Boshqaruv psixologiyasi



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/288
Sana10.02.2022
Hajmi3,2 Mb.
#440152
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   288
Bog'liq
BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI

Shaxsiy xislatlar 
Yuqorida aytib o„tilgan umumiy qobiliyatlar, muvaffaqiyatli boshqaruvni 
ta‟minlovchi zarur shaxs xislatlarini aniqlash, va ularni rahbarlikda rivojlantirish 
39
Махмудов И.И. Бошқарув психологияси: Ўқув қўлланма / Масъул муҳаррир: А.Холбеков. – Т.: 
ДЖҚА “Раҳбар” маркази; “YUNAKS-PRINT” МЧЖ, 2006. – 230 б. 


103 
masalasini dolzarb qilib qo„yadi. Natijada nafaqat mazkur xislatlarni aniqlash, 
balki bu yo„nalishdagi tadqiqotlarni tashkil etish bo„yicha bir qator vazifalarni hal 
etishni talab qiladi. Bu borada amaliy faoliyat olib boruvchi tadqiqotchilarning 
ta‟kidlashicha, rahbarlarni baholash kadrlar bilan ishlash masalasining eng nozik 
qismiga aylangan. Ma‟lumki, rahbarlikka oid shaxs xislatlarini aniqlovchi bir 
qancha psixologik metodlar mavjud bo„lib, ularni muvaffaqiyatli qo„llay olish bir 
tomondan tadqiqotchi malakasiga kelib taqalsa, ikkinchi tomondan ushbu 
metodikalarning ishchanligi va olingan ma‟lumotlarning haqqoniyligi masalasi 
turadi. Masalan, g„arbda ishlab chiqilgan test va so„rovnomalarni mahalliy 
hududimizga, mentalitetimizga moslashtirish shu vaqtgacha dolzarb bo„lib 
kelganiga guvohmiz. 
Muvaffaqiyatli rahbarlikka oid shaxs xislatlarini talqin etarkanmiz, shu 
mavzu yuzasidan chet el olimlari tomonidan o„tkazilgan ba‟zi bir tadqiqot 
natijalariga murojaat etamiz. Amerika va Yaponiyalik 1500 menejerlarni o„rganish 
asosida samarali rahbarlikka oid quyidagi xislatlar ajratib ko„rsatiladi: 
- strategik rejalashtirishga moyillikning kuchliligi;
- ishchilarni, mehnat resurslarini taqsimlash bo„yicha maqbul va o„z vaqtida 
qaror qabul qilish; 
- faoliyat doirasini kengaytirish yoki yuksak tartibda mehnat qilish evaziga 
o„z mas‟uliyatini oshirishga intilish; 
- xavfli sharoitda ijodiy va ratsional qaror qabul qila olish; 
- o„z kuchiga cheksiz ishonch; 
- o„z huquqlarini anglash va mas‟uliyatni his qilish; 
- kezi kelganda qurbon berishga ham tayyor turish;
- muloqot malakalarini mukammallashtirishga intilish; 
- murakkab va inqirozli vaziyatdagi jarayonlarni tahlil etish va intuitiv tarzda 
bashorat qila olish; 
- mehnatga yuksak qadriyat sifatida qarash va unga butun kuch-g„ayratni 
safarbar etish; 
- aybdorni izlash emas, balki muammoni hal etishga intilish, tavakkaldan 


104 
qo„rqmaydigan va mustaqil fikrdagi xodimlar bilan ishlash xohishi;
- amalga oshirilayotgan g„oya va natijalarni ishlab chiqarishga, joriy etishga 
xuddi shaxsiy mulkdek qarash. 
Yaponiyalik va Amerikalik menejerlarni qiyosiy o„rganish natijasida olingan 
xulosalar shundan iborat bo„ldiki, yapon menejerlari o„z boshqaruv faoliyatida 
ijtimoiy psixologik jihatlarga ko„proq e‟tibor berishar ekan va jamoa faoliyatini 
tashkil etish qobiliyati yetakchi o„rinda turar ekan.Amerikalik menejerlar esa 
xodimlarda yakka tartibdagi tashabbusni ko„proq rag„batlantirishar ekan. 
Ma‟lumki, boshqaruvning ko„p sohalarida muvaffaqiyatli rahbarlik 
faoliyatini ta‟minlovchi shaxs xislatlarini aniqlashga doir ko„plab tadqiqotlar olib 
borilgan. Jumladan, o„tgan asrning 50 yillarida, har qanday sohada uddaburro 
rahbar bo„la olishlikka tegishli xislatlar mavzuida yuzdan ortiq tadqiqotlar 
o„tkazildi. Natijada, boshqaruvni mukammal ijro etuvchi hamma rahbarlarga xos 
fazilatlar umumlashtirilganda, atigi 5 foiz xislat ko„zga tashlandi. Bular 
quyidagicha: 
- aql-idrok, murakkab va mavhum muammolarni yechish qobiliyati o„rtadan 
baland, ammo juda yuqori bo„lmasligi shart;
- tashabbus, harakatga ehtiyojni anglash va shunga taalluqli saloxiyatga 
egalik; 
- o„ziga ishonch, o„z mahoratini va intilishlarini yuksak baholash. 
Lekin ko„p tadqiqotchilar diqqat-e‟tiborlaridagi asosiy xususiyatlardan biri – 
rahbar shaxsiga xos 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish