Abuzalova M


Foydalanish uchun adabiyotlar: [1; 10; 11; 24; 27; 28; 38; 47



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/271
Sana09.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#438691
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   271
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

Foydalanish uchun adabiyotlar: [1; 10; 11; 24; 27; 28; 38; 47; 
63] 


26 
TIL VA TAFAKKUR MASALALARI 
 
Reja: 
1.Til va tafakkurning o„zaro bog„liqligi. 
2.Mantiq va tilshunoslik. 
3.
Umumiy xulosalar. 
Mavzu bo„yicha tayanch tushunchalar 
Til va tafakkur, ong, bilish, mantiqiy kategoriyalar, grammatik 
kategoriyalar, 
aqliy 
bilish, 
hissiy 
bilish, 
mantiqiy 
va 
til 
kategoriyalarining mos tushish va tushmaslik hodisasi 
Ki har ishniki qildi odamizod, 
Tafakkur birla qildi oni bunyod. 
( Mir Alisher Navoiy) 
Inson tafakkuri, zakovati eng oliy ne‟matdir. Fikrlash qobiliyati 
uning barcha muvaffaqqiyatlari asosi bo„lib keldi. Tafakkur orqaligina 
u obyektiv borliqni taniy boshladi, mantiqiy bilishga erishdi. Inson ong-
u shuuri shu qadar murakkab oliy mahsulki, voqelikni idrok etish, 
qabul qilish jarayonini boshqaradi. Ong, tafakkur haqida fikr yuritar 
ekanmiz, bu murakkab insoniy hodisalarning nutq bilan, kishi, xalq 
tili bilan chambarchas bog„liq ekanligini, tilsiz tafakkur va tafakkursiz til 
mavjud emasligini yana bir karra uqtirishimiz zarur. Shuning uchun 
faylasuflar haqli ravishda: ”Til fikrning bevosita voqe bo„lishidir,“ deb 
ta‟kidlaydilar. 
Til va tafakkur munosabati tilshunoslik fanining 
asosiy 
masalalaridan 
biri 
sanaladi. 
Tilsiz 
fikrni 
ifodalash 
mumkin 
bo„lmaganidek, tafakkursiz til o„z ifodasini shakllantira olmaydi. Shular 
bilan bog„liq yana falsafiy, psixologik ong tushunchasi ham mavjud. 
Ong ijtimoiy-psixologik hodisa bo„lib, insonning fikrlash qobiliyatini 
boshqaradi. Ong biologik hodisa bo„lib, mantiqiy fikriy faoliyatni o„z 
ichiga oladi. Ong – voqelikning kishi miyasida uning butun ruhiy 
faoliyatini o„z ichiga olgan va ma‟lum maqsadga yo„nalgan holda 
aks etishi. Ong inson miyasiga berilgan mo„jiza, sirli qobiliyatdir. Inson 
haligacha mukammal ong uskunasini yarata olgan emas. Xotirasi 
odamdan o„nlab-yuzlab baravar ortiq bo„lib, hatto yuzlab kattalik 


27 
(gegobayt, megobayt)larni tashkil etuvchi kompyuterlarda ham ong – 
mustaqil fikrlash qobiiyati –yo„q, ular inson ongi, ya‟ni ularga yuklagan 
dasturni, ya‟ni amaliyotlar algoritmini bajaradi, inson yukini ko„taradi, 
yengillashtiradi, xolos. 
Ong – bilish: obyektiv voqelikning inson miyasida aks etish 
jarayonida voqelanadi. Demak, ong tafakkurdan ham katta hodisa, 
tushunchadir. Tafakkur – bilishning eng yuqori bosqichidir. Bilish bu 
obyektiv voqelikning inson ongida aks etish jarayonidir. Fanda ikki xil 
bilish farqlanadi: 
1.
Sezgilar orqali bilish. 
2.
Aqliy bilish va tafakkur
1

Hissiy bilishda tashqi olamni sezgi a‟zolarimiz orqali bilib olamiz. 
Bunday bilish hayvonlarda ham rivojlangan. Aqliy bilish esa insonlarga 
xos bo„lib, tashqi olamni faqatgina his qilib qolmay, balki har bir hodisa, 
predmet, jarayonlarini fahmlaydi, ularni qayta ishlaydi, fikr yuritadi, 
xulosalaydi, tushunchaga ega bo„ladi. Mana shu jarayon 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish