Asalga shakar qiyomi qo‘shilganini aniqlash
uchun 2-3
milligramm asalning distillangan suvdagi eritmasiga 5-10 tomchi 5% li
kumush nitrat (AgN0
3
) tuzi qo‘shiladi. Agar eritmada oqish
loyqalanishdan keyin cho‘kma hosil bo‘lsa, asalga shakar qiyomi
qo‘shilgan deb xulosa qilish mumkin. Ba’zan asalga kraxmal qiyomi
qo‘shib ham soxtalashtiriladi. Kraxmal qiyomi bor- yo‘qligini aniqlash
uchun 2-3 milligramm asalning distillangan suvdagi eritmasiga
tomchilatib 10% li xlorli bаriy (BaCl
2
) qo‘shiladi. Bunda cho‘kma hosil
bo‘lishi, asal toza emasligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |