Mavzu: Fransiy elementi
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Fransiy haqida ma'lumot.
2. Fransiy kimyoviy elementining tarixi.
3. Fransiyning kimyoviy xususiyatlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Kimyoviy elementlar - yadrolarining musbat zaryadi hamda atom qobigʻidagi elektronlar sonining bir xilligi bilan tavsiflanadigan atomlarning alohida bir turi. Massa soni (atom yadrosini tashkil etadigan protonlar va neytronlar massalarining yigʻindisi) har xil boʻlgan Kimyoviy unsur izotoplar deb ataladi. Tabiatda koʻp Kimyoviy unsur 2 yoki undan koʻp izotoplardan tashkil topgan. Yer poʻstida tarqalgan tabiiy Kimyoviy unsurning izotop tarkibi oʻzgarmasdir, shuning uchun ularning eng muhim hisoblangan tavsifi — atom massasi deyarli oʻzgarmas boʻladi. Tabiiy Kimyoviy unsur, asosan, noradioaktiv boʻlib, turlituman oddiy (kimyoviy jihatdan parchalanmaydigan) va murakkab (kimyoviy birikmalar) moddalarni tashkil etadi. a, r, u — nurlanuvchi Kimyoviy unsur (uran, toriy, poloniy, radiy) radioaktiv elementlardir (qarang Radioaktivlik).
Elementlar tabiatdagi butun mavjudotning eng oddiy tarkibiy qismlari, degan tushuncha miloddan bir necha asr ilgari vujudga kelgan. Aristotelning fikricha, boshlangʻich materiya 4 abstrakt "prinsip" (asos): issiqlik, sovuqlik, namlik va quruklikdan tashkil topgan. Ularning juftlarida qismlar miqdori maʼlum bir sonni tashkil etgach, 4 asosiy element — olov, suv, havo va tuproq hosil boʻlarmish. Keyinchalik alkimyogarlar Aristotelning "prinsip" va "element"lariga eruvchanlik (tuz), yonuvchanlik (oltingugurt) va metallsimonlik (simob) degan tushunchalarni kiritdilar.
1.Fransiy haqida ma'lumot
Fransiy (lot. Francium), Fr — Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub radioaktiv kimyoviy element. Tartib raqami 87, mol. m. 223,0197. Fransiyning barqaror izotoplari yoʻq. 27 ta radioaktiv izotopi maʼlum, ularning massa sonlari 202— 229. Dastlab fransuz radiokimyogari Fransiy Perey 1939-yilda 227As ning ayemirilish mahsuloti sifatida 223Fr ni kashf qildi. Fransiy nomi ana shu tadqiqotchi ayolning vatani "Fransiya" nomidan olingan. Tabiatda faqat 223Fr uchraydi. Uning yarim yemirilish davri 22 minut, oʻzidan rnur chiqarib AsX ga aylanadi. Fransiyning boshka izotoplari kup zaryadli ionlar bilan turli elementlarning atomlari orasidagi yadro reaksiyalari natijasida hosil boʻladi. Fransiyning Yer poʻstidagi miqdori 24,5 mg ni tashkil qiladi. Fransiyning fizik xossalariga oid barcha maʼlumotlar ekstrapolyatsiya (interpolyatsiya) yoʻli bilan hosil qilingan. Zichligi 2,5 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 8° atrofida. Fransiy kimyoviy jihatdan seziyga oʻxshaydi. Seziyning barcha kimyoviy shakllari Fransiyda ham kuzatiladi. Fransiy ning oksidlanish darajasi +1. Fransiy kimyoviy xossalariga koʻra ishqoriy metallar ichida eng faol element hisoblanadi. Fransiy ishqoriy metallarga mansubligi sababli uning suvda erimaydigan tuzlari bir nechta. Fransiy oʻz birikmalarining suvdagi eritmalaridan (kislotali muhitda) rubidiy va seziyning perxloratlari va xlorplatinatlari taʼsirida birga choʻkadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |