24
birinigina voqelantira oladi. Ba‟zan voqelantirilayotgan imkoniyat
noto„g„ri tanlangan bo„lishi ham mumkin. Til, uning birliklari imkoniyat
sifatida mavjud bo„lib, nutq ana shu imkoniyatning voqelanishidir. Nech
qachon imkoniyat (til) bir paytning o„zida (nutqda) to„laligicha
voqelanmaydi. Masalan, [idish] leksemasini
eslaganimizda u bilan
bog„lana oladigan [chinni], [sirli], [billur], [shisha], [plastmassa],
[sopol], [katta], [kichik], [toza], [yog„li], [teshik], [siniq], [yapaloq]…;
[yasamoq], [sindirmoq], [olib kelmoq], [olib ketmoq], [sotmoq], [sotib
olmoq],
[yuvmoq],
[ko„rmoq],
[keltirmoq],
[yangilamoq],
[chegalamoq]…. kabi o„nlab leksemalar, [-ga], [-ni], [-ning], [-dan], [-
da], [-lar] kabi morfemalar [idish] leksemasi bilan birga voqelana
oladigan til imkoniyatlari sifatida tayyor bo„ladi. Nutqda esa nutq
sharoiti, nutq taqozosiga ko„ra (so„zlovchining saviyasi, yoshi, kasb-kori,
nutq momenti, o„rni va h.) ulardan biri yoki bir nechtasigina voqelana
oladi, xolos.
Sabab~oqibat.
Narsa va hodisalar o„rtasidagi
umumiy zaruriy
aloqani ifodalovchi tushunchalar b o„lib, mazkur falsafiy kategoriya
voqelikning barcha jabhalarida ro„y beradi. Istalgan sohadagi
yangilanishning ro„y berishi, yangi o„ziga xos narsa, voqea-hodisa,
tushunchaning paydo bo„lishi sabab~oqibat xarakteriga ega.
Bir hoqisa
hayotda ikkinchi hoqisani keltirib chiqarar ekan, birinchisi sabab,
ikkinchisi oqibatdir.
Masalan, farzandning sababchisi ota-ona. Farzand
ota-onadan ilgari dunyoga kelishi mumkin emas, ya‟ni
ota-ona shu
farzandning vujudga kelishidagi zaruriy shart hisoblanadi. Sabablar turli
k
o„
rinish, shakl va holatlarda namoyon b
o„
lishi mumkin. Falsafa tarixida
narsa va hodisalar
o„
zaro sababiy bog
„
lanishda deb biluvchilar
deterministlar, buni inkor etuvchilar indeterministlar deb ataladi.
Sababning asosiy va asosiy b
o„
lmagan,
tashki va ichki, obyektiv va
subyektiv shakllari bor. Sabab oqibatni vujudga keltirganidek, oqibat
ham sababga ta‟sir k
o„
rsatishi mumkin. Sabab va oqibat kategoriyalari
aloqadorligi b
o„
yicha Aristotel, Forobiy, Ibn Sinolarning maxsus asarlari
bor.
Sabab zaruriy, umumiy xarakterga ega kategoriya hisoblanadi. Uni
bahonadan farqlash zarur.
25
Til bizning ongimizda imkoniyat, umumiylik, munosabatlar, belgilar
sistemasi sifatida mavjud.
U nutq orqali yuzaga chiqadi, nutqda muayyan
moddiy shaklga, ko„rinishga ega bo„ladi. Til qonuniyatlari dialektik
qonuniyatlar asosida tadqiq etiladi. Biroq bu qonuniyatlarning har biri
o„z alohida tizimiga ega bo„lib, ular aynan bir xil hodisa emas. Keyingi
mavzularda bu xususda batafsil mulohaza yuritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: