kommunikativ vazifasi
hisoblanadi.
“
Ekspressiv
” so„zi latincha so„z bo„lib, asl ma‟nosiga ko„ra
“kuchaytirilgan” demakdir. Bu atama tilshunoslikka ko„chma ma‟nosi
bilan kirgan bo„lib, “kuchli hissiy obrazlilik xususiyati” degan ma‟noni
ifodalaydi.
Tilning asosiy vazifasi kommunikativ funksiya bo„lsa-da, biroq
kishilar
aloqa-aralashuv
jarayonida
bildirilayotgan
fikrga
yoki
tinglovchiga yetkazilayotgan axborotga o„zlarining turli tipdagi hissiy-
ta‟siriy, ya‟ni emotsional munosabatlarni ham qo„shib ifodalaydilar. Bu
hodisa, ya‟ni tilning suhbatdoshga ta‟sir ko„rsatish xususiyati uning
ekspressiv vazifasi
deyiladi. Emotsional munosabatlar suyish, erkalash,
nafrat kabi insonga xos bo„lgan qator jihatlarni qamrab oladi.
Til faqat kishilar o„rtasidagi aloqa vositasi bo„lmay, millatlararo,
davlatlararo aloqa quroli hamdir. Bundan tashqari til kishilik jamiyatida
asrlar davomida to„plangan tajriba va bilimlarni kelajak avlodga
yetkazish uchun ham xizmat qiladi. Tilning bu xususiyati uning
Do'stlaringiz bilan baham: |