O‘tgan kunlar romanidan sifat so’z turkumiga oid so’zlar talqini



Download 47,53 Kb.
bet1/4
Sana05.07.2022
Hajmi47,53 Kb.
#742240
  1   2   3   4
Bog'liq
Akramjonova saodat



Mavzu: “O‘tgan kunlar romanidan sifat so’z turkumiga oid so’zlar talqini”
Reja:
I. Kirish
II. Asososiy qism

  1. Sifat so‘z turkumi haqida umumiy ma’lumot.

  2. Asarlarda sifat so‘z turkumining qo‘llanilish o‘rni.

  3. “O‘tkan kunlar” romanida sifat so‘z turkumiga oid so‘zlarning talqini.

III. Xulosa

Kirish
XV—XIX asrlarga mansub manbalar tilida qayd etilgan sifatlar, umuman, turkiy tillardagi, xususan, o’zbek tilidagi sifatlarga xos barcha xususiyatlarga ega bo'lib, bulardan asosiylari quyidagilar:
•narsa-predmet va hodisalarning belgisini bildirish sifatning semantik asosidir. Belgi bildirish xususiyati va tabiati jihatidan tub (asliy) va nisbiy sifatlar bir-biridan qisman farqlanuvchi o’zgachaliklarga egadir; tub sifat ifodalaydigan belgi tushunchasi shu sifatning to’gridan-to’gri ma'nosidan anglashiladigan rang, tus, tur, ta'm, maza, hajm, vazn, me'yor, sath, miqyos kabi doimiy sifat belgilari bilan bog’liq bo’ladi, bu doimiy sifatiy belgilar konkret va abstrakt xarakterda bo'lishi mumkin: aq alma, aq kynyl, achchi’q danak, achchiq dard kabi;
• nisbiy sifatda esa belgi tushunchasi shu yasama sifatga asos bo’lgan so’zdan anglashiladigan narsa-predmet yoki hodisa ma'nosi bilan bog’liq bo’lib, uning belgi-xususiyati boshqa turdagi narsa-predmet yoki hodisaga turli darajada nisbat berilishi orqali ifodalanadi. Turkiy tillarda, jumladan, o’zbek tilida sifat tarixan maxsus morfologik ko’rsatkichga ega bo’lmagan. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra sifat dastavval mustaqil so’z turkumi sifatida mavjud bo’lmagan, u so’ngroq ot turkumidan o'sib chiqqan va shakllanib rivojlangan.E.V.Sevortyanning ta'kidlashicha, sifatning otdan differensiasiyalanish jarayoni ancha ilgarigi davrlarda boshlangan, V—VIII asrlarga kelib bu jarayon ancha keng tus olgan. Sifatning jamlanishi va kristallashishi asta-sekinlik bilan turli davrlarda paydo bo'lgan turli formalar hisobiga yuz bergan. Bu formalarning ayrimlari qadimdayoq, kammahsul bo’lgan, ayrimlari esa o'z sermahsulligini hozirgi kunlargacha saqlab qolgan va hatto yanada kengaytirgan. Ayrim formalar ot va sifat uchun mushtarak bo’lgan, ayrimlari faqat sifatgagina tegishli bo’lgan, lekin keyingi davrlarda taraqqiy qilmagan. Turkiy tillar taraqqiyot bosqichining qadim davrlaridan boshlangan sifatning otdan ajralib chiqishi uzluksiz hodisa bo’lib, bu jarayon hanuz davom etmoqda. Bundan hamma sifat ham otdan ajralib chiqqan, degan fikr kelib chiqmasligi kerak. Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatimiz xayotining har bir iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy jabhalarida muhim o’zgarishlar amalga oshirildi. Shu o‘rinda ta’lim sohasi ham bundan mustasno emas, albatta. Xususan, 1997-yil 27-avgustda tasdiqlangan,,O‘zbekiston Respublikasi kadrlarlar tayyorlash milliy dasturi’’ va shu dastur asosida o‘tkazilgan ma’orif tizimidagi islohotlarning barchasi fikrimizning yaqqol dalilidir. O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov aytganlaridek ‘‘ Biz ta’lim-tarbiya sohasidagi keng ko‘lamli islohotlarimizni, albatta, oxiriga yetkazishimiz, bunday ta’lim dargohlarini nafaqat qurish, ta’mirlash va jihozlash, balki farzandlarimizni zamon talablari asosida kamol toptirish uchun eng yuksak malakali o‘ qituvchi va domlalarni jalb etish, ularning bilim va tajribasini muntazam oshirib borishga eng muhim, ma’sulyat li vazifa deb qarashimiz zarur.’’
Amalga oshiralayotgan va kelajakda bajarilishi rejalashtirilayotgan barcha islohotlar o‘sib kelayotgan yosh avlodning porloq kelajagi, ularning orzu–umidlarini ro‘yobga chiqarish masalasi asosida shakllantirildi.
Ayni davrda globallashuv axborot asrida yashar ekanmiz, har bir fuqaroning ayniqsa yoshlarning ilm-fanni chuqur o‘zlashtirib dunyodagi barcha fan yutuqlaridan boxabar bo‘lib borishini zamonamizning o‘zi taqozo etmoqda.
Chindan ham agarki hozirgi vaqtda dunyoviy ilm va fan texnologiyalarni chuqur o‘zlashtirmasak, faqat tariximiz, olis ajdodlarimizning kashfiyotlari bilan maqtanib, ularga mahliyo bo‘ lib yashaydigan bo‘ lsak, ana shu noyob merosni asrab-avaylab, yanada boyitib, unga o‘z xissamizni qo‘shmasak, zamon bilan hamqadam bo‘lib yurmasak, bizning jahon maydonida munosib o‘rin egallashimiz
qiyin bo‘ladi.
Kurs ishining vazifalari. Kurs ishida ko‘zda tutilgan asosiy maqsadga
quyidagi vazifalarni bajarish orqali erishildi:

Download 47,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish