Microsoft Word 4-kurs loyihalash majmua


 Jismoniy madaniyat o'qituvchisining kasbiy maxoratini oshirish usullari



Download 5,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/330
Sana10.02.2022
Hajmi5,13 Mb.
#440974
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   330
Bog'liq
jismoniy madaniyat oqitish texnologiyalari va loyihalashtirish

1.4. Jismoniy madaniyat o'qituvchisining kasbiy maxoratini oshirish usullari 
O'z ishining ustasi bo'lish uchun jismoniy madaniyat o'qituvchisi maktabda besh–olti yil 
ishlashi lozim. Biroq keyin xam uning kasbiy mukammallashishi sodir bo'ladi. Yoshi o'tib jismoniy 
madaniyat o'qituvchisida jismoniy tayyorgarlik darajasi biroz o'zgaradi, bu o'z navbatida pedagog 
faoliyati strukturasidagi o'zgarishlarga xam olib keladi. O'quvchilarni boshqarish qobiliyati juda 
katta rol o'ynaydi. O'qituvchi ko'pincha demonstrantlarni, yordamchilarni ishlatadi. Bu shundan 
dalolat beradiki, o'qituvchi maxorati dinamik xarakteristika xisoblanadi va o'qituvchining 
mukammallashish jarayoni cheksizdir. 
Ilьin Ye.P. jismoniy madaniyat o'qituvchisi maxoratini oshirishning ikkita usulini ajratadi. 
Ulardan biri turli kurslarda malakani oshirishdan iborat, metodik majlislar va xk. Boshqa usul — 
o'z-o'zini mukammallashtirish, u bir qancha yo'llar bilan amalga oshirilishi mumkin: 
1. 
Tajribali o'qituvchilar tomonidan o'tiluvchi darslarni kuzatish va taxlil qilish. 
2. 
O'zining kasbiy va umumiy eruditsiyasini (maxsus adabiyotlarni o'qish, shu jumladan 
«Maktabda jismoniy madaniyat» jurnalini, ushbu adabiyotni maxsus bo'limlari bo'yicha yozib olish, 
o'zining pedagogik ishi uchun yangi ma'lumotlarni birlashtirish va xulosalarni ta'riflash) oshirish; 
sport nashrlarini o'qish, sport bellashuvlari xaqidagi teleko'rsatuvlarni tomosha qilish, bir qator 
bellashuvlarga barcha muxim sport xodisalaridan xabardor bo'lish maqsadida tashrif buyurish, sport 
soxasida kengroq eruditsiyaga ega bo'lish (busiz jismoniy madaniyat bo'yicha emotsional dars o'tish 
va sport sektsiyalarida mashg'ulotlar o'tish, o'quvchilarda jismoniy madaniyatga qiziqish 
shakllantirish qiyin). 
3. 
O'zinnig pedagogik faoliyatini xar kuni taxlil qilish (masalan, kundalik yordamida, 
unda ba'zi o'quvchilarning va butun bir sinfning o'ziga xos xususiyatlari yozilishi, o'quvchilarga 
turli vaziyatlardagi u yoki bu ta'sirlarning samarasi, kelejakdagi rejalar, darsni tashkil qilish 
bo'yicha fikrlar belgilanishi mumkin va xk.). 
4. 
Murakkab bo'lmagan tadqiqot ishini o'tkazish, u o'qituvchiga o'zining faoliyati bilan 
bog'liq, uni qiziqtirib turgan savollarga javob berishi mumkin, (masalan, kuchni rivojlantirish uchun 
ular tomonidan bajarilayotgan mashqlarning samarasi qanday, butun bir sinfning va ayrim 
o'quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi qanday, aniq u yoki bu sharoitlardagi metodlardan 
qaysi biri samaraliroq va xk.) [8, s.207]. 
Jismoniy madaniyat darsini o'tish metodikasiga taaluqli narsa o'zlashtirilganda o'z-o'zini 
mukammallashtirish o'qituvchi tomonidan manfaat ko'zlab qilinmasligi lozim. Xullas, ayrim 
o'qituvchilar, masalan, «Maktabda jismoniy madaniyat» jurnalini o'qib, faqat jismoniy mashqlar 
majmui va yangi nostandart uskunalar bayon etilgan maqolaga axamiyat berishadi. Ma'lumotning 
bunday tanlovi uni o'quvchilarni jismoniy tarbiyalashning umumiy yondashuvlar pozitsiyasi va 
printsiplari jixatidan mavjud bilimni qayta anglashga rag'batlantirmaydi, vaxolanki o'qituvchining 
metodik bilimlarini kengaytiradi. Shuning uchun bunday o'qituvchining nazariy bazasi oldingi 
darajada qoladi yoxud xatto institutda olingan ma'lumotlarni yil o'tishi bilan unitilishi natijasida 
yomonlashadi. 
Zamonaviy o'qituvchi faqat andozalar yig'indisi egasi bo'lishi mumkin emas. Unga 
pedagogika, psixologiya, fiziologiya, jismoniy tarbiya nazariyasi soxasidagi nazariy ma'lumotlarni 
doimo yangilash zarur. Faqat shu bazadagina o'qituvchi pedagogik jarayonni qayta qurishga, 
o'quvchilarning jismoniy tarbiyasi samaradorligini oshirishning yangi yo'llarni va vositalarini 
qidirishga tayyor bo'lishi mumkin. 


152 
O'z-o'zini mukammallashtirish malakalarini jismoniy tarbiya fakulьtetida ta'lim olayotgan 
jarayonidanoq boshlash kerak. Bunda nafaqat u yoki bu bilimlarning ortiqcha dasturini olish 
zaruratini, 
kasbiy 
muxim 
sifatlarni, 
qobilyatlarni 
rivojlantirishni, 
balki 
o'z-o'zini 
mukammallashtirishga bo'lgan extiyojni shakllantirish xam anglash muxim, usiz kelajakda o'z 
kasbiga bo'lgan qiziqishni, dars beruvchiga aylanishni oson yo'qotish mumkin [5, s.207]. 
O'qituvchining imkoniyatlari turlicha. Ular bilim, qobiliyat, sifat ko'rinishida amalga oshishi, 
motivlar bilan kuchayishi mumkin. Shu bois kasbiy maxoratga erishish usullari xam turlicha bo'lishi 
mumkin. Ba'zi bir o'qituvchilarda nazariy bilimlar darajasi yetakchi omil bo'lsa, boshqalarida — 
tashkilotchilik qobiliyatlari, uchinchilarida esa — konstruktiv qobiliyatlar yoki irodaviy sifatlar 
bo'ladi. Albatta, faqat bitta qaysidir bir komponentga tayanib bo'lmaydi, xatto agar u juda yaxshi 
ifodalangan bo'lsada. Imkon darajasida qolganlarini xam tortish zarur. 

Download 5,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   330




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish