O‘qituvchining jamoa orasidagi etiketi
. Sir emaski, faoliyatining asosiy quroli
nutq bo‘lgan kasblar orasida o‘qituvchilik birinchi o‘rinda turadi.
O‘qituvchi nutq etiketida uning ovozi, talaffuzi, diksiyasi o‘qituvchilar uchun
o‘ziga xos namuna vazifasini bajaradi. O‘qituvchining nutqidagi har qanday nuqson
o‘quvchi nazaridan chetda qolmaydi. Kasbiga sadoqatli o‘qituvchi o‘z o‘quvchisi ko‘zi
o‘ngida qo‘rquvsiz va hardli ustoz imidjini yaratish, hamisha nutqining ovoz rasoligi
uchun qayg‘urishi zarur. To‘g‘ri, tug‘ma hirqiroqlik, chiyildoqlik kabi ovozdan
127
qutulishning iloji yo‘q. Ammo nutq texnikasini yetarli darajada bilmaslik oqibatida
yuzaga keladigan nuqsonlardan, fonetik bilimlardan xabardorlik, ovozni yo‘lga
qo‘yish, aniq talaffuz qilish, nutq jarayonida to‘g‘ri nafas olish bo‘yicha turli mashqlar
yordamida imkon qadar xalos bo‘lish mumkin.
O‘qituvchi jamoa orasidagi nutq etiketi asosida – muomala yotadi . ”Muomala”
so‘zi zamirida butun insoniyat taqdiri mujassam. Uning ildizi Odam ato va Momo
havomiz o‘rtasidagi muomala va muloqotlariga borib tahaladi. Shundan buyon
insoniyat muomalaning to‘g‘ri va ravon yo‘llarini izlaydi. Inson tabiatdagi salbiy
illatlardan biri- manmanlik va keraksiz g‘urur. Bunday illatlar o‘zaro muloqotga raxna
soladi va o‘zaro munosabatni taqiqlab qo‘yadi.
Avvalo, muallim tarbiyachi va talim beruvchi inson shu manoda muallim
manaviy –axloqiy jixatdan qalbi pok, ilmli etuk inson bo‘lishi kerak. Muallimning tili
va dili bir-biriga mutanosib bo‘lmog‘i, so‘zi va amaliy faoliyatida muntazam
muvofiqlik bo‘lmog‘i juda muhim. Tashqi ko‘rinishi yoqimli, istarasi issiq, yuuzida
nim tabassum sezilib turishi lozim. Har bir so‘zida mayin va shirinlik sezilib turmog‘i
darkor. U doimo ozoda va shinam kiyinishi muhim. Pala –partish kiyinish, soch –
sahollarini o‘sirib yurishi muallimga yarashmaydi. Chunki undan talim va tarbiya
olayotgan shogirdlari unga katta ishonch bilan qarab, uning ko‘p jihatlariga havas bilan
qaraydi va unga taqlid qila boshlaydi. O‘z navbatida muallim ham o‘zi talim –tarbiya
berayotgan shogirdlariga mehribon va talabchan bo‘lishi kerak. Agar muallimning
shogirdlari qizlar bo‘lsa, o‘zining qiziday ko‘rishi, shogirdlari o‘g‘il bolalar bo‘lsa,
o‘zining o‘g‘liday ko‘rib muomala qilishi shogirdlariga hech qachon tamagirlik ko‘zi
bilan yoki qiz shogirdlariga noto‘g‘ri ko‘z bilan qaramasligi muallim qalbining
pokligidan dalolat beradi.
Muallimning boyligi shu shogirdlari ekanligini esdan chiqarmasligi kerak.
Negaki, u shogirdlariga manaviy oziq bermoqda, kelajak avlod uchun ulardan hosil
kutmoqda. SHogirdlarini biridan-birini kamsitmasin, dilini og‘ritmasin. ”Toyni toy
dema, toy ham bir kun ot bo‘ladi” –deydi dono xalqimiz.
Qadimda ota –bobolarimiz –muallimga katta ishonch va umid bilan qarashib,
izzat va hurmatlarini joyiga qo‘yishgan. Ular qo‘liga farzandlarini olib borib
128
topshirganlarida “Eti sizniki, suyagi bizniki ” deyishlari bejiz emas. Ana shunday ulug‘
ehtirom va hurmatni joyiga qo‘ya olmagan muallim bu nomga loyiq emas.
Muqaddas kitob sanalgan “Avesto”-da yomon muallim haqida shunday
deyilgan: “ Rostini aytsam , yomon ustoz hayotni g‘amgin qiladi, johillarni ulug‘
sanab, buyuk ayol-u erkaklarni, Yazdon nematlariga etishishdan mahrum etadi.
Bunday ustozlar o‘z nodurust ta’limi bilan xalqni eng yaxshi yumushlardan
bezdiradilar, noto‘g‘ri pandlar bian xalqni tirikchilik yo‘lidan urib, yomon yo‘lga
boshlaydilar. Hayot chirog‘ini so‘ndiradilar. Johillarni buyuk bilib, eng mo‘tabar ayol-
u erkaklarni Tangri yo‘lidan qaytaradilar. O‘z nodonliklaridan yuz o‘giradilar, jahon
xalqlari hayotini gaplar bilan parishon qiladilar”. Kitobning boshqa bir o‘rnida
Zardushtning mana shu tarzidagi iltijosi ham bor:”Noshud, yomon muallim o‘quvchi
qalbida xiradmanlik (ulug‘lik)ni uyg‘otarmas ekan, ey Yazdon, yomon ustozdan o‘zing
asra”- !”-deb yomon o‘qituvchini qoralaydi.
Mirzo Ulug‘bek haqiqiy ustoz sanalgan. Bu haqda yozadilar:”Ulug‘bek
mudarrislarning insoniy xislatlariga, bilimi va mahoratiga katta ahamiyat bergan.
Talabalarning o`qishdan sovib ketishiga o‘qituvchining razolati sabab deb hisoblagan,
u davlat ishlari bilan juda band bo‘lishiga qaramay, mudarrislarning darslarini tahlil
qilishga, ilmiy munozaralarda ishtirok etishga doimo vaqt ajrata olgan. U Qozizoda
Rumiy, Mavlono Koshiy, Ali Qushchi, Avaz Kirmoniylarning darslaridagi
mahoratlarini yuksak qadrlagan. Ayni paytda u mudarrislarning dars berishdan tashqari
ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etishlarini talab etgan. Ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar
olib borishga uquvsiz mudarrislarni ishdan bo‘shatgan.
Agar, o‘qituvchida notiqlik qobiliyati sust va past bo‘lsa, u o‘z fani sohasida
bilimini shogirdlari ongiga singdirolmaydi. Ikki o‘rtada ustoz-shogird qiynaladi. Agar
muallim notiq bo‘lsa, barcha bilganlarini talabalar va o‘quvchilar qalbiga yo‘naltiradi
va bundan o‘zi ham tinglovchilar ham rohatlanadi. Ba’zi bir o‘quvchilar darsga kirib “
charchab chiqdim”desa, ba’zi bir o‘qituvchilar dars o‘tib “dam olib chiqdim” deydi.
Dam olib chiqdim degan muallim, bilimini o‘z ona tilida, notiqlik mahoratini ishga
solib mehnatidan rohatlangan. Charchab chiqqani esa buning aksi sifatida notiqlikda
no‘noq. U, albatta, charchaydi-da, chunki tinglovchilar uni yaxshi qabul qilmagan,
129
fikrlarini ko‘ngildagidek yyetkazolmagan. Uning nutq quroli nosoz, uni tarbiyalash va
moylash kerak. Buni o‘sha muallimning o‘zi ham yaxshi biladi.
O‘qituvchi nutq etiketi –jamoa orasida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ayrim
o‘qituvchilar o‘zidan bir yosh kichik, hatto tengdoshi bilan ham bolalarga xos tabiat
bilan bemalol “senlashib” gapiraveradi. Bu nutq etiketining buzilishidir. Ayniqsa,
talabalar bilan ham, o‘quvchilar bilan ham “siz”lashib gapiradigan o‘qituvchi nutq
etiketi go‘zalligidan dalolat beradi. Sizlashib gapirishning o‘ziyoq ikki shaxs –
o‘qituvchi va tarbiyalanuvchi munosabatining qat’iylashuvidan dalolat beradi.
Nutq etiketidagi asosiy talablaridan biri-burchlilikdir. O‘qituvchi topshirgan
topshirig‘i, bildirgan gapi va fikriga mas’ul bo‘lishi shart. ”Aytilgan gap –otilgan o‘q”
degan naql ushbu etiketning tub mohiyatining tashkil etadi. Nutq etiketidagi go‘zal
fazilatlardan biror-bir manbaga asoslanib gapirish, aniq daliliy misollar bilan fikrini
boyitish uning dunyoqarashi, bilimining asosli ekanligidan dalolat beradi. Biror
manbani yuzaki o‘rganish, pala- partish o‘zlashtirish va uni o‘z nutqida yoki boshqalar
bilan munosabatda qo‘llash o‘qituvchi nufuzini past bo‘lishiga olib keladi.
O‘qituvchi o‘quvchi ota –onasi, atrofdagi kishilar bilan shirin muomalada
bo‘lishi ham katta sanat. Chunki, insondan qoladigani eng ulug‘ meros –bitta yaxshi va
shirin so‘zdir. Nutq etiketining go‘zal namunasi shirinso‘zlik odatidir. Axir o‘zingizga
yarashmaydigan, sizni chiroyli, qimmatli qilib ko‘rsatmaydigan libos yoki kiyimni
kiymaslikka harakat qilasiz. So‘zingizga libos sifatida “ohang”ni kiydiring.
Gapingizning libosi ham ohangdan tashkil topsin. Ana shunda tinglovchi o‘sha
“ochilmagan qo‘riq” so‘zingizni, gapingizni qabul qiladi, bag‘riga oladi. Hattoki,
taboatda “Shunday vositalar bo‘ladiki, ularni faqat so‘z bilan davolamoq zarur”, -deydi
Abu Ali ibn Sino.
Donishmandlar:”So‘z”ni doriga o‘xshatadilar, ortiqchasi zarar keltiradi” –
deydilar . Bir rivoyatda keltirishicha, yunon faylasufi Arastuning huzuriga ezma va
sergap bir yigit kelib, notiqlik sanatini o‘rganmoqchi bo‘libdi. Kelgan yigit Arastuga
dabdabali so‘zlarni o‘rgatgani uchun aytganidan ham ko‘p haq to‘layman – deb
so‘raydi.
-Sendan ikki barobar haq olinadi- debdi Arastu.
130
-Nima uchun ? -hayron bo‘libdi yigit.
-Chunki, sen bilan ikki barobar ishlashga to‘g‘ri keladi. Senga so‘zlashni o‘rgatishdan
avval, jim turishni o‘rgatishim lozim, -degan ekan Arastu.
Eshitish qobiliyati tufayligina insonda til, nutq paydo bo‘ladi. Quloqdan kirgan
tovush, so‘z, gap va iboralar og‘izdan chiqadi. Dono xalqimiz:”Suv onasi buloq, so‘z
onasi quloq ”, - deb bejiz aytmaydi.
“So‘zlamoq” so‘zining o‘zagi “so‘z” bo‘lib, inson so‘zlangan gapni qulog‘i
orqali “so‘radi”. Shu bois uning fikri, so‘z boyligi ortib, nutqi ravonlashadi, yaxshi
suhbatdoshga aylanadi.
Alisher Navoiy hazratlari: “Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim, orlanib
so‘ramagan o‘ziga zolim”,-degan hikmatlarida intiluvchanlik motiviifodalangan.
O‘zimizga zamondosh, O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov: “Xalqning
o‘zidan tinglab o‘ziga qaytardim”, deb yozgan bo‘lsa, O‘zbekiston Qahramoni, sevimli
shoirimiz Erkin Vohidov ham:
El ustozim, men esam tolib,
So‘z durlarin termoqdir ishim.
Odamlarning o‘zidan olib,
Odamlarga bermoqdir ishim. . .
Do'stlaringiz bilan baham: |