Boshqaruv psixologiyasi



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/288
Sana10.02.2022
Hajmi3,2 Mb.
#440152
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   288
Bog'liq
BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI

Biografik jihatlar
 
qatoriga 
shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei
va uning 
ma‟lumoti darajasi
ni kiritish mumkin. Boshqaruv faoliyatini muvaffaqiyatli 
amalga oshirishda mavqe va ma‟lumot ham muhim omil sanaladi. Biznes 
boshqaruvi sohasidagi olim R. Stogdill muallifligidagi “Boshqaruv” qo„llanmasida 
ta‟kidlanishicha, muvaffaqiyatli boshqaruv va shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei 
o„rtasidagi bog„liqlik 94 foizga teng hamda ma‟lumoti o„rtasidagi bog„liqlik esa, 
88 foizga tengdir.
Yaponiyalik tadqiqotchi T. Kono ma‟lumotiga ko„ra, oddiy yapon menejeri, 
albatta, muxandislik mutaxassisligi yoki ijtimoiy fanlar bo„yicha universitet 
diplomiga ega bo„lishi shart. Ko„p hollarda menejerlar ikki mutaxassislik 
diplomiga ega bo„lsa, bir qator yetakchi biznesmenlar va yirik rahbarlarning 
biografik tahlili ularning yuqori ma‟lumotga ega ekanliklaridan dalolat beradi.
Shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei rahbarlik faoliyatini bajarishida kuchli 
omil hisoblanadi. Buning ahamiyati ayniqsa, sharq madaniyati misolida yaqqol 
ko„zga tashlanadi. Hududimizdagi oddiy fuqaro rahbar shaxsida nufuzli, o„ziga 
to„q va to„la-to„kis insonni ko„rishni xohlaydi. Rahbar mayda iqtisodiy 
muammolarni bemalol hal qila olishi, katta ijtimoiy aloqalarga molik ekanligi bilan 
hamda o„z aqliy qobiliyati, tajribasi bo„yicha boshqa xodimlardan ustun turishi 
lozim. Rahbarning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei dastlabki paytlarda yetakchi rolini 
o„ynaydi. Keyinchalik esa u haqdagi bo„lgan jamoa tasavvuri rahbarning 
vazifalarni ado etish qobiliyatiga borib taqaladi. Ammo, shaxs shakllangan 
muhitning rahbarlikka, shuningdek, oilaviy an‟analarning boshqaruv qobiliyati 
rivojlanishiga ta‟sirini o„rganish ham o„ta ahamiyatlidir. Haqiqatan, rahbar oilasida 
tug„ilish, ulg„ayish davomida ota tajribasini o„zlashtirish dominantlikka, ya‟ni 
ustunlikka moyillikning shakllanishiga asos bo„lishi mumkin.
Biznes boshqaruvi sohasidagi olim F.Fidler ta‟rifi bo„yicha “kompaniya 
prezidenti bo„lishning eng ishonchli omili – kompaniyaga egalik qiladigan oilada 
tug„ilishdir”. Lekin, Li Yakokka kabi buyuk menejerning biografiyasi tamoman 
yuqoridagi ta‟rifni inkor etadi. Binobarin, bu shaxs rahbarlikning past 
qatlamlaridan, uning eng yuqori cho„qqilariga ko„tarildi.


101 
Bir qator mashhur tadbirkorlar o„tmishini tahlil etish natijasida aniqlandiki, 
ularning ko„pchiligi oilada to„ng„ich farzand bo„lib o„sishgan. Darhaqiqat, oilada 
to„ng„ichlik o„z mavqeiga ko„ra ma‟lum mas‟uliyat ham demakdir. O„zbek 
oilalaridagi ko„pbolalik sharoiti to„ng„ich farzandga ota-onaga madadkor bo„lish, 
kichiklarga rahnamolik qilish va nazoratni o„z bo„yniga olishini taqozo etadi. Bu 
esa shakllanayotgan shaxsning tashkilotchilik va nazoratga bo„lgan imkoniyatini 
yanada oshiradi, kelgusi faoliyatida o„z-o„zini idora eta olish qobiliyatini 
shakllantiradi. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish