Til – estetik vazifa bajaradi.
Estetik vazifa keng tushuncha bo‘lib, kishilarning
o‘zaro muloqoti, suhbatida milliy urf-odat, an’ana va qadriyatimizga mos ravishda
go‘zal, nafosatli va noziktab bilan munosabat qilish anglashiladi. Unda kishilarning
nima haqda gapirayotgani bilan qanday holatda gapirayotgani, odob va axloqni qay
darajada ifodalayotgani ham nazarda tutiladi.
Tilning estetik xususiyati badiiy adabiyotda yaqqol namoyon bo‘ladi. Fikr tushuncha,
mulohaza estetik bo‘yoq-o‘xshatish, jonlantirish, sifatlash singari ko‘pgina ifodaviy
vositalar orqali jilolantirib beriladi. Chunonchi, buyuk shoir Jaloliddin Rumiy odob
bilan olam go‘zalligini quyidagi misralarda mahorat bilan tasvirlaydi:
Nurga to‘lmishdir odob birlan falak
Ham adabdin ma’sumu pokdir malak.
Do'stlaringiz bilan baham: |