1.2. Pedagogik mahoratning shakllanishiga ta`sir qiluvchi omillar
O`zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi
"Ta`lim to`g`risida"gi
O`zbekiston Respublikasi
Qonuni
Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi
Ixtisos fanlar
Pedagogik turkum
fanlari
Psixologik muhit
Nazariy-usuliy
tayyorgarlik
Pedagogik faoliyat
Urf-odatlar
Intellekt
Ma`naviy-ma`rifiy
ishlar
Siyosat
Tarix
Din
O`qituvchi pedagogik
mahoratining
shakllanishiga ta`sir
etuvchi ijtimoiy
omillar
24
Jadvalda keltirilgan unsurlar pedagogik mahoratni shakllantirish, mustaqillik
yo`lidan dadil odimlab, fuqarolik jamiyatini qurishga intilayotgan mamlakat
o`qituvchisini faol mehnatga tayyorlab, uning uzluksiz mahoratini oshirish
ko`nikmalarini shakllantirish, ilmiy nazariy, amaliy - usuliy tayyorgarligini oshirish,
jamiyatda, atrof-muhitda sodir bo`layotgan voqea-hodisalarga ongli munosabatini
tarkib
toptirish,
har
bir
o`qituvchining
individual
ijodiy
qobiliyatlarini
mustahkamlash uchun omil bo`lib hizmat qiladi.
Ushbu xulosalardan kelib chiqib, pedagogik mahoratni shakllantirishda
mutaxassislik kasbini tez va oson egallash yo`lini anglash muhim rol o`ynaydi. Zero,
pedagogik mahorat bu maqsadning aniqligi, sub`ekt va ob`ekt aloqasining uzviyligini
ta`minlovchi pedagogik hosiladir. SHu o`rinda e`tirof etish joizki, uning shakllanishi
va takomillashuvi, murakkab va uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Bu
jarayon o`qituvchi – tarbiyachidan pedagogik – psixologik, nazariy va metodik
tayyorgarlikni chuqur egallash bilan birga pedagogik axborotlarni qunt bilan
muntazam o`qib borishni, mavjud nazariy – amaliy pedagogik yutuqlardan o`z
faoliyatida o`rinli foydalana olishga o`rganishni talab etadi.
O`qituvchi pedagogik mahoratini shakllantirishning birinchi sharti faoliyatdir.
Zero, pedagogik mahoratni egallash va takomillashtirishda faoliyat yyetakchi omildir.
Zero, mehnat, bilish, mahorat, ijod... . Inson hayoti va faoliyatining bosh mezoni. Bu
mezon kundalik ish, faoliyat orqali amalga oshiriladi. Mehnat qilish, izlanish
jarayonida, ya`ni amaliyot jarayonida yutuqlar qo`lga kiritiladi, mahoratga erishiladi.
Kasbiy mahorat sirlarini o`rganishga harakat qiluvchi har bir o`qituvchi, avvalo,
egallashi lozim bo`lgan pedagogik bilim va axborotlarga ega bo`lishga intilishi,
qilayotgan ishining barcha qirralarini aniq tasavvur etishga harakat qilishi va
natijalarni tahlil kilib, baholab borishi, yo`l qo`ygan xato va kamchiliklarining
mohiyatini tushunishga harakat qilishi lozim. Bu holatlar, albatta, faoliyat orqali
amalga oshiriladi. Pedagogik mahoratni egallashda ham o`qituvchining pedagogik
faoliyati asosiy rol o`ynaydi. Pedagogik mahorat pedagogik faoliyat bilan uzviy
bog`liqdir. SHuning uchun pedagogik mahoratni shakllanish jarayonining mohiyatini
ochib chiqishdan oldin, ma`lum darajada pedagogik faoliyat xususida fikr yuritishni
25
lozim, deb bilamiz. CHunki, o`qituvchining kasbiy mahorati mehnat orqali qo`lga
kiritiladi, mehnat esa, faoliyatning tarkibiy qismlari (o`qish, ijtimoiy ish, o`yin, sport
mashg`ulotlari va h. k.)dan biri hisoblanadi. SHu asosda pedagogik faoliyat
o`qituvchi mehnatining istiqboli, texnologiyasi, vazifalari va ta`sir ko`rsatish
usullarining majmuidir.
Qayd etilganidek mahorat bu yuksak qudrat hisoblanadi. SHunga ko`ra
pedagogik mahoratni shakllantirish muayyan sohani mukammal egallash, nazariy,
amaliy ma`lumotlarga to`liq ega bo`lish, kasbiy tayyorgarlik ustida tinmay ishlash
bilan birga kasbiy pedagogik mehnatning betakror, noyob, mohir ustasi bo`lish uchun
o`qituvchi - tarbiyachiga ilhom, ijod va o`z kuchiga ishonchni tarbiyalash kerak.
Mana shu ilhom, ijod va ishonchni yo`lga qo`yuvchi, uning imkoniyatlarini to`la
ishga soluvchi kuch faoliyatdir. Faoliyatni aniq yo`lga qo`yish, uni boshqarish,
amalga oshirish, o`qitish, tarbiyalash, bilim olish saviyasini yuksaltirishni, amalga
oshirish ta`minlanadi. SHuning uchun pedagogik mahoratni shakllantirishda
pedagogik faoliyat muhim o`rin tutadi.
O`zbekiston Respublirasi entsiklopediyasida qayd qilinishicha "Faoliyat -
atrofdagi olamga nisbatan insonning o`ziga xos aktiv munosabat shaklidir. Olamni
maqsadga muvofiq va qayta o`zgartirish faoliyatining mazmunini tashkil qiladi… har
qanday faoliyat maqsad, usul, natija va jarayonlardan iborat". Faoliyat turlari,
shakllari xilma - xildir. Har qanday faoliyat singari o`qituvchilik faoliyati ham
maqsad, usul, vosita, ob`ekt va sub`ektdan iborat. Pedagogik maqsad - o`qitish,
tarbiyalash va shu asosda o`quvchilar shaxsini shakllantirish dan iborat. Usul esa,
tarbiyalanuvchilar obro`sini egallash, hurmatiga sazovor bo`lish va ta`sir
ko`rsatishdir. Pedagogik mehnatning ob`ekti sifatida - o`qituvchi shaxsi turadi, uning
xarakteri, irodasi, ongi, aqli, odob - axloqining asosi hisoblanadi. Pedagogik faoliyat
sub`ekti esa - tarbiyalanuvchiga ta`sir ko`rsatuvchi - pedagogning o`zi. CHunki, u
o`qituvchi - o`quvchilarga tabiat, jamiyat, tafakkur qonunlari to`g`risida ma`lumot
berish uchun, avvalo, ularni o`z faoliyatining ob`ektiga aylantiradi. SHu tariqa
bilimlar o`zlashtiriladi, o`zlashtirilgan bilimlar o`quvchilarga yetkaziladi.
"Pedagogik faoliyat, - deb yozadi psixologiya fanlari doktori, professor A.K.Markova
26
o`zining "O`qituvchi faoliyati, muloqoti va shaxsi" nomli maqolasida, - o`qituvchi
mehnatining umumiy strategiyasi, texnologiyasi, vazifalarini hal qilishga qaratilgan
hamda pedagogik ta`sir o`tkazish vositalari bilan amalga oshiriladigan professional
aktivligidir" .
Pedagogik faoliyat o`quvchi - yoshlarga ta`lim - tarbiya berish jarayonida
ularga ta`sir ko`rsatish bilan bog`liq holda amalga oshiriladi. Natijada o`quvchilarga
bilim beriladi, ularning shaxsiy sifatlari tarbiyalanadi, psixologik xususiyatlari
rivojlantiriladi. Bunda esa, o`quvchi etuk mutaxassis sifatida kamol topa boradi.
SHuning uchun kasbiy faoliyat jarayonida pedagog, ya`ni o`qituvchi - tarbiyachi,
tashkil qiluvchi, yo`l - yo`riq ko`rsatuvchi, targ`ibot - tashviqot yurituvchi, ma`lumot
- axborot to`plovchi va yyetkazuvchi, shaxsiy xususiyatlari va kasbiy mahoratini
omillashtiruvchi shaxs sifatida faoliyat ko`rsatishi lozim. Bularning barchasi bevosita
va bilvosita pedagogik mahoratning shakllanishiga ta`sir ko`rsatadi. Pedagogik
faoliyat aniq ko`rinishda bo`lsa, unda o`qituvchi o`qitish, tarbiyalash, rivojlantirish
vazifalarini aniq ko`ra oladi va ularni hal qilishga harakat qiladi. Bu jarayonda
faoliyat aqlni ruhiy jihatdan tayyorlaydi, ta`sir ko`rsatish vositalarini belgilaydi,
natijalarni nazorat qiladi, tahlil qiladi, baholaydi va yangi vazifalarni belgilaydi.
Bilimlarni o`zlashtirish vositasida shaxsning o`sishi ta`minlanadi, natijada jamiyat
talabi va vazifalari bajariladi. Buning uchun o`qituvchi, avvalo, vaziyatni tushunishi,
har bir o`quvchining o`zlashtirish jarayonini, rivojlanib shaxs sifatida shakllanish
darajalarining mezonini aniq ko`ra bilish imkoniyatiga ega bo`lmog`i darkor. Bu o`z
navbatida o`qituvchidan katta bilim, tajribalarni talab etadi. Bu faqat kasbiy faoliyatni
to`g`ri belgilash orqali amalga oshadi. SHunga ko`ra ta`lim muassasasi oldidagi
muhim vazifalarni amalga oshirish uchun o`qituvchiga pedagogik faoliyatni
loyihalash zarurdir.
Yuqorida qayd etilgan fikrlarga asoslanib, pedagogik mahorat faoliyat
jarayonida shakllanadi va takomillashib boradi deb aytish mumkin. U ishbilarmonlik,
zukkolik, layoqat va zehn vositasida taraqiy etadi. SHunga asoslanib, "Faoliyat
dunyoni o`zlashtirishning birinchi shartidir", - deb aytish mumkin. Ko`rib
o`tganimizdek pedagogik mahoratning asosiy ob`ekti - inson, uning aql - idroki,
27
irodasi, ishonchi, tafakkuri, shukuridir. Bular yuksak darajada bo`lishi, ilmga, uni
egallaganlik darajasiga bog`liq. Ilm esa tinimsiz mehnat, mashaqqat va azob -
uqubatlar orqali qo`lga kiritiladi. SHuningdek pedagogik mahorat ham faoliyat,
mehnat, o`z malakasi ustida muttasil ishlash yordamida shakllanadi. SHunday ekan,
"Pedagogik mahorat" fanining pedagogik - psixologik fanlar tizimida mavqei baland.
Zero, pedagogik mahoratsiz ta`lim - tarbiya, ya`ni pedagogik jarayon
muvaffaqiyatini ta`minlab bo`lmaydi. Bu esa, pedagogik mahoratni egallash, har bir
o`quvchi, o`qituvchi, tarbiyachi uchun zaruriy shart degani demakdir.
O`qituvchilik kasbidagi pedagogik faoliyatning xususiyatlari, funktsiyalari,
tuzilmasini tadqiq qilgan A.N. Sherbakov, N.V. Kuzmina, V.A. Slastyoninlar
"pedagogik faoliyatning yo`nalishlari"ni ilmiy nazariy va amaliy jihatdan asoslashga
harakat qiladilar. Bu esa, pedagogik mahoratni shakllantirish va takomillashtirishning
ikkinchi shartidir. Ayniqsa, V.A. Slastyonin o`zining "Формирование личности
учителя в процессе профессиональной подготовки" nomli o`quv qo`llanmasida
pedagogik faoliyatning qirralarini ishlab chiqqan. Buni 1.3 - jadvalda
ko`rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |