5. Sabrning tagi oltindir.
Yusuf (a.s.)ning qissalarida insonda mavjud bo‘ladigan barcha sifatlarga
qaraganda qiyinchiliklarga sabr qilish fazilati yuksak darajada ta’rif etilgan. Ya’qub (a.s.)ning musibatlarga
qilgan sabrlari, Yusuf (a.s.)ning qiyinchilik, mashaqqat va xo‘rliklarga qilgan sabrlari go‘zal iboralar bilan bayon
etilgan. Haqiqatan ham, Yusuf (a.s.)ning boshlaridan o‘tgan savdolar, u kishiga qilingan tuhmatlar, adovatlar
alamiga oddiy inson chidayolmasligi tabiiydir. Payg‘ambarning o‘g‘li, dunyoda eng go‘zal inson, o‘zi ham
payg‘ambar bo‘lgan kishi, mehribon ota-onasi hayot bo‘la turib, o‘zining tug‘ishgan akalari tomonidan xo‘rlanib,
tagi zimiston qorong‘u bo‘lgan quduqqa berahmlarcha tashlab yuborilsa, topib olgan kishilar tomonidan bir
necha tanga bahoga qul qilib sotib yuborilsa, ayollar makriga uchragan, ammo pokligini saqlagan holda quruq
tuhmatga uchrab, el orasida nomi qoralansa, uzoq muddat yer ostida, zax bosgan zindonda jabrlansa, bunday
balolarga chidash mumkinmi? Ammo Yusuf (a.s.) bularning hammasiga Alloh bergan sabr fazilati orqali
chidadilar, bardosh berdilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.):
Do'stlaringiz bilan baham: |