Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan


OCHIQISH VA TO’YISHNNING FIZIOLOGIK ASOSLARI



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

OCHIQISH VA TO’YISHNNING FIZIOLOGIK ASOSLARI
Odamning vaqti-vaqti bilan qorni ochadi va ovqat yegisi keladi. Ochiqish
markaziy nerv tiziminning turli sohalarida joylashgan va ovqatlanish markazi
nomini olgan neyronlar yig’indisining qo’zg’alishiga bog’liq. Bu markaz,
birinchidan, hazm a’zolarining uyg’un ishlashini ta’minlasa, ikkinchidan, ovqat
izlash va uni iste’mol qilishga bog’liq bo’lgan xatti-harakatlarda ishtirok etadi.
Ovqatlanish markazi neyronlari orasida gipotalamusning lateral va
ventromedial yadrolaridagi neyronlar yetakchi rol o’ynaydi. Lateral yadroning
shikastlanishi ovqatdan voz kechishga (afagiyaga) olib keladi. Uni ta’sirlash esa
ochopatlikka (giperfagiyaga) sabab bo’ladi. Shu sababli gipotalamusning lateral
yadrolari ochiqish markazi deyiladi.
Ventromedial gipotalamik yadrolarning shikastlanishi giperfagiyaga olib
kelsa, ularning qo’zg’alishi esa afagiyaga sabab bo’ladi. Demak, ventromedial
yadrolarni to’yinish markazi desa bo’ladi.
Ochiqish va to’yinish hissi shakllanishida markaziy nerv tizimining boshqa
qismlari ham ishtirok etishini unutmaslik kerak.
Ovqatlanish markazining gipotalamik neyronlari qonda oziq moddalar
miqdori o’zgarganda va turli periferik retseptorlardan keladigan afferent
impulslar ta’sirida qo’zg’aladi.
Qorni to’q hayvonning qoni och hayvonga quyilganda, och hayvon go’yo
qorni to’ygandek bo’lib, ovqat talab qilmaydi. Ammo to’q qon tarkibidagi qaysi
modda bu natijaga olib kelishi noma’lum.
Ochiqish qonda glyukoza yoki aminokislotalar, yohud yog’ va yog’ kislotalari
miqdori kamayishiga bog’li, degan glyukostatik, aminoatsidostatik va lipostatik
nazariyalar bor. Ammo ularning birortasi ham odamning nima sababdan
ochiqishini to’la tushuntirib bera olmaydi.
So’nggi yillarda olg’a surilayotgan metabolik nazariya haqiqatga ancha
yaqin. Bu nazariyaga ko’ra Krebs halqasida hamma oziq moddalarning


parchalanishi natijasida hosil bo’ladigan oraliq moddalarning qondagi miqdori
ovqatlanish markazining qo'’g'’luvchanligini belgilaydi.
Bu moddalardan tashqari, ovqatlanish markaziga hazm tizimining ba’zi
gormonlari (masalan, xoletsistokinin-pankreozimin) va bu tizim a’zolaridagi
retseptorlaridan markazga intiluvchi impulslarning ta’siri katta.
Ovqat iste’mol qilingandan so’ng odam to’yganini sezadi. To’yish
ovqatlanish jarayonida, iste’mol qilingan oziq moddalar qonga so’rilmasdanoq
rivojlanadi. Bu birlamchi yoki sensor to’yinishdir. Uning yuzaga chiqishi shartli
va shartsiz reflektor yo’l bilan ochlik markazining tormozlanishidan iborat.
Ovqat hazm bo’lib, hazm mahsulotlari qonga so’rila boshlagandan keyin sensor
to’yinish ikkilamchi yoki chin to’yinishga aylanadi.
Hayvonlarda ovqatda yetishmaydigan moddani izlab topib, yeyish qobiliyati
bor. Organizm uchun zarur moddaga intilish o’ziga xos ishtaha deyiladi.
Odamda ham o’zidga xos ishtaha borligi ba’zi sharoitlarda yaxshi seziladi.
Masalan, homilador ayolda vitaminlarga va kalsiyga ehtoyoj ortadi. Mevalarga
va kalsiyga boy moddalarga (bosh qorong’ilik) o’ziga xos ishtahaning belgisi
hisoblanadi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish