatsiyalardagi risklarni keltirib 
chiqaruvchi makro va mikro darajadagi omillarga iqtisodiy o‗sishni pasayishi, 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozlar, inflyatsiyani kuchayishi, to‗lov balansidagi salbiy 
holatlar, rasmiy oltin-valyuta rezervini kamayishi, davlat qarzini ortishi, kapital 
migratsiyasi, moliya bozorining nobarqarorligi, siyosiy voqealar, mamlakatlarning 
xalqaro reytingi, kontragentning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini yomonlashuvi, 
importyor va qarz oluvchining to‗lovga qobiliyatsizligi, valyuta kurslarining 
nobarqarorligi, foiz stavkalarini tebranishi, ma‘lumotlarning shafof emasligi va 
boshqalarni keltirib o‗tish mumkin
197
.
Xalqaro bozorda kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladigan valyuta 
operatsiyalarida kurs bilan bog‗liq risklar quyidagilardan iborat
198
: 1) operatsion 
risk; 2) ayirboshlash riski; 3) iqtisodiy risk. 
Moliya institutlari qaysiki, o‗z kompaniyalarining aktivlari qiymatini o‗sishini 
ta‘minlash faoliyatining maqsadi hisoblanadi, biroq shuni hisobga olishi shartki, 
yuqori daromadni ta‘minlovchi investitsiyalar qoidaga ko‗ra, yuqori risk bilan 
bog‗liq bo‗ladi. Aks xolda esa, haddan tashqari riskli faoliyati natijasida ko‗pgina 
firmalar faoliyatini halokatga uchrashi ehtimolligi yuqori bo‗lmas edi.
Aktivlar qiymatining kursi va daromadini oshirish yo‗llarini izlashda, moliya 
institutlari turli xildagi quyidagi risklarni hisobga olishi shart: kreditni qaytmaslik 
riski (defolt riski); foiz stavkalarini o‗zgarish riski; likvidlikni pasayish riski; milliy 
valyuta almashinuv kursini o‗zgarish riski va siyosiy risk. Ushbu risklarning har 
biri, kelgusida yuqori daromad va yo‗qotishlar o‗rtasidagi optimal nisbatini 
tanlashdagi muhim omillari hisoblanadi. Moliya muasassalari ssudalar berish yoki 
obligatsiyalar yoki boshqa qarzdorlik majburiyatlari paydo bo‗lishi bilan kredit 
defolt riskini bilan to‗qnash kelinadi.
Moliya muasassalari qarz majburiyatlari yoki ssudani qaytmaslik riskini 
minimallashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirishlari lozim
199
:

o‗z portfelini diversifikatsiya qilish;

qarzdorning to‗lovga qodirsizlik qobiliyati ehtimoligi mavjud emasligini 
aniqlash uchun uni faoliyati yuzasidan dastlabki atroflicha tahlil o‗tkazish;

ssuda berilgandan keyin qarzdorning moliyaviy holatidagi o‗zgarishlarni 
o‗z vaqtida bilish uchun domiy kuzatib borish. 
197
Mejdunarodnie valyutno–kreditnie otnosheniya: Uchebnik dlya vuzov /Pod red. L.N.Krasavinoy. –4–e izd., 
pererab. i dop. –M.: Izdatelstvo Yurayt, 2014. 343s.
198
Global Financial Markets./7 the edition. Stephen Valdez & Philip Molyneux. Palgrave McMillan, 2013. 330r. 
199
Kiduell D. S., Peterson R. L., Blekuell D. U. Finansovie instituti, rinki i dengi. — SPb: Izdatelstvo «Piter», 2000. 
— (Seriya «Bazoviy kurs»)-58s.


222 
Foiz stavkasini o‗zgarish riski deganda, bozor foiz stavkasini o‗zgarishi 
natijasida, qimmatli qog‗ozlar bahosi yoki ular bo‗yicha to‗lanadigan daromadlarni 
tebranish ehtimolliklari tushuniladi. 
Bozor risklarini o‗lchovida Valueat-Risk (VaR) metodologiyasi qo‗llaniladi. 
VaR-bu portfelining berilgan muddat ichida bozor omillarining keltirilgan 
taqsimoti sharoitida maksimal yo‗qotishlarni statistik bahosi, ya‘ni VaR ma‘lum 
muddat davomida oshib ketmaydigan ko‗rilishi mumkin bo‗lgan yo‗qotishlar 
miqdorini (maqbul risk darajasini) ifodalaydi. 

Download 6,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish