M. M. Axmetjanov, sh sh. Olimov, S. S. Avezov. P e d a g o g I k mahorat



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/233
Sana06.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#432192
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   233
Bog'liq
pedagokik mahorat

Tasvir. 
Nutqda ifodalangan narsa yoki hodisani maxsus til vositalari orqali 
xarakterlash, uning xususiyatlarini, sifatlarini ko‘rsatish usuliga tasvir deyiladi. Tasvir 
fikr yuritiladigan shaxs, narsa yoki voqea-hodisani tinglovchi tasavvurida erkin 
shakllantirish uchun ishlatiladi. 
Boshlang‘ich ta’lim o`qish darslarida tabiat, atrof-tevarak, shaxs, bola tasvirini 


149 
ifodalash dars jarayonida ko‘p uchraydi. Ayniqsa, qahramon tasvirini o‘quvchilarga 
yyetkazish ularda shu obrazga nisbatan qiziqishni orttiradi. Adib o‘zi yaratgan obraz 
tasviridayoq, uning ijobiy yoki salbiy qahramon ekanligini anglab olish mumkin. 
Ko‘pgina ijobiy qahramonlar baquvvat, baland bo‘yli, jussasi kelishgan, ko‘zlari tim 
qora, harakati tez, atrofdagi har bir voqeani mushohada va mulohaza qiladigan bola 
yoki o‘smir, shuningdek, barvasta, shijoatli, aqlli, vazmin kishi bo‘lib tasvirlanadi. 
Bundan tashqari, tasvirda o‘xshatish, qiyoslash juda katta o‘rin tutadi. YOzuvchi A. 
Qahhor Gogol haqida gapirib:” U o‘xshatish uchun narsa izlanganda uydan, hovlidan 
tashqariga chiqmaydi”-deyodi. “Uning yuzi silliq kurakka o‘xshaydi”, “ Uzun engidan 
qo‘li supurgiga o‘xshab chiqib turgan edi”- deb yozadi. Adib obraz tasviridagi yuz, 
qo‘lning jonli qiyosiga yuksak san’atkorona mahorat sifatida baho beradi. 
Tasvirda bir qancha badiiy tasviriy vositalar ham muhim o‘rin tutadi. 
Jonlantirish- insonga xos bo‘lgan xususiyatlarni jonsiz predmetlarga ko‘chirishdir. 
Masalan, shoir Hamid Olimjon “O‘rik gullaganda” she’rida bahor faslida o‘rikning 
gullashi, uning oppoq tusga burkanishi va shabadalardan uning sarxush hidlari har 
tomonga tarqalishini quyidagicha tasvirlaydi: 
Derazamning oldida bir tup 
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi. . . 
Novdalarni bezab g‘unchalar 
Tongda aytdi hayot otini 
Va shabboda qurg‘ur ilk sahar 
Olib ketdi gulning totini.
 . . 
Bu bandda shoir gunchalarning “Hayot otini aytishi” shabbodalar gulning totini 
olib ketishi”-jonlantirishning yorqin namunasidir. 
Yuqoridagi bandda peyzaj (tabiat manzalarini tasvirlash) san’ati ham qo‘llangan. 
Tasvirda ko‘pincha qahramonning portretini chizish usuli ham muhim o‘rin egallaydi. 
Portret insonning tashqi ko‘rinishi, yuzi, kiyim-kechak, yurish-turish tasviri bo‘lib, 
qahramonning ma’naviy qiyofasini yorqinroq, aniqroq tasvirlash san’atidir. Masalan, 
A. Qodiriy “Mehrobdan chayon” romanida Ra’no obrazining portretini so‘z orqali 
shunday tasvirlaydi: “Ra’noning sochi gungurt-qora, ya’ni quyoshsiz joylarda qora 


150 
ko‘rinsa ham, quyoshda biroz sarg‘ish bo‘lib ko‘rinar edi. ” “Qoshi tutash kabi ko‘rinsa 
ham ko‘ndalang yotgan ikki qilich orasini nafis bir quyilib ko‘tarish ajratib turar edi. 
Sochlari juda quyuq, sanoqsiz kokillar orqa o‘ngini tutib yotar, qaddi uzunlik bilan 
hishalikning o‘rtasi, do‘ndiq barmoqlarining jimjilog‘ida xino gullar; har holda bu qiz 
yolg‘iz Qo‘qondagina emas, umuman Farg‘onani kuylariga qo‘shilib maqtalaturgan 
go‘zallardan edi”.
Xullas, tasvir janri o‘quvchilarning darsga qiziqishini oshirishda, ularning 
kishilar, tabiati voqea- hodisalarni anglashda, darsning mavzusini yaxshi 
o‘zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish