63
Yer osti suvlari
60000000
12000
5000
Qutb muzliklari
24000000
3000
8000
Quruqlikdagi yer
usti suvlari
280000
40000
7
Daryolar
1200
40000
0,030
Tuproqdagi namlik
80000
80000
1
Atmosfera bug‗lari
14000
525000
0.027
Gidrosfera
1454000000
525000
2800
Suv Yerdagi hayot uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‗lib, uning fizik,
kimyoviy va biologik xususiyatlari maxsus adabiyotlarda keng yoritilgan. Uning
eng ijobiy
xususiyatlaridan biri shundaki, organizmlarning hayot jarayoni uchun
eng mos harorat sharoitida u suyuq bo‗ladi.
Yana bir xususiyati uning nihoyatda singuvchanligidir. Suvning jismlarga
(tuproq, o‗simlik va h.k.) singish darajasi boshqa suyuqliklarga nisbatan yuqori
bo‗lganligi uchun tabiatda kimyoviy jihatdan toza suv deyarli uchramaydi. Uning
tarkibida albatta qandaydir eritmalar va aralashmalar bo‗ladi.
Hatto atmosfera
yog‗inlari tarkibida ham turli xil erigan tuzlar mavjuddir. Masalan, Turkistonning
baland tog‗lik hududlarida agar har yili o‗rtacha 221 km/kub atmosfera yog‗inlari
tushsa, uning tarkibida 7 mln t. dan ortiq turli tuman tuzlar bo‗ladi. Tekislik va
tog‗oldi hududlarida esa bundan 8-9 marta ko‗proqdir.
Landshaftlarda, ya‘ni uning komponentlari orasida ham, hamda landshaftlar
orasidan o‗zaro mineral moddalar almashinuvida ham suv oqimlari alohida o‗rin
tutadi. Turli xil modda va kimyoviy unsurlarning bir joydan ko‗chishi, olib
ketilishi va boshqa bir joyda to‗planishi hamda ko‗pgina
geokimyoviy jarayonlar
suvning bevosita ishtirokida ro‗y beradi.
Landshaftdagi namlikning yillik yig‗indisi asosan atmosferadan tushadigan
yog‗in-sochin hisobiga hosil bo‗ladi. Landshaftga kirib kelgan yog‗inning ayrim
qismini o‗simlik qoplami ushlab qoladi. O‗simliklarning tanasi va bargida ushlanib
qolgan namlik yana atmosferaga bug‗lanib ketadi (5.1-rasm). Namlikning katta
qismi tuproq yuzasiga yetib kelib uni, bir qismi tuproqqa singadi va qolgan qismi
64
esa Yer yuzasidagi oqar suvlarni hosil qiladi. Masalan, Turkiston tog‗lariga har yili
o‗rtacha 575 mm yog‗in yog‗adigan bo‗lsa, uning 374 mm bug‗lanib, qolgan 201
mm oqim hosil kilar ekan (V.L.Shults, 1965). Rossiya tekisliklaridagi keng bargli
o‗rmon landshaftlarida esa 750 mm yog‗inning 140 mm oqim hosil qiladi, 60 mm
bug‗lanib ketadi, 70 mm daraxtlarning bargada qolib ketar ekan. Ammo 480 mm
esa tuproqqa singib ulguradi. Uni 400 mm transpiratsiya jarayoniga, qolgan 80 mm
esa yer osti suvlariga qo‗shilib ketar ekan. Ushbu misollardan ko‗rinib
turibdiki
turli landshaftga tushadigan turli miqdorda yog‗in sochin bir nechaga taqsimlanib,
turlicha sarf bular ekan.
Yuqorida biz suv o‗zining aylanma harakatida turli xil moddalarni ham
ko‗chib yurishiga sabab bo‗lishini eslatib o‗tgan edik. Oqim hosil qiladigan suvlar
esa turli xil tuzlardan tashqari yana tog‗ minerallarini, tuproqni yuvish natijasida
turli ozuqalar hosil qilishini ham ta‘kidlab o‗tish kerak. Masalan, Amudaryo (Karki
yaqinida) yiliga o‗rtacha 103
mln tonna, Sirdaryo (Kal yaqinida) 13 mln tonna,
Chirchiq daryosi (Xo‗jakent yaqinida) 1.5 mln.tonna turli oqiziqlar oqizib o‗tishi
kuzatilgan.
Atmosferadan tushgan yog‗inning tuproqqa yetib kelgan qismidan 70 foiziga
yaqini tuproqqa singib ichki namlik aylanishining ilk faol qismi ildizlar orqali
o‗simlikka o‗tadi va biotik jarayonlarda ishtirok etadi.
Atmosfera
yog‗inlari miqdori bug‗lanish,transpiratsiya va boshqa
jarayonlarning
bir-biriga
nisbatan
landshaftning
qaysi
tabiat
zonasida
joylashganligiga qarab turli xil bo‗lishi mumkin. Masalan,
tundra landshaftlarida
agar 500 mm yog‗in tushsa, bug‗lanish 200 mm bo‗lib, qolgan 300 mm oqim hosil
qiladi. O‗zbekiston qumlik cho‗llarida 100-120 mm yog‗in tushsa, uning deyarli
hammasi bug‗lanib ketadi. Mumkin bo‗lgan bug‗lanishni hisoblab ko‗rilganda
uning miqdori yoqqan yog‗inga nisbatan 20-25 marotaba ko‗p bo‗lishi aniqlandi.
Amudaryo etaklarida suv tarmoqlari oralig‗idagi quruq joylarda atmosfera
yog‗inlari 80 mm ga teng va yer osti suvlari yuzasi 2-3 mm chuqurda bo‗lgan
taqdirda, bug‗lanish 480-500 mm gacha yetadi. Bu joylarda tabiiy o‗simliklar ham
500 mm ga yaqin namlikni transpiratsiya qilar ekan. Amudaryo deltasidagi
65
qamishzorlarda esa aprel va oktyabr oylari oralig‗ida o‗rtacha 760-820 mm namlik
transpiratsiya bo‗ladi. Demak, o‗simliklar tuproqdagi namlikdan suv ichar ekan.
Uning asosiy qismini transpiratsiya jarayonida yana havoga bug‗lantirib yuboradi.
To‗qay landshaftlaridagi transpiratsiya uchun sarf bo‗lgan
namlik miqdorining
yoqqan yomg‗irga nisbatan bir necha barobar ko‗p bo‗lishi yer osti suvlari hisobiga
yoki daryodan toshgan suvlar hisobiga bo‗ladi.
Atmosferadan landshaft yuzasiga tushgan namlik qanday sarf bo‗lishini
o‗rganishda o‗simlik tanasida qoladigan namlik ham e‘tiborda bo‗lishi kerak.
Nazorat savollari:
1.Landshaftlarning xususiyatlari qaysilar?
2.Landshaftlarda modda aylanishi qanday ruy beradi?
3.Moddaning energiya almashuvi xakida gapirib bering?
4.O‗simlik tanasidagi namlik nimalarga ta‘sir ko‗rsatadi?
Do'stlaringiz bilan baham: