Boshqaruv psixologiyasi



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/288
Sana10.02.2022
Hajmi3,2 Mb.
#440152
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   288
Bog'liq
BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI

Hayot tajribasi.
Inson tajribasi va uning boshqaruv faoliyatida namoyon 
bo„lishi ikki asosiy masala orqali tahlil qilinadi.
Birinchidan, yuqori bo„g„in rahbari uchun boshqaruv tajribasi zarur, 
shuningdek, ulardan hayotiy tajribaga ega bo„lish ham talab qilinadi.
Ikkinchidan, o„rta bo„g„in rahbarida esa o„z sohasi bo„yicha kamida uch 
yillik tajriba bo„lishi lozim. Bu toifa rahbar tajribasini tahlil etar ekanmiz, asosiy 
e‟tibor kasb sohasiga qaratiladi.
38
Qobiliyat 
Odatda psixologiya fanida qobiliyatning umumiy va maxsus turlari 
ko„rsatiladi. Umumiy qobiliyatlar shaxsning har qanday faoliyatga kirishishida 
muvaffaqiyat uchun imkoniyat yaratsa, maxsus qobiliyat faqat ayrim yo„nalishdagi 
faoliyat turida muvaffaqiyatga erishish uchun asos bo„ladi. Mana shunday umumiy 
qobiliyat turkumiga inson aqlini, ya‟ni intellektni kiritish mumkin. Rahbar 
intellekti qanchalik yuqori bo„lishi kerak, degan savol, albatta, bahsdan xoli emas. 
Ba‟zi tadqiqotlar shuni ko„rsatdiki, o„ta yuqori intellekt yuksak rahbarlik 
malakalarini amalga oshirishga xalaqit berar ekan. Shunday deyishning asoslaridan 
biri – qaror qabul qilishda haddan tashqari aql ishlatish bu jarayonni yanada 
cho„zib yuborishi mumkin. Shuning uchun boshqa bir qator tadqiqotchilar, 
rahbarda nazariy aqldan ko„ra, amaliy aql rivojlangan bo„lishi kerak, degan 
38
Махмудов И.И. Бошқарув психологияси: Ўқув қўлланма / Масъул муҳаррир: А.Холбеков. – Т.: 
ДЖҚА “Раҳбар” маркази; “YUNAKS-PRINT” МЧЖ, 2006. – 230 б. 


102 
to„xtamga kelishadi. Yaponiyalik olimlarning kuzatishlaricha, maktab va 
universitetda yuqori baholarda o„qigan talabalar keyinchalik xizmat davomida 
unchalik katta lavozimlarga erisholmaganlar. Tadqiqotchi T.Kono fikricha bunga 
sabab, a‟lochi talabalarning Yaponiya kompaniyalariga xos bo„lgan guruh tabiatni 
o„zlashtira ololmaganliklaridadir. Aynan tashkilotchilik xislati ko„pchilik 
menejerlarning lavozimda o„sishlari uchun asosiy omil bo„lgan. Intellektning 
muvaffaqiyatli boshqaruvga ta‟sir etishida ko„pgina oraliq omillar mavjuddir. 
Ulardan eng asosiylari – boshqaruvga bo„lgan ishtiyoqning mavjudligi, rahbarlik 
sohasidagi boy tajriba, shuningdek, yuqori bo„g„in rahbarlari va xodimlar 
o„rtasidagi ijobiy munosabat nazarda tutiladi.
Yuqori bo„g„inga mansub rahbar o„z boshqaruv faoliyatida muvaffaqiyatga 
erishishi uchun anchagina yuksak aqliy ko„rsatkichga ega bo„lishi kerak. Bunday 
salohiyat kutilmagan vaziyatni tahlil etishda, muammoni hal qilish jarayonida bir 
necha vazifani parallel ravishda boshqarish zaruratidan kelib chiqadi. Masalan, 
tashkilotchilik, masalaga oid yechimni taklif etish, tashkilot va guruh manfaatlari 
haqida g„amxo„rlik va hokazo. Lavozim talablari turli bo„g„in rahbarlari uchun 
turlicha aqliy salohiyat zarurligini ta‟kidlaydi. Yuqori bo„g„in rahbarlari aniq 
ifodalangan ijtimoiy intellektga ega bo„lishlari shart. Ular tashabbuskor, muloqotga 
boy, yuksak siyosiy va ijtimoiy mavqega ega, ishga aloqadar tanish-bilishlari ko„p, 
intuitsiyasi rivojlangan va tashkilot faoliyatining qayerga yo„nalishini tezda payqab 
olishlari kerak. Har qanday tashkilotdagi asosiy og„irlikni o„ziga oluvchi o„rta 
bo„g„in rahbarlarida esa maxsus qobiliyat ko„proq rivojlangan bo„lishi lozim. Ular 
ishga diqqat-e‟tiborli, mas‟uliyatli, katta hajmdagi miqdoriy va sifat 
ma‟lumotlarini tahlil etish qobiliyatiga ega shaxslardir.
39

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish