NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
KONCHILIK FAKULTETI
KON ELEKTROMEXANIKASI KAFEDRASI
KON ISHLARI ASOSLARI VA ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Guruh: 19A-20 TMJ
Bajardi: Dehqonov.X
Tekshirdi: Giyazov.O
O`quv yili-2022
Mavzu: Relsli transportlar haqida.
Reja:
Relslar haqida malumot.
2. Relslarni yotqizish.
3. Foydalanilgan Adabiyotlar.
Temiryo’l va harakatlanuvchi sostavlar temiryo’l transporti vositalari hisoblanadi. Karyer temiryo’llari ekspluatatsiya qilish sharoitlari bo'yicha statsionar va vaqtinchalik yo’llarga bo’linadi. Statsionar yo'l o‘z holatini doimiy yoki uzoq muddat saqlab turadi. Yer yuzidagi, transport bermalaridagi va kapital transheyalardagi temiryollar statsionar yollar hisoblanadi. Vaqtinchalik yo’llar esa pog’ona ishchi maydoni va ag‘darmalarga joylashgan bo’lib, ular davriy ravishda surilib turadi.
Karyerlarda, asosan, koleyasi 1520 mm bo’lgan standart temiryollar qo’llaniladi. Barcha standart temiryollarda burilish radiusi 200 m dan kam bo’lmasligi kerak, vaqtinchalik yo’llarda esa burilish radiusi 100 - 120m ni tashkil qiladi.
Temiryo’l trassasidagi yuk tashish yo‘nalishi bo'yicha maksimal ko‘tarilish uchastkasi bosh ko‘tarilish deyiladi va ibk bilan belgilanadi. Bosh ko'tarilish miqdori bo'yicha poyezdning massasi aniqlanadi. Poyezdni bitta lokomotiv harakatga keltirganda bosh ko‘tarilish ibk=40%o ni, lokomotiv va tortish agregati harakatga keltirganda esa ibk=60%o ni tashkil qiladi.
Temiryoi ostki va ustki qurilmalardan tashkil topadi. Ostki qurilma har ikki tomonidan suv chiqarish ariqchasi hosil qilingan yer tiligidan tashkil topgan bo’ladi. Yo’lning yuqori qurilmasi ballast, shpal, shpalga mustahkam o'rnatilgan relslardan iborat boiadi.
1-rasm. 1-metal yostiqchalar, 2-mustahkamlovchi element(qoziq yoki bolt), 3-rels uchlarini mahkamlovchi boltlar, 4- rels, 5-protivougon, 6-shpal, 7-suv qochirish ariqchasi, 8-nakladkalar, 9-ballast qatlami.
Relslar. Temiryo’llar qurilishida standart relslardan faydalaniladi. Relslarning xili ularning bir metrining massasiga qarab (kg/m) belgilanadi. Poyezdlaming og'irligi, tezligi va serqatnovligi qancha katta bo'Isa. temiryo‘l uchun massasi shuncha katta bo'lgan relslar qo'llanilishi ko’zda tutiladi. Shaxtalarda PI8, P24. РЗЗ, P38. P43. P50 tipidagi relslar. ochiq kon ishlarida esa P38. P43, P50, P65 tipidagi relslar ishlatiladi. Relslar uzunligi esa ularni yotqizish joyigacha tashish usuliga qarab 8-25 metr gacha bo'ladi. Yer osti yuk tashish lahimlarida bir metrining og'irligi 24 kg/m dan kam bo'lmagan relslardan foydalaniladi. Magistral yo'llarda bir metrining massasi 33.5 kg:m va undan katta bo'lgan relslar ishlatiladi. Relslar maxsus po’latdan tayyorlanadi va termik ishlov beriladi. Relslar bosh qismi, bo'yin qismi va asos qismlaridan iboratdir.
Harakatdagi sostavning chayqalishini kamaytirish maqsadida "osma" elastik ulash ikkala temiryo'I izda aniqlik bilan bir-birining qarshisiga joylash tiriladi.
Biriktiruvli nakladkalar - relslarning uchlarini bir-biri bilan ulash uchun ishlatiliib. ular yassi burchakli. tartukli va peshbandli ko‘rinishda bo'ladi.
Kontaktli tashqaridan tok oladigan elektrovozlar yordamida yuk tashiladigan hollarda ikki relsning uchlari nakladka orqali ulashganda tashqari maxsus peremichka - tok o'tkazuvchi sim yoki yassi metall orqali ham ulanadi (3.4-rasm, a). Bu holat peremichkani tok o'tishiga qarshiligi 18 kg/m li relslar uchun -0.00024 Om va 24 kg/m li relslar uchun -0.00025 Om dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |