26
TIL VA TAFAKKUR MASALALARI
Reja:
1.Til va tafakkurning o„zaro bog„liqligi.
2.Mantiq va tilshunoslik.
3.
Umumiy xulosalar.
Mavzu bo„yicha tayanch tushunchalar
Til va tafakkur, ong, bilish, mantiqiy kategoriyalar, grammatik
kategoriyalar,
aqliy
bilish,
hissiy
bilish,
mantiqiy
va
til
kategoriyalarining mos tushish va tushmaslik hodisasi
Ki har ishniki qildi odamizod,
Tafakkur birla qildi oni bunyod.
( Mir Alisher Navoiy)
Inson tafakkuri, zakovati eng oliy ne‟matdir.
Fikrlash qobiliyati
uning barcha muvaffaqqiyatlari asosi bo„lib keldi. Tafakkur orqaligina
u obyektiv borliqni taniy boshladi, mantiqiy bilishga erishdi. Inson ong-
u shuuri shu qadar murakkab oliy mahsulki,
voqelikni idrok etish,
qabul qilish jarayonini boshqaradi. Ong, tafakkur haqida fikr yuritar
ekanmiz, bu murakkab insoniy hodisalarning nutq bilan, kishi, xalq
tili bilan chambarchas bog„liq ekanligini, tilsiz tafakkur va tafakkursiz til
mavjud emasligini yana bir karra uqtirishimiz zarur. Shuning uchun
faylasuflar haqli ravishda: ”Til fikrning bevosita voqe bo„lishidir,“ deb
ta‟kidlaydilar.
Til va tafakkur munosabati
tilshunoslik fanining
asosiy
masalalaridan
biri
sanaladi.
Tilsiz
fikrni
ifodalash
mumkin
bo„lmaganidek, tafakkursiz til o„z ifodasini shakllantira olmaydi. Shular
bilan bog„liq yana falsafiy, psixologik ong tushunchasi ham mavjud.
Ong ijtimoiy-psixologik hodisa bo„lib, insonning fikrlash qobiliyatini
boshqaradi. Ong biologik hodisa bo„lib, mantiqiy fikriy faoliyatni o„z
ichiga oladi. Ong – voqelikning kishi miyasida uning butun ruhiy
faoliyatini o„z ichiga olgan va ma‟lum maqsadga yo„nalgan
holda
aks etishi. Ong inson miyasiga berilgan mo„jiza, sirli qobiliyatdir. Inson
haligacha mukammal ong uskunasini yarata olgan emas. Xotirasi
odamdan o„nlab-yuzlab baravar ortiq bo„lib, hatto yuzlab kattalik
27
(gegobayt, megobayt)larni tashkil etuvchi kompyuterlarda ham ong –
mustaqil fikrlash qobiiyati –yo„q, ular inson ongi, ya‟ni ularga yuklagan
dasturni, ya‟ni amaliyotlar algoritmini bajaradi, inson yukini ko„taradi,
yengillashtiradi, xolos.
Ong – bilish: obyektiv voqelikning
inson miyasida aks etish
jarayonida voqelanadi. Demak, ong tafakkurdan ham katta hodisa,
tushunchadir. Tafakkur – bilishning eng yuqori bosqichidir. Bilish bu
obyektiv voqelikning inson ongida aks etish jarayonidir. Fanda ikki xil
bilish farqlanadi:
1.
Sezgilar orqali bilish.
2.
Aqliy bilish va tafakkur
1
.
Hissiy bilishda tashqi olamni sezgi a‟zolarimiz orqali bilib olamiz.
Bunday bilish hayvonlarda ham rivojlangan. Aqliy bilish esa insonlarga
xos bo„lib, tashqi olamni faqatgina his qilib qolmay, balki har bir hodisa,
predmet,
jarayonlarini fahmlaydi, ularni qayta ishlaydi, fikr yuritadi,
xulosalaydi, tushunchaga ega bo„ladi. Mana shu jarayon
Do'stlaringiz bilan baham: