Bog'liq oziq ovqat maxsulotlarining sifat ekspertizasi uslubij kursatma
Pechenening kislotalilikni aniqlash. Kislotalilikni aniqlash uchun
5 g mahsulot texnik tarozida tortib olinadi. 100—150 ml konussimon
kolbaga solinadi va 50 ml distirlangan suv quyiladi. Mahsulot yaxshilab
aralashtiriladi. Suspenziyasimon modda hosil bo‘ladi. Unga 5 tomchi
fenolftalein qo'shiladi va NaOH bilan 1 daqiqa ichida yo‘qolmaydigan
och pushti rang hosil bo'lguncha titrlanadi. Titrlash uch marta
takrorlanadi. Sarf bo‘lgan ishqorning o'rtacha arifmetik qiymati olinadi
va kislotalilik quyidagi formula bilan topiladi.
𝑋 = 2 ∙ 𝑎 ∙ 𝑘
bu erda: a – titrlashga ketgan 0,1n ishqor xajmi, ml.
k – kislota titriga tuzatma
Hamma navli pechenelar uchun kislotalilik 2 n dan oshmasligi
kerak.