Microsoft Word 4-kurs loyihalash majmua


  Jismoniy madaniyat o'qituvchisining kasbiy muxim sifatlari



Download 5,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/330
Sana10.02.2022
Hajmi5,13 Mb.
#440974
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   330
Bog'liq
jismoniy madaniyat oqitish texnologiyalari va loyihalashtirish

1.3. 
Jismoniy madaniyat o'qituvchisining kasbiy muxim sifatlari 
O'qituvchi shaxsining kasbiy muxim sifatlari – bu zamonaviy ta'lim maqsadlarini samarali 
amalga oshirish imkonini beruvchi shaxsning ijtimoiy zarur sifat va qobiliyatlari majmui.[3, s.9] 
Jismoniy madaniyat o'qituvchisining kasbiy maxorati undagi ma'lum bir shaxs sifatlarining va 
pedagogik faoliyatga qobiliyatning borligiga bog'liq. Quyidagi sifat guruxlari ajratiladi. 
O'qituvchining dunyoqarash sifatlari o'zining bor pedagogik faoliyatini o'z xalqiga, davlatiga 
xizmat qilishga undaganidek, o'quvchilarda faol xayotiy pozitsiya tarbiyalash uchun mustaxkam 
asos beradi.[18, s.14] 
Dunyoqarash jismoniy madaniyat o'qituvchisining butun faoliyatini motivatsiyalaydi. Mazkur 
sifatlar pedagogni o'z xalqiga, o'z Vataniga xizmat qilishga undaydi. O'qituvchi umumiy 
dunyoqarashining aks etishi xar bir o'quvchiga, uning kelajagiga javobgarlik xissi xisoblanadi. 
O'quvchilarda Vatanga sadoqatni tarbiyalab, jismoniy madaniyat o'qituvchisi ularda dunyo 
arenasidagi mamlakatimiz sportchilarining yutuqlari bilan faxrlanish xissini xam rivojlantirishi 
kerak. 
Axloqiy sifatlar xatti-xarakatda, xulq-atvorda aks etadi. Odoblilik, yoki axloq, — bu 
jamiyatda qabul qilingan va inson xatti-xarakatlarini tartibga solish vazifasini bajaruvchi norma
yozilmagan qoidalar. O'qituvchi axloqiy sifatlarning butun bir majmuiga ega bo'lishi kerak: 
gumanizm, muloyimlik, xalollik, talabchanlik, optimizm va xk., chunki o'quvchilarni axloqiy 
tarbiyalash nafaqat ularga so'z shaklida ta'sir qilishga asoslanishi, balki avvalo o'zi na'muna 
bo'lmog'i kerak. 
Jismoniy madaniyat o'qituvchisining pedagogik optimizmi o'z ichiga shunday sifatlarni oladi: 
mexribonlik, o'qituvchining ziyrakligi, uning dilkashligi va raxmdilligi, quvnoqlik, xazil-mutoyiba 
xissi, o'quvchilarga, ularni oldiga qo'yilgan maqsadlarga erishishlariga ishonish, xatto agar ushbu 
o'quvchilar sust o'zlatirayotgan va tarbiyasida buzulishlari bo'lsa xam. 


149 
Biroq pedagogik optimizmni o'qituvchida omadsizliklar paytida ranjish xissi yo'q deb 
tushunmaslik lozim. Ranjish, ishdan vaqtinchalik qoniqmaslik tabiiy xisoblanadi va o'qituvchini 
ishga nisbatan samimiy munosabatidan dalolat beradi, noformal munosabatdan emas. 
Shuningdek rostgo'ylik xam muxim sifat xisoblanadi. Agar o'quvchi falьshь, o'qituvchining 
g'irromligini sezsa, unda o'quvchi mantiqan qaror qiladiki, uni aldashmoqdi, uning o'qituvchi 
so'zlariga va xarakatlariga bo'lgan ishonchi yo'qoladi. Muloqot jarayoni formal tus oladi yoki 
umuman to'xtaydi. O'qituvchi va o'quvchi o'rtasida ishonchsizlik to'sig'i paydo bo'ladi. 
O'qituvchining gumanizm kabi axloqiy sifati uning odamlarga va umuman o'quvchilarning 
xar biriga bo'lgan munosabatani ifodalaydi. Bu insonni yer yuzidagi oliy qadriyat deb xisoblashdir. 
O'qituvchining insonparvar munosabati uning o'quvchi shaxsiga qiziqishida, qiyin 
vaziyatlarda yordam berishida, unga xayrixoxlikni namoyon etishda, o'quvchining qadrini tan 
olishda, o'quvchini rivojlanishiga va uni shaxs sifatida shakllanishiga talabchanlikda aks etadi. 
O'qituvchi boshqa axloqiy sifatlarga xam ega bo'lishi kerak; printsipiallik (xatti-xarakatda 
dangallikka va qaysarlikka aylanmaydigan), o'z o'ziga tanqidiy munosabat, mexnatsevarlik, 
adolatlilik. 
«Adolatlilik, deb yozadi V.A.Suxomlinskiy, - bu bolani tarbiyachiga ishonish asosi, lekin odil 
bo'lish uchun xar bir bolaning ruxiy dunyosini nozikliklarigacha bilish kerak». 
Irodaviy sifatlar xam jismoniy madaniyat o'qituvchisi faoliyatida muxim rol o'ynaydi. Ularga 
kiradi vazminlik (o'zini yo'qotmaslik), qat'iyatliy, chidamlilik, talabchanlik, dadillik, jasurlik. 
Ye.P.Ilьin takidlaganki, o'qituvchining bosiqligi va vazminligi uning o'z ishiga nisbatan 
beparvolikka, loqaydlikka o'zgarmasligi kerak. O'qituvchi xursand bo'lishga, jaxli chiqishiga, 
qayg'urishga, xafa bo'lishga xaqqi bor va majburdir. Lekin xatto g'azablanganda xam, u o'zini 
yo'qotmasligi, o'zini boshqarishi, qo'pol va kamsituvchi oxangga o'tmasligi kerak [7, s.143]. 
Jismoniy madaniyat o'qituvchisining irodaviy sifatlaridan biri uning talabchanligi bo'lishi 
lozim. O'quvchilar (ayniqsa o'g'il bolalar) o'zi istaganiga qo'pol majburlashlarsiz va taxdidlarsiz, 
shuningdek pedantizmsiz erishuvchi o'qituvchilarni juda xurmat qilishadi. Aytib o'tilgan talablardan 
chetlashuvchi xar birini o'quvchilar o'qituvchinig irodasi sustligi sifatida ko'rishadi. 
Shuningdek jismoniy madaniyat o'qituvchisi uchun uddaburonlik kabi irodaviy sifatga ega 
bo'lish katta axamiyat kasb etadi. Jismoniy madaniyat darsida tez qaror qabul qilishni taqazo 
etuvchi vaziyatlar tez-tez sodir bo'ladi. Uddaburon o'qituvchi xamisha undan munosib chiqib ketish 
yo'lini topa oladi. 
Intellektual sifatlar o'qituvchining didaktik qobiliyatlarini mustaxkamlaydi, unga tarbiya 
ishida to'g'ri qarorni topishga yordam beradi, o'qituvchi ijodining samaradorligini, o'quvchilarni 
tarbiyalashda va o'qitishda yangi, o'rganilmagan yo'llarni qidirishni asoslaydi. 
Mazkur sifatlarga ongning aniqligi va mantiqiyligi, uning tanqidiyligi, tasavvur, ijodkorlik, 
zukkolik kiradi. 
Intellektual sifatlar idrok qilish va xotira xususiyatlarini ta'riflovchi pertseptiv va attentsion 
sifatlarga asoslanadi. 
Diqqatni taqsimlanganlik kabi sifat muxim rol o'ynaydi, chunki jismoniy madaniyat 
o'qituvchisi bir paytning o'zida ko'p ob'ektlarni va o'z faoliyatidagi vaziyatlarini xam kuzatib 
borishi, o'z vaqtida kutilmagan vaziyatga munosabat bildirishi va doimo butun bir sinfni diqqat 
markazida tutib turishi kerak. 
Bunda u o'quvchilar xolatiga va kayfiyatiga ziyraklik bilan munosabat bildirishi, o'quvchilar u 
tushuntirib turganlarini tushinishmoqdami yoki yo'qligini xis qilishi, tartib-intizomning barcha 
buzilishlarini sezishi, o'quvchilarning mashqlarni bajarishdagi xatolarini aniqlashi lozim. Tajribasiz 
o'qituvchilar, materialni bayon qilish, uni ko'rsatish bilan band bo'lib, o'quvchilar nazoratini 
nazardan qochirishadi, agarda o'quvchilarni o'z diqqatida tutib turishni xoxlashsa, unda bayon 
qilayotganini yo'qotib qo'yishadi, mashqni ko'rsatishda xatolar va to'xtalishlar qilishadi. 
Ko'p xollarda namoishni to'xtatmaslik uchun o'qituvchi mashqni tushuntirishda, bajarishda 
o'quvchiga o'z ta'sirini ortga surishi lozim. Bu o'qituvchidan yaxshi qisqa muddatli xotirani talab 
qiladi, tartibni buzganga nima aytishi kerakligini unutmaslik uchun. 


150 
Psixomotor sifatlar jismoniy madaniyat o'qituvchisi uchun g'oyat muxim. O'qituvchi 
ko'rsatadigan ko'p mashqlar katta jismoniy tayyorgarlik talab etadi. Yosh o'tishi bilan jismoniy 
sifatlar regressiyaga uchrash xususiyatiga ega, shuning uchun jismoniy madaniyat o'qituvchisining 
doimiy tashvishi ularni kerakli darajada tutib turish xisoblanadi. 
Psixomotor sifatlar pertseptiv va attentsion sifatlar bilan uzviy bog'langan: xis etishning 
tezligi, ob'ektlarga yoki signallarga e'tibor berishdagi diqqat kontsentratsiyasining darajasi va xk. 
Shuning uchun jismoniy madaniyat o'qituvchisining kasbiy muxim sifatlarni guruxlarga bo'lish 
dogma (aqida) sifatida qabul qilmaslik kerak. Ba'zi sifatlarning boshqalariga o'tishi, ularning bir 
birini to'ldirishi, o'zaro bog'liqligi ko'p kuzatilgan. 
Didaktik sifatlar, Ye.N.Gogunov va B.I.Martьyanov takidlashganidek, bu o'quv materialini 
oson qilib uzatish qobiliyatidir [4, s.152.]. Yangi o'quv materialini tushuntirishda o'qituvchi 
o'quvchilarning mazkur guruxiga tushunarli bo'lgan atamalarni ishlatishi, ularni o'quv faniga 
qiziqtirishi, o'quv faoliyatida faollikni va mustaqil fikrlashni uyg'otishi kerak. O'qituvchining 
mazjkur qobiliyatlari uning o'quv materialini qayta tuzish, moslashtirish, qiyinni oson, murakkabni 
— sodda, tushunarsizni — tushunarli qilish maxoratidan iborat. 
Akademik sifatlar - bu qobiliyatlar fanning ma'lum bir soxasiga taaluqli. Qobiliyatli jismoniy 
tarbiya o'qituvchisi o'z fanini nafaqat o'quv kursi xajmida, balki ancha chuqurroq va kengroq biladi. 
U o'z fani bo'yicha ilm-fan soxalaridagi so'nggi kashfiyotlarni o'rganishga xarakat qiladi, o'zi 
tadqiqot ishlarini yuritadi. 
Nutqiy sifatlar - bu nutq, shuningdek mimika va pantomimika yordamida o'zining o'y-
fikrlarini va xis-tuyg'ularini aniq va ravon tasvirlay olish qobiliyatlari. Bundan tashqari, o'qituvchi 
o'z kuchiga, o'zi aytib turganlariga ishonchi komilligini va qiziqishini namoyon qilishi lozim. 
Tashkilotchilik sifatlari - bu o'quvchilarni boshqarish, ular faoliyatini tashkillashtirish, ular 
kollektivini shakllantirish, maktab o'quvchilarini o'quv vazifalarini xal qilishga ruxlantirish 
qobiliyati. Bundan tashqari, o'zining shaxsiy faoliyatini tashkillashtirish qobiliyati xam muxim. 
Pedagogning nufuzi — bu o'qituvchining o'quvchilar xurmatini qozonish, ularni ishonchiga 
kirish, obro'-e'tiborga erishish qobiliyati. Ye.P.Ilьin fikriga ko'ra, qaysidir bir xayot va faoliyat 
soxasidagi obro'li odam, agar fikriga quloq solishsa, unga taqlid qilishga xarakat qilishsa va unga u 
yoki bu masalada qaror qabul qilishni ishonishsa shu odam obro'li xisoblanadi [7, s.123]. 
Kommunikativ sifatlar - bu o'quvchilar bilan muloqot qilish qobiliyati, ularga to'g'ri 
yondashuv topa olish, yaqin aloqa o'rnatish, ular bilan pedagogik faoliyatni amalga oshirishda 
maqsadga muvofiq o'zaro munosabat o'rnatish maxorati. 
Ularga kiradi dilkashlik, muloyimlik, xayrixoxlik va bir qator boshqalari, o'qituvchiga 
muloqot jarayonida o'quvchilar bilan aloqa o'rnatishga yordam berishadi va shu bilan o'qituvchining 
tarbiya ishida omad keltirishadi. Bunday sifatlarga pedagogik takt xam kiradi. 
Pedagogik takt kundalik xayotda ruxiy deb ataluvchi ko'p sifatlarga asoslanadi. Odobli 
o'qituvchi paydo bo'lgan xolatni tez va bexato tushunib oladi, u yoki bu o'quvchi uchun 
muloqotdagi qiyinchiliklarni tushunadi, uning xolatini aniqlaydi va shuni inobatga olib yagona 
to'g'ri qarorni qabul qiladi, o'quvchiga mos keluvchi ta'sir shaklini tanlaydi, o'quvchini noqulay 
vaziyatga qo'ymaslik uchun to'g'ri so'zlarni, intonatsiyani tanlaydi. 
Odobli o'qituvchi xech qachon bolaning xarakatlari, xayotga va o'qishga munosabati 
sabablarini bilish uchun uning ko'nglini «titib tashashni» o'ziga ep ko'rmaydi. 
Pedagogik taktga rioya qilish doimo o'z fikr va xarakatlarini nazorat qilishni talab qiladi. O'z 
xatti-xarakatlarini va so'zlarini nazorat qila olmaslik atrofdagilarni qiyin vaziyatga qo'yishi, 
nomaqbul oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
I.V.Straxov o'qituvchi shaxsining quyidagi, pedagogik taktni beandishalikdan farqlovchi 
psixologik xususiyatlarini ajratadi: 
- rasmiyliksiz murojatning tabiiyligi va soddaligi; 
- loqaydliksiz ishonch; 
- tarangliksiz oxangning jiddiyligi; 
- masxarasiz xazil va mutoyiba;
- mayda ayblovlarsiz talabchanlik; 


151 
- erkalanishsiz xayrixoxlik; 
- g'azabsiz ish oxangi; 
- qistovsiz o'z vaqtidagi tarbiyaviy ta'sir; 
- injiqliksiz printsipiallik va qat'iyatlik; 
- takidlovlarsiz e'tiborlilik va ziyraklik; 
- iltimoslarsiz buyruq berish; 
- bilimdagi ustunliklarni aytmasdan o'qitish; 
- beparvolikni ko'rsatmasdan eshitish. 

Download 5,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   330




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish