1.3.Pedagogik mahoratni egallash vositalari
O`rnak ko`rsatish nasihatga
qaraganda hardoim kuchliroq
ta`sir etadi.
S. Jonson.
Tayanch iboralar:
pedagogik mahorat, pedagogik ta’sir, pedagogik turkum
fanlari, urf-odatlar, psixologik muhit, tarix, pedagogik faoliyat, intellekt,
yo’naltiruvchilik, tadqiqotchilik, din, siyosat, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, pedagogning
kasbiy imkoniyatlari tuzilmasi.
O`qituvchida pedagogik mahoratni shakllantirish uchun, avvalo, pedagogik
ishni ilmiy asosda tashkil qilish lozim. Buning uchun o`qituvchining istak va
qiziqishlarini hisobga olish, uning intilishi va boshqa tashqi omillarini bir - biriga
uyg`unlashtirib, kasbi va shaxsining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda faolligini
oshirishni nazarda tutish kerak. Bu hol tinmay izlanishlar, kuzatishlar, tajribalarni
o`rganish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish lozimligini talab qiladi. Ilmiy
pedagogik ta`limot, o`tmish ajdodlarimizning tajribasi va ta`lim muassasasining
amaliy faoliyati shundan dalolat bermoqdaki, kasbiy mohirlik, muntazam ilm olish
bilan shug`ullanish, mashq qilish, takrorlash, xulosalar chiqarish, chiqarilgan
xulosalar asosida ish olib borish orqali qo`lga kiritiladi… Pedagogik mahorat avvalo
falsafiy, pedagogik, psixologik, metodik bilimlar, o`quv predmeti bo`yicha keng va
chuqur ma`lumotlarga ega bo`lish va ularni takomillashtirib borish orqali shakllanadi.
Milliy Mustaqillik, "Ta`lim to`grisida"gi O`zbekiston Respublikasining qonuni,
"Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" ta`lim - tarbiya jarayonining tashkilotchisi va
ijrochisi, o`qituvchida kasb mahoratini tarbiyalash, ta`lim muassasasida ta`lim -
tarbiya samaradorligini oshirishning muhim sharti ekanligini ta`kidlar ekan, avvalo,
o`qituvchilar kasb mahoratini shakllantirish - bu pedagogik jarayonning muhim
22
tarkibiy qismi deb qaralishi lozimligini alohida e`tirof etadi.
Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, o`qituvchi - tarbiyachi pedagogik mahoratining
shakllanishiga muayyan tarzda ta`sir etuvchi omillar mavjud. Bu omillarni e`tiborga
olmaslik kasbiy pedagogik mohirlikning tarkib topishini qiyinlashtiradi. Ularni
inobatga olish esa, o`qituvchi mahoratining pedagogik va psixologik funktsiyalarini
rivojlanishini, uning madaniy - tarixiy xususiyatini oshirishini ta`minlaydi.
Pedagogik nazariya va amaliy faoliyat natijalariga ko`ra o`qituvchi pedagogik
mahoratining shakllanishiga ta`sir qiluvchi omillari mavjud bo`lib, ulardan eng
muhimlari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin: O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi; "Ta`lim to`g`risida" gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni,
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", nazariy-usuliy bilimlar; ixtisos fanlari va
pedagogik faoliyat; pedagogik turkum fanlari; psixologik muhit; madaniy-tarixiy
an`analar; urf - odatlar; diniy qadriyatlar; siyosiy voqealar; pedagogning intelektual
salohiyati, axborot - kommunikativ vositalar.
Shuningdek, bu kasbiy-shaxsiy xususiyatlar o`qituvchi - tarbiyachiga, o`quvchi
yoshlarning ruhiy-jismoniy rivojlanishlari, o`quv-biluv faoliyatlarining aktivlashuvini
ta`minlash kabi bir necha pedagogik vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishning tamal
toshi bo`la oladi.
Qayd qilib o`tganimizdek, pedagogik mahorat har bir o`qituvchi tarbiyachi
uchun xos bo`lgan ta`lim - tarbiya ishlarini doimo yuksakka ko`tarishga, uni
takomillashtirishga asos bo`luvchi san`atdir. Bu san`at o`z ishini bilish, faoliyatini
muntazam tartibga solib, nazorat qilib, yuksaklikka ko`tarish bilan tavsiflanadi. Unda
eng asosiysi pedagogik-psixologik nazariyalarni samarali qo`llash nazarda tutilgan.
"Pedagogik mahorat" fani kasbiy tayyorgarlikni mustahkamlash va takomillashtirish
fani sifatida maydonga keladi. Zero, "Pedagogik mahorat" - bu pedagogik faoliyatni
ustalik bilan boshqarishni o`rgatuvchi fandir. SHunday ekan, kasbiy - pedagogik
mohirlik pedagogik - psixologik tayyorgarlikda, o`qituvchi - tarbiyachining ta`lim,
tarbiya, ma`lumot tushunchalarining mohiyat - mazmunini, shaxs psixologiyasini,
uning biologik shartlangan xususiyatlari (nerv tizimi, sur’aterament, layoqat-
qobiliyatini, xarakterlarini bilish jarayonlari (sezgi, idrok, diqqat, xotira, tafakkur,
23
xayol)ni, emotsional irodaviy xususiyatlar (hissiyot, emotsiya, irodalari)ni, ijtimoiy
yo`nalgan xususiyatlari (ehtiyoj, qiziqish)ni, orttirilgan kasbiy xususiyatlar (bilim,
ko`nikma, malaka, odatlar)ni o`rganib, anglab olish asosida shakllanib boradi.
Pedagogik mahorat fani esa, qayd etilgan xususiyatlarning o`z mohiyatidan kelib
chiqib, ularni amalda qo`llash yo`llarini o`rgatadi. SHu asosda ta`lim – tarbiya
jarayonini to`g`ri, aniq tashkil qilish, o`zlashtirish imkoniyatlaridan aniq foydalanish,
shart-sharoitlarini yaratish imkoni tug`iladi.
Ularni umumlashtirgan holda quyidagi jadvalda o`qituvchi pedagogik
mahoratining shakllanishiga ta`sir etuvchi ijtimoiy-pedagogik omillarni keltiramiz
(1.2.- jadvalga qarang),
Do'stlaringiz bilan baham: |