M. M. Axmetjanov, sh sh. Olimov, S. S. Avezov. P e d a g o g I k mahorat



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/233
Sana06.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#432192
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   233
Bog'liq
pedagokik mahorat

Nutqning jo‘yaligi
. Nutq jarayonida fikrni o‘rinli, tinglovchiga hech qanday 
izohsiz, murakkab tarzda ifodalamay, ma’qul etib anglatish mahoratidir. Bu atamani 
tilshunos olim N. Mahmudov ilk bor qo‘llab, shunday deb yozadi: ” Jo‘yalilik til 
vositalarini shunday tanlash, ularni shunday aloqalantirish va bir-biri bilan bog‘lashki, 
buning natijasida nutq konkret muloqotning maqsadi va sharoitlariga tamomila javob 
beradigan tarzda tarkib topadi. Ayni ta’rifdan kelib chiqilsa, jo‘yali nutq 
ifodalanmoqchi bo‘lgan axborotning mavzusi, uning mantiqiy va xissiy mazmuni, 
tinglovchi yoki o‘quvchilar tarkibining yosh, ijtimoiy, madaniy- ma’rifiy va boshqa 
xususiyatlari, yozma yoki og‘zaki nutqning xabar berish tarbiyaviy, estetik va shu kabi 
vazifalarga to‘la mos kelishi asosida yuzaga keladi” –deb ko‘rsatadi. 


145 
6. Bu nutq sifatining uslubiy jihatdan noto‘g‘ri qurilishi jo‘yalilikning buzilishi 
tarzida ham namoyon bo‘ladi. Chunonchi, avtobusda suhbatlashib ketayotgan 
ayollardan biri:” Mening onam ikki qorin egizak tuqqan“ deb dugonasiga xabar 
bildirayapti. Go‘yo bu fikr mazmunan to‘g‘ri bo‘lsa-da, uslubiy mazmuni jihatdan 
noto‘g‘ri. Chunki:”bir qorin, ikki qorin tuqqan” so‘zlar xalq orasida hayvonlarga, 
xususan, sigirga nisbatan aytiladi. Bil’aks, “Mening onam ikki marta egizak farzand 
ko‘rgan “ deyilsa edi, fikrning jo‘yaliligiga e’tibor berilgan bo‘lar edi. Nutqning 
jo‘yaliligiga erishishning yana bir talablaridan biri, doimiy odat bo‘lib takrorlanadigan 
(siyqa) so‘zlardan saqlanmoqdir. Masalan, demak, o‘sha, anavi, nima, masalan, tak 
kabi so‘zlarni o‘rinsiz, ketma-ket qo‘llayverish nutq sifatini xiralashtiradi. 
Nutq hozirgi kunda uning to‘g‘riligiga putur yetkazuvchi holatlardan biri-chet 
tilidan, ayniqsa, rus tilidan kirib kelgan so‘zlarni qo‘yib ishlatish juda ko‘p sezilib 
turadi. Xususan, bu oliy ta’lim tizimidagi o‘quvchi mutaxassislari nutqida uchrashi 
ham achinarli holdir. Chunki kundalik hayotda zvanok, dejur, doska, kontrakt, glavniy, 
bosh korpus, aktiv zal, vedomost, otchislenie, daje, karotche kabi so‘zlarni 
qo‘llayotgan talaba va o‘qituvchilar nutqidagi holatga duch kelsangiz, ular ona 
tilimizga nisbatan g‘amxo‘rlik tuyg‘usi umuman esdan chiqib ketganligini his qilasiz. 
Chunki ona tilimizdagi har bir so‘z ham nutq jarayonida xizmat qilsagina, u 
barhayotlik kasb etadi. O‘z tinglovchisiga ega bo‘ladi va boshqalar, xususan kelgusi 
avlod hayotida ishtirok etish””baxt”iga ega bo‘ladi. Agar nutq jarayonida ishtirok 
etmasa, u asta-sekin aloqa-aralashuvdan chiqa boshlaydi. Biz nutqimizdagi bunday 
qo‘pol nuqsonlarga e’tibor bermasak, kelgusi avlod “ilma-teshik”bo‘lib etib borgan 
ona tilimiz ahvolidan bizni kechirishmaydi. 
Nutq to‘g‘riligida xalqimizdan bizga meros bo‘lib qolgan ona tilimizdagi 
lug‘atlardan tashqari, mahollar, hikmatli so‘zlar va iboralardan foydalanib, fikrimizni 
tinglovchi, o‘quvchiga yetkazsak, uning kommunikativ sifatini yanada oshirgan 
bo‘lamiz. Bu esa so‘zlovchi nutq madaniyatining yuksak fazilatidir. 
Xulosa qilib aytganda, nutqning to‘g‘riligi nutq madaniyati fanining muhim 
atamalaridan biri bo‘lib, u so‘zlovchi, ayniqsa, bo‘lajak o‘qituvchi nutqiga 
qo‘yiladigan muhim talablardan biridir. Nutqning to‘g‘riligi inson nutq madaniyatining 


146 
go‘zal namunasi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Nutq aniqligi deganda, so‘zlovchining tinglovchiga bildirilayotgan axborot 
mavzusi va kengligini aniq ifoda eta olish mahoratidir. Nutq aniqligi nutq 
o‘lchovlaridan biri bo‘lib, u yuqorida izohlangan nutq to‘g‘riligi bilan bevosita uzviy 
bog‘liqdir. Nutq aniqligida ham til vositalarining lug‘aviy va grammatik jihatdan 
mazmunan to‘g‘ri shakllanganligi asosida yuzaga keladi. Biroq, nutqiy aniqlik 
deganda, tabiat va jamiyat, narsa va voqea-hodisa o‘rtasidagi munosabatni real, 
muayyan tarzda ifodalash anglashiladi. So‘zlovchi o‘zi mulohaza, munozara 
yuritayotgan narsa-hodisa, voqelik haqida tushuncha va tasavvurga aniq ega bo‘lmasa, 
uning nutqi aniq ifodalanmaydi. Demak, so‘zlovchining o‘zi bayon qilgan fikrini 
tafakkur qilishi nutqidagi so‘z va iboralarning o‘rnini aniq belgilay olishi nutqning 
aniqligini belgilovchi xususiyatdir. 
Nutq aniqligiga raxna soluvchi unsurlar quyidagilar: So‘z ma’nosiga e’tibor 
bermasdan qo‘llash: “Biz amaliyot ishlari bo‘yicha mahsulmiz”( mahsul-mas’ul), 
2”Bizning karxonamiz bu yil juda katta muvaffaqiyatlarga erishdi(karxona-korxona). 
Biz 50 gektar erga paxta ekdik (paxta-chigit). Bahorda 1000 to‘p chakalak daraxti 
o‘tkazdik. (chakalak-halamchasi yoki nihol tanasidan). 
Nutq aniqligi o‘qituvchidan dars jarayonida juda katta mas’uliyatni talab etadi.
Xususan, fanga doir atamalardan o‘rinli foydalanish, uning ma’nosi va mohiyatini aniq 
ifodalash bu sohadagi talablardandir. Zero, har bir fanni egallashda undagi 
atamalarning ma’nosini tushunish, uni nutqqa olib kirish, biror narsa-buyum, 
hodisalarning muayyan ma’nosini ifoda etishda atamalarning o‘rni beqiyosdir. Fan va 
texnikada ayrim tushuncha, maxsus buyum-narsalarni aniq ifodalash uchun 
qo‘llanadigan so‘zga atama deyiladi. Masalan, ona tili fanida ot-mustaqil so‘z turkumi. 
Bu so‘z so‘zlashuvda hayvon, ism ma’nosini ifoda etadi. Lekin fanda umuman boshqa 
ma’no kasb etib, tabiat va jamiyatdagi shaxs , buyum-narsalarning nomini bildiruvchi 
mustaqil so‘zlar turkumini ifodalaydi. So‘ng otni ifoda etuvchi so‘zlarning ma’nosi, 
aniq yoki mavhum, sanalish-sanalmaslik xususiyatlari haqida malumot beriladi. Yoxud 
ona tili fanida ham son atamasi mavjud. Bunda son narsa-buyumlarning son-sanog‘i, 
tartibini ifodalovchi atama sanalsa, matematikada son-rahamlarning xususiyatiga ko‘ra 


147 
2 turga bo‘linishi: aniq sonlar va natural sonlarga bo‘linishi izohlanadi. Nutq aniqligi, 
xususan, yozma nutqda fikrning aniq, qisqa va lo‘nda ifodalanishda namoyon bo‘ladi. 
Taniqli so‘z sanatkori A. Qahhor badiiy ijodda nutqning sodda, aniq ifodalash uchun 
intilish zarur ekanligini yoshlarga uqtirish maqsadida bir yozuvchining hikoyasidagi 
mavhumlikni quyidagicha tanqid qiladi:”Tasavvur qilar edim”- deyish o‘rniga 
”Xayolim uni tasavvur qilar edi” – deydi. ”Otni jilovlatdi”- deyish o‘rniga Otning 
jilovini siltab, tezlashinini histadi”- deydi. 

Aniqlik nutqning muhim fazilatlaridan 
biridir. Ko‘pincha talabalar nutqida “ Chiroyli “ so‘zi buyum-narsa, predmetga 
nisbatan qo‘llanilsa, manoli bo‘ladi. Voqea – hodisa yoki faolyatiga nisbatan esa 
go‘zal, so‘zi qo‘llansa, nutq aniqligiga erishiladi: ”U go‘zal nutq so‘zladi “. “U go‘zal 
ovoz egasi”. 
Nutq aniqligini nutq sifatining birinchi sharti hisoblaganlar. Chunonchi, buyuk 
mutafakkir, notiqliqlik san’atining asoschisi Aristotel:”Agar nutq noaniq bo‘lsa, u 
maqsadga yyetishmaydi”-degan edi. Kaykovus o‘zining “Qobusnoma” asarida esa: 
“Ey farzand, so‘zning yuz-orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so‘zlaganda 
ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so‘zning qanday 
ma’noga ega ekanligini bilmasang, qushga o‘xshagaysan” – deb uqtiradi
2

Aniq nutq yaratish uchun so‘zlovchi quyidagilarni o‘rganishi va ularga amal 
qilishi zarur: 
1. Nutqda so‘zlarning talaffuz me’yorlariga qat’iy rioya qilishi zarur, undagi 
tovushlarni adabiy til me’yori va qoidalari asosida nutq jarayoniga olib kirishi zarur. 
2. Kelishik qo‘shimchalarini qo‘llashda, so‘zlarni bir-biriga bog‘lashdagi ma’no 
xususiyatiga ko‘ra qo‘llash, voqelikda harakatni ob’ektga ko‘chirish mazmunida 
qo‘llamasliklari lozim. 
3. So‘zlarning sinonimlik xususiyatlaridan o‘rinli foydalana olishga erishish, 
sinonimlik qatordan kerakli variantni ajratib nutqda qo‘llash malakasiga erishish 
darkor. 
4. Nutqda qo‘llanadigan so‘zning ma’nosini his qilish, anglashga intilish va bilim: 
nojiddiy, takroriy qo‘llashlardan saqlanish, chunki betayin so‘z qo‘llash so‘zlovchini 
2
Kaykovus”Qobusnoma”Т, ”Sharq” 1992, 83-bet 


148 
beburd qiladi. 
5. So‘zning ko‘p ma’noliligiga jiddiy e’tibor berish, ularning nutq jarayonidagi 
ma’nosini chuqur his qilgandan so‘nggina foydalanish. 
6. Paronimlarni bilish, ulardagi tovush yaqinliklarini his qilish. 
Aniq aytilgan yoki yozilgan o‘zaro mantiqiy gaplar yig‘indisi nutqiy asar 
deyiladi. Nutqiy asar tushunchasi og‘zaki yoki yozma nutqning qat’iy mazmun va 
voqelik asosidagi parchasi ham, xalq og‘zaki ijodiy namunalari (oddiy maqol, naql, 
hikmati gaplar ) yoki badiiy adabiyotning kichik namunalari (fard, kichik hikoya va 
hokazo) dan tortib to roman, epopeya asarlargacha o‘zida qamrab oladi. Har qanday 
tugal mazmunga ega nutqiy asar matn orqali ifodalanadi. Matn deb, u yoki bu holda 
tugallangan mazmun (ma’no) va nutq birligini o‘zida shakllantirgan og‘zaki yoki 
yozma asarga aytiladi. 
Matnning belgilari quyidagilar: 
7. Matn mazmunan tugallangan gap yoki gaplarning o‘zaro ma’no va grammatik 
jihatdan qat’iy shakllangan gaplardan tashkil topadi. 
8. Matndagi gaplar o‘zaro ichki (mantiqiy) va tashqi (grammatik) bog‘langan bo‘ladi. 
9. Matnda o‘zaro mazmunan bog‘langan gaplar orqali axborot, voqea-hodisa haqidagi 
fikrlar inson ongida shakllantiradigan, uning tasavvur va tafakkuriga ta’sir eta oladigan 
aniq bir mantiqiy, hissiy (emotsional) nafosat, ma’naviy, ma’rifiy tuyg‘ularni uyg‘ota 
olishi zarur. Hajm jihatidan katta matnlar gapdan tashqari, xat boshi (abzatc)lar bilan 
ajratiladi. Gap -hajm va mazmun jihatidan matn (nutq) ning eng kichik birligidir. 
Xat boshi (abzats) umumiy fikrning kattaroq bo‘lagi bo‘lib, bir va undan ortiq 
gaplardan iborat bo‘ladi. Xat boshi (yozuvda bir oz ichkariroqdan yoki). So‘z (yoki 
o‘qituvchi dars jarayonida) matn mazmunini turli usullarda yuzaga chiqarishi mumkin. 
Bunda uch janr: tasvir, hikoya qilish, mulohaza alohida o‘rin tutadi. 

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish