Abuzalova M



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/271
Sana09.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#438691
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   271
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

tafakkur
dir

(Muayyan mantiqiy bilish – voqelikning inson ongida haqqoniy 
(adekvat) va puxta tasavvur etilishida asosiy rol o„ynaydi.) 
“Tafakkur yordami bilan voqelikning umumiy tomonlarini aks 
ettirish orqali biz yakka, konkret predmetlar mohiyatini ham bilib 
olamiz. Tafakkur orqali biror narsani bilish uchun avvalo u haqda 
tushuncha hosil qilish zarur. Ongimizda predmet haqida tushuncha 
hosil qilishda umumiy 
qonun 
yoki 
umumiy 
tushunchadan 
foydalaniladi. Masalan, suv molekulasi ikki molekula vodorod va bir 
molekula kislorod atomlaridan iborat bo„lgan murakkab kimyoviy 
modda ekanligini bilamiz. Bu o„rinda ”murakkab kimyoviy modda“, 
”vodorod“ va boshqa shu kabi tushunchalardan foydalanib, hodisani 
umumiy qonunlarga moslashtiramiz”
2

Demak, tafakkur oliy bilish, fahm, idrok kabi tushunchalar bilan 
uzviy bog„liq bo„lib, bilishning mahsuli sanaladi. Tafakkur – miyaning 
oliy mahsuli. Tafakkur kishilarning ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati 
jarayonida paydo bo„ladi. U insoniyat jamiyatiga xos bo„lgan mehnat va 

Хайруллаев М., Ҳақбердиев М. Мантиқ.– T., 1993.–11– 12- б.; Туленов Ж., Ғафуров З. 
Фалсафа. –T., 1997. 

Хайруллаев М., Ҳақбердиев М. Мантиқ. –T., 1993.–11– 13- б. 


28 
nutq faoliyati bilan chambarchas bog„liq holdagina mavjuddir. 
Tafakkurning voqelikni bevosita aks ettirish qobiliyati insonning xulosa 
chiqarishga, isbotlashga bo„lgan qobiliyatida ifodalanadi. Bu qobiliyat 
bilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Inson tafakkuri turli fanlar (mantiq, 
psixologiya, gnoseologiya, kibernetika va sh.k.) tomonidan turli 
usullarda o„rganiladi. Eksperimental tadqiqotlar orasida so„nggi vaqtda 
tafakkurni turli kibernetik qurilmalar yordamida modellashtirish shaklida 
tadqiq qilish metodlari ancha keng rivojlangan. 
Biz yuqorida tafakkurni bilish, ong, idrok kabi tushunchalar bilan 
bog„liq ekanligini qayd etdik. Tafakkur til bilan ham chambarchas 
aloqador ekanligini ham unutmaslik kerak. Uning til bilan munosabati, 
aloqadorligi tilshunoslik fanining o„rganilish doirasiga ham kiradi. Har 
qanday fikr so„zlarda o„z ifodasini topadi. Fikrning voqeligi, uning 
mavjudligi tilda namoyon bo„ladi. Biz istalgan predmet, voqea-hodisa 
haqida til vositasisiz, so„z va gaplarsiz fikrimizni ifodalay olmaymiz. Til 
– bilish jarayonining muhim sharti. Tilsiz tafakkur mavjud 
bo„lmaganidek, tafakkursiz til ham mavjud emas. Hech qanday ma‟noga 
ega bo„lmagan, faqat ma‟lum tovushlar tizimidan iborat bo„lgan so„zlar 
muayyan tushunchani ifodalamaydi, tasavvur ham hosil qilolmaydi. Va 
nihoyat, fikr ifodalash funksiyasini bajarmagan bunday so„zlar nutq 
uchun xizmat qilolmaydi. 
Insonning go„dalikdan umrinig oxirgi kunigacha oladigan butun 
ta‟limi so„z va til vositasida amalga oshadi. Shuning uchun olimlar 
tilning ma‟rifiy va ta‟limiy – inson tafakkuri mahsulining avloddan 
avlodga yetkazish vazifasini alohida ajratadilar. Haqiqatan ham, biz 
ta‟limni tilsiz tasavvur ham eta olmaymiz. Demak, til – bilish 
jarayonining muhim sharti: ”…

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish