Til – ruhiyat bilan bog‘liq hodisa.
U nafaqat nutqda axborot olish yoki berish
manbai bo‘lib qolmasdan, u aql-tafakkurni boyituvchi, insonda mehribonlik va boshqa
his-tuyg‘ular majmuasidir. Chunki har qanday so‘z tinglovchining tabiatiga ta’sir
ko‘rsatadi. U yaxshi, mantiqli, yoqimli bo‘lsa, tinglovchi kayfiyati ko‘tariladi. Agar
so‘z o‘ylanmasdan, nopisandlik bilan aytilsa, tinglovchi kayfiyati buziladi. Masalan,
o‘zidan katta bo‘lgan kishiga so‘zlovchi birgina “sen”deb murojaat etsa, tinglovchi
so‘zlovchining o‘ziga nisbatan mensimaslik, hurmatsizlik munosabatini anglab etadi.
Yoxud noto‘g‘ri, o‘rinsiz hazil-mutoyiba ham kishida yomon taassurot qoldiradi.
SHuning uchun ham xalqimiz orasida “O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir” maqoli
bejiz yaratilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |