Microsoft Word 4-kurs loyihalash majmua


Jismoniy madaniyat o'qituvchisining kasbiy maxorati



Download 5,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/330
Sana10.02.2022
Hajmi5,13 Mb.
#440974
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   330
Bog'liq
jismoniy madaniyat oqitish texnologiyalari va loyihalashtirish

Jismoniy madaniyat o'qituvchisining kasbiy maxorati
V.A.Yakunin fikriga ko'ra, “o'qituvchining pedagogik maxorati – bu mutaxasisga kasiy 
vazifalarni omadli xal qilish imkonini beruvchi kasbiy bilimlarga egaligi” [23, s.293]. 
A.S.Makarenko fikriga ko'ra, pedagogik maxorat - bu pedagogik jarayon xususiyatlarining 
mazmuni, uni qurish va xarakatga keltirish qobiliyati. Aksariyat xallorda pedagogik maxoratni 
pedagogik texnikasi qobiliyatlari va malakalariga tenglashtirishadi, ayni vaqtda u - faqatgina 
maxoratning namoyon bo'layotgan tashqi komponentlaridan biri [18, s.96]. 
Usta-o'qituvchi tajribali o'qituvchidan bolalar psixologiyasini bilishi va pedagogik jarayonni 
tuza olish qobiliyati bilan farq qiladi. 
Bexudaga emas, V.A.Suxomlinskiy yozadi: «Shuni unutmangki, sizning pedagogik 
maxoratingiz qad rostlovchi zamin, - bolaning o'zidagi, uning bilimga va siz, o'qituvchiga bo'lgan 
munosabatida. Bu – o'qish, ilxomlanish, qiyinchiliklarni yengib o'tishga tayyorgarlik istagi. Ushbu 
zaminni e'tiborli boyiting, u bo'lmasa maktab yo'q». 
Pedagogik fanda pedagogik maxoratni tashkil qiluvchilarni tushunishga bo'lgan bir qancha 
yondashuvlar yuzaga keldi. Ba'zi olimlar xisoblashadiki, intuitsiya va bilimning, avtoritet 
boqaruvning, pedagogik qiyinchiliklarni yengib o'tish qobiliyatining, bolalar ruxiyati xolatini 
tushunish iste'dotining, oqillik va ijodiy jasoratning, ilmiy taxlilga, fantaziyaga va tasavvurga 
bo'lgan qobiliyatning borligi usta-o'qituvchi uchun xos. Pedagogik maxoratga pedagogik bilim, 
intuitsiya qatori tarbiyachiga kamroq energiya sarflab katta natijalarga erishish imkonini beruvchi 
pedagogik texnika soxasidagi qobiliyatlar xam kiradi. 
Pedagogik maxorat maxsus bilim, qobiliyat, ko'nikma va odatlardan tashkil topadi, ularda u 
yoki bu faoliyat turini mukammal qo'llashning asosiy usullari amalga oshiriladi. Pedagog xamisha 
tashkilotchi, murabbiy va pedagogik ta'sirning ustasi xisoblanadi. Shulardan kelib chiqib, pedagog 
maxoratida to'rtta nisbiy elementlarni ajratish mumkin:
- bolalarning jamoaviy va individual faoliyatini tashkil qilish maxorati; 
- ishontira olish maxorati, 
- bilim bera olish va faoliyatning tajribasini shakllantirish maxorati, 
- pedagogik texnikani egallash maxorati. Real pedagogik faoliyatda maxoratning ushbu turlari 
uzviy bog'langan va bir birini kuchaytiradi. 
O'qituvchi maxoratining strukturasida o'ziga xos o'rinni pedagogik texnika egallaydi. Bu ba'zi 
o'quvchilarga va butun guruxga pedagogik ta'sir ko'rsatish metodlari tizimini samarali qo'llash 
uchun zarur bo'lgan qobiliyat va malakalarning yig'indisi: tarbiyalanuvchilarga murojatda uslub va 
oxangni to'g'ri tpanlash qobiliyati, diqqatni boshqarish qobiliyati, temp xissi, o'quvchilar 
qilmishlariga o'zining munosabatini bildirish va namoyish qilish malakalari va boshqalar.[17s,335] 
Pedagogik texnika asoslariga egalik — texnologiya bilan qurollanishning zaruriy sharti. 
A.S.Makarenko yozadi: «Men, 15-20 tacha oxangda «bu yerga kel» deb ayta olishni, yuz ifodasida, 
xarakatimda, ovozimda 20 ta ma'nolarni berishni o'rganganimdagina o'z ishimning ustasiga 


148 
aylandim. Faqat o'shandagina men kimdir yonimga kelib, kerakli narsani tushunmay qolishidan 
qo'rqmadim». 
O'qituvchining pedagogik biografiyasi individual. Xar biri xam va juda tez usta bo'lolmaydi. 
Ba'zilarining bu uchun ko'p yillari ketadi. Afsuski shunday xolatlar xam sodir bo'ladiki, ba'zi 
pedagoglar o'rta darajada qolib ketadi. 
Usta, o'zgartiruvchi, ijodkor bo'lish uchun o'qituvchi pedagogik jarayonning qonuniyat va 
mexanizmlarini egallashi lozim. Bu unga pedagoglarcha o'ylash va xarakat qilish imkonini beradi, 
ya'ni pedagogik xodisalarni mutaqil taxlil qilish, uni tarkibiy elementlarga bo'lish, xar bir qismning 
butunlari bilan aloqasini anglash, g'oyani o'qitish va tarbiya qilish nazariyasini, ko'riluvchi xodisa 
mantiqiga mos xulosalar, printsiplarni topish; xodisalarni to'g'ri namoish qilish —psixologik-
pedagogik tushunchalarning qaysi toifasiga u mansubligini aniqlash; asosiy pedagogik vazifani 
(muammoni) va uni optimal xal qilish usullarini topish. 
Kasbiy maxorat o'z faoliyatida ilmiy nazariyaga tayanuvchi o'qituvchiga keladi. Albatta, 
bunda u bir qator qiyinchiliklarga duch keladi. Birinchidan, ilmiy nazariya — bu umumiy 
qonunlarning, printsiplar va qoidalarning tartibga solingan yig'indisi, amaliyot esa xamisha aniq va 
situativ. Ikkinchidan, pedagogik faoliyat — bu bilimlar (falsafa, pedagogika, psixologiya, metodika 
bo'yicha va xk.) sinteziga tayanuvchi butun jarayon, aksincha o'qituvchi bilimi odatda "taxlab 
qo'yilgan", ya'ni pedagogik jarayonni boshqarish uchun muxim bo'lgan umumiy bilimlar darajasiga 
yetirtirilmagan. Bu shunga olib keladiki, o'qituvchilar odatda pedagogik qobilyatlarga nazariya 
ta'siriga qaramasdan, uning ostida emas, tirikchilik, pedagogik faoliyat xaqida tasavvurlar 
birlashmasi asosida ega bo'lishadi. 
A.S.Makarenko xisoblaydiki, pedagogik maxoratga ega bo'lish, o'z ustida maqsadga 
yo'naltirilgan ishlash sharoitidagina xar bir pedagog uchun imkonli. U amaliy tajriba asosida 
shakllanadi. Ammo xoxlagan tajriba xam kasbiy maxorat manbai bo'lolmaydi. Bunda manbaa faqat 
chuqur o'ylangan va taxlil qlingan pedagogik faoliyat xisoblanadi. Pedagogik maxorat - bu shasxiy 
va kasbiy sifatlar aralashmasi [18, s.98]. 

Download 5,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   330




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish