Toshkent - 2018
3
T a g ` r i z c h i l a r
:
Q.T. Olimov –
Buxoro MTI o’quv ishlari bo’yicha prorektori, pedagogika fanlari
doktori, professor.
SH.R. Barotov –
Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti dekani, psixologiya
fanlari doktori, professor.
G.S. Yunusova -
Buxoro MTI, Tillar kafedrasining mudiri, falsafa fanlari nomzodi,
dotsent.
ANNOTATSIYA
O’quv qo’llanma o`rta maxsus, kasb – hunar ta`limi muassasalarining
pedagogika yo`nalishidan boshqa oliy ta`lim muassasalarini tamomlagan kadrlarning
pedagogik qayta tayorlash kursi namunaviy o`quv dasturiga muvofiq ishlab
chiqilgan.
O’quv qo’llanmada mualliflar pedagogik mahorat va nutq madaniyati o`quv
predmetining maqsadi va vazifalari, pedagogik mahorat elementlari, pedagogik
texnika, uni egallash yo`llari, pedagogik ta`sir usullari, pedagogik muloqot turlari va
vazifalari, nutq madaniyatining ko`rinishlari, egallash yo`llari, til va nutqning qiyosiy
tahlili, o`zbek adabiy til me`yorlari, nutq texnikasi va uni takomillashtirish, notiqlik
san`ati, undan foydalanish aniq dalillar orqali yoritilgan.
O’quv qo’llanma malaka oshirish va qayta tayorlash kursi tinglovchilari,
xususan, pedagogik ma`lumoti bo`lmagan bakalavr, yoki diplomli mutaxassis
darajasidagi ta`lim tizimida faoliyat olib borayotgan kadrlar, akademik litsey, kollej
o`qituvchilari, ta`lim muassasasi rahbariyati, guruh murabbiylariga mo`ljallangan.
4
KIRISH
Mamlakatda demokratik o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik
jamiyati asoslarini shakllantirish sharoitida Respublikaning birinchi Prezidenti I.A.
Karimov ta`kidlaganidek: “... Bugun biz bir tarixiy davrda − xalqimiz o`z oldiga
ezgu va ulug` bir maqsadlar qo`yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan,
avvalambor, o`z kuch va imkoniyatlariga taya’nib, demokratik davlat va fuqarolik
jamiyati qurish yo`lida ulkan natijalarni qo`lga kiritayotgan bir zamonda
yashamoqdamiz… . Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo`lmasligi,
farzandlarimizning bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lishi uchun
bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur”.
1
Mazkur qo`llanma malaka oshirish va qayta tayorlash kursi tinglovchilari,
xususan, pedagogik ma`lumoti bo`lmagan bakalavr, yoki diplomli mutaxassis
darajasidagi ta`lim tizimida faoliyat olib borayotgan kadrlar, akademik litsey, kollej
o`qituvchilari, ta`lim muassasasi rahbariyati, guruh murabbiylariga mo`ljallangan.
Ta`lim-tarbiya pedagogik mahoratning muhim tushunchalaridir. Ta`lim va
tarbiya bir-birini to`ldirib, qo`llab-quvvatlab, rivojlanib, yoshlarni kamolot sari
yetaklovchi zaruriy omil hisoblanadi.
Mazkur tushunchalarning mazmuni, mohiyati, funksiyalari haqida ma`lumot
beruvchi “Pedagogik mahorat” fani bo`lajak kasb ta`limi o`qituvchilarining
pedagoglik kasbiga ilmiy-nazariy va metodik tayyorlashda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Bo`lajak pedagoglar “Pedagogik mahorat” fanini o`rganish jarayonida
quyidagi bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladi:
-pedagogik mahorat haqida umumiy tushunchaga, uning mohiyati va mazmuni,
fanning maqsadi, vazifasi va asosiy komponentlari;
- pedagogik mahoratni egallash vositalari, o`qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va
uning jamiyatda tutgan o`rni;
-pedagogik texnika tushunchasi va uning mazmuni, pedagogik texnika xususiyatlari,
pedagogik texnikani namoyon etishda o`qituvchining kasbiy mahorati;
1
Islom Karimov. “Yuksak manaviyat yengilmas kuch”. Toshkent. “Ma`naviyat”-2008 y. 3-4 b.
5
- pedagogik texnikani egallash usullari, o`qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot
madaniyatining shakllanishi;
-pedagogik muloqot va pedagogik muomala madaniyati, Sharqona tarbiya va
muosharat odobining muloqotga ta`siri, muloqot asosida ma`naviy madaniyatni
shakllantirish mezonlari va omillarini;
- nutq madaniyati, uni inson hayoti va faoliyatidagi o`rni, nutq madaniyatini
ta`minlovchi xususiyatlar, zamonaviy tarbiya mazmunida nutq madaniyatining o`rni,
o`qituvchi nutqining ifodaviyligi, grammatik jihatdan to`g’ri bo`lishini; nutqning
inson hayoti va faoliyatidagi o`rni, nutq texnikasi haqida tushuncha, uning asosiy
unsurlari, nutq texnikasi, nafas olish, ovoz gigienasi, tallaffuz ritmikasi, tovlanishi va
nutq sur`ati, o`qituvchi nutqining mantiqiyligi, grammatik jihatdan to`g’ri bo`lishini;
-notiqlik san`ati shakllanishining tarixiy jihatlari, Sharq va G’arb mutafakkirlarining
notiqlik san`ati haqidagi qarashlari, o`qituvchining nutqi, notiqlik san`ati, so`z
boyligining teranligi, hozirgi davrda o`qituvchining kasbiy mahoratini oshirishda
notiqlik san`atini egallash yo`llari va boshqalar.
Tinglovchilarni
faollashtirish,
bilimlarni
o`zlashtirish
jarayonining
samaradorligini oshirishni yo`lga qo`yish maqsadida o`quv qo`llanmaning oxirida
manbalar tavsiya etilgan. Bu manbalar tinglovchilarning mustaqil o`qishini yo`lga
qo`yish hamda mustaqil bilim olishi uchun ancha qulaylik yaratdi. Shuningdek, har
bir bobning oxirida o`z bilimini tekshirish maqsadida nazorat savollari va amaliy
topshiriqlar berilganki, ular tinglovchilarning ta`lim-tarbiya sohasida o`zlashtirgan
nazariy bilimlarini amalda qo`llash, ko`nikma, malakalarini shakllantirishga katta
yordam beradi.
Mazkur qo’llanmada barcha muammolar o`z yechimini topgan deb bo`lmaydi.
Unda, ba`zi bir kamchiliklar va nuqsonlar bo`lishi tabiiy. Shu bois mualliflar
qo’llanmaning nazariy va usuliy saviyasini oshirishda yordam ko`rsatgan barcha
mutaxassislarga, xususan, A. Xoliqovga o`z takliflarini bildirganlari uchun, chuqur
minnatdorchilik bildiradi.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |