Landshaftshunoslik asoslari


regional tabiiy geografiya



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/124
Sana10.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#440796
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124
Bog'liq
fayl 1750 20210907

regional tabiiy geografiya
o‗rganadi. Bunday tabiiy geografik mujassamalarni 
aniqlash. xaritaga tushirish va ta‘riflab berish kabilarni tabiiy geografiya o‗z 
tadqiqot usullaridan biri tabiiy geografik rayonlashtirish orqali amalga oshiradi. 


52 
Tabiiy 
geografik 
rayonlashtirish 
vaqtida 
hududning 
tabiiy 
geografik 
mujassamalariga tabaqalanish qonuniyatlari. mujassamalarning tashkil topishi, 
rivojlanishi kabi masalalar ham o‗z yechimini topishi kerak. 
Shunga ko‗ra, geografik qobiq ikki xil yo‗nalishda:1) bir butun yaxlit hosila 
xolida, 2) aloxida qismlari bo‗yicha, ya‘ni-geografik komplekslar xolida 
o‗rganmoq zarur. Birinchi xolida o‗rganish umumiy tabiiy geografiyaning vazifasi, 
ikkinchisi esa landshaftshunoslikning vazifasidir. 
Yerning landshaft qobig‗i deganda, F.N.Milkov (1970) geografik qobiqdan 
farqli o‗laroq, uning o‗rta qismida litosfera, atmosfera, gidrosferalarning bevosita 
bir-biriga tutashib va faol ta‘sir etib turadigan hamda organik hayot rivojlanishiga 
eng qulay sharoit yuzaga kelgan yupqa (qalinligi 200-250 m gacha bo‗lgan) 
qatlamni tushunadi. F.N.Milkov geografik qobiqning ichida 4 ta qatlamni ajratadi: 
1. Yuqori havo qatlami; 
2. O‗rta landshaft qatlami; 
3. Landshaft orasidagi suv qatlami; 
4. Quyi (litosfera) tosh qatlami; , 
Umumiy tabiiy geografiyadan beriladigan bilimlar landshaftshunoslikni 
o‗rganishdagi birinchi bosqich bo‗lib, landshaftshunoslikning o‗zi umumiy tabiiy 
geografiyaning mantiqiy davomi xisoblanadi va unda umumiy geografik g‗oyalar 
ayrim 
joylarning geografik xususiyalarini tushunishga 
yordam 
beradi. 
Landshaftshunoslik fani turli zonalar, viloyatlar va tumanlar tabiiy resurslaridan 
xar tomonlama foydalanish, ularni muxofaza qilish va tiklash masalalari bilan 
bevosita shug‗ullanadi. Binobarin, landshaftshunoslik geografik komplekslarning 
tuzilishi, rivojlanishi va tarqalishini, ulardan oqilona foydalanish yo‗llarini 
o‗rganadi. 
Geograflar, hududiy tabiiy geografik bo‗linishi sistemasida asosiy birlik deb 
bir bosqichli birlikni-landshaftni e‘tirof etadilar. Landshaft haqidagi ta‘limot 
landshaftlar sistematikasi, uning ichki tuzilishi hamda mazmunini o‗rganishga 
qaratilgan. Ba‘zi landshaftshunoslarning fikriga ko‗ra, landshaftshunoslikning 
asosiy vazifasi faqat landshaftni o‗rganish bilan chegaralanmog‗i lozim. 


53 
Murakkabroq komplekslar (landshaft zonasi, provintsiya) ni o‗rganish va 
sistemaga solish (buni tabiiy geografik rayonlashtirish deymiz) bu fanning 
vazifasiga kirmasligi kerak. Biroq landshaft haqidagi ta‘limotni tabiiy geografik 
rayonlashtirishga qarama-qarshi qo‗yish aslo mumkin emas, chunki landshaftning 
o‗zi rayonlashtirishning eng kichik birligi xisoblanadi. Rayonlashtirishning katta 
tabiiy geografik birliklari bir-biriga yaqin bir qancha landshaftlarning hudud 
jihatidan birlashtirilishi demakdir, binobarin, ularni o‗rganish va ta‘riflash faqat 
landshaft orqali bo‗ladi. Tabiiy geografik rayonlashtirish landshaftlarni tizimga 
solish usuli va landshaftshunoslikning tarkibiy qismidir. 
Landshaftlar o‗z navbatida soddaroq, geografik komplekslardan (joy, 
urochiщe, fatsiyalardan) tashkil topadi va ular landshaftlarning morfologik 
qismlari deb ataladi. Landshaftning morfologik qismlarini landshaftshunoslikning 
muxim bir tarmog‗i-landshaftlar morfologiyasi o‗rganadi. 
Geografik komplekslarni o‗rganishga ikki xil yondoshiladi: ayrib olib 
(individual) va umumlashtirib (tipologik) o‗rganiladi. Individual yondoshilganda 
geografik komplekslarning o‗ziga xos hususiyatlarini birinchi o‗ringa qo‗yib, 
tipologik yondoshilganda ularning o‗xshash umumiy belgilari asos qilib olib 
o‗rganiladi. Tipologik yondoshganda belgilar umumlashtirilib, landshaftlarni 
turkum, sinf va tipga ajratiladi. Bunday landashftlarni indivudual va tipologik 
yondoshib o‗rganish zarurati kelib chiqadi. Murakkab geografik komplekslar 
(landshaft, tabiiy geografik rayon, provintsiya va hokazo) individual, oddiy 
geografik komplekslar yoki landshaftning morfologik qismlari tipologik usulda 
o‗rganiladi.
Tabiatda katta-kichik geografik komplekslar ob‘ektiv holda mavjuddir. Ularni 
sifatiy o‗xshashlik belgilariga qarab, turkum, sinf va tiplarga ajratiladi, ya‘ni 
klassifikatsiya qilinadi, bunda tipologik belgilarning murakkab sistemasi vujudga 
keladi. Xilma-xil tipologik birliklar (masalan, urochiщe yoki landshaft tiplari va 
hokazo) ilmiy umumiylashtirish natijasidir. 
Nazorat savollari: 


54 
1. Landshaftlarning chegaralari va mustaqil landshaftlarning shakllanish 
sharoitlari nimalardan iborat? 
2. Landshaft genetik jihatdan bir butun bo‗lgan geotizm xakida nimalarni 
bilasiz? 
3. Landshaft va uning morfologik qismlari nimalardan iborat? 
4. Yer kurrasining geografik qobig‗i xakida gapirib bering. 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish