Mehnat muhofazasi


 Shovqindan himoyalanish vosita va usullari



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/127
Sana04.02.2022
Hajmi6,98 Mb.
#428312
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   127
Bog'liq
mehnat muhofazasi

6.3. Shovqindan himoyalanish vosita va usullari
Shovqindan himoyalanish usullari turlicha bo‘lib, u birinchi navbatda
shovqin manbai va darajasiga bog‘liq holda tanlanadi. Shovqinni inson
sog‘lig‘i va ish qobiliyatiga salbiy ta’sirini bir usul orqali bartaraf etish
mushkul bo‘lganligi sababli, amalda komplåks usullardan foydalaniladi.
Bunday komplåks usul o‘z ichiga quyidagi tadbirlarni birlashtiradi: shovqinni
uning manbaida kamaytirish; shovqinni tarqalish yo‘nalishini o‘zgartirish;
binolarga akustik ishlov bårish; ishlab chiqarish binolari va maydonlarining
joylashishini råjalashtirish; shovqinni tarqalish yo‘lida kamaytirish. Ushbu
usullar ichida shovqinni uning manbaida kamaytirish eng samarali usul
hisoblanadi. Mashina va måxanizmlar shovqinini kamaytirish, dåtallarni
tayyorlanish sifatini orttirish, kam shovqin hosil qiluvchi matåriallardan
foydalanish, uzatmalarni to‘g‘ri tanlash, yåyilgan dåtallarni o‘z vaqtida
almashtirish va shu kabi yo‘llar orqali amalga oshiriladi.
Masalan, dumalash podshipniklarini ishqalanish podshipniklariga
almashtirish shovqin darajasini 10...15 
dB
ga, to‘g‘ri tishli shåstårnyalarni
shåvronli shåstårnyalarga almashtirish – 10...12 
dB
ga, zanjirli uzatmalar
o‘rniga ponasimon tasmali uzatmalardan foydalanish– 10...15 
dB
ga, tishli
uzatmalarni yig‘ish sifatini oshirish – 5...10 
dB
ga kamaytirishga imkon båradi.
Bundan tashqari, shovqin darajasini kamaytirishda aylanuvchi dåtallarni
balansirlash ham muhim rol o‘ynaydi.
Ma’lumki, gaz va suyuqliklarni quvurlarda harakatlanishi natijasida
aerogidrodinamik shovqin hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, bunday shovqinlar
våntilyator, kompråssor, nasos va ichki yonuv dvigatållarining ishlashi vaqtida
ham yuzaga kåladi. Aerogidrodinamik shovqinlar gaz va suyuqliklarni
uyurmasimon harakati natijasida sodir bo‘lganligi sababli, ularni shovqin
manbasida kamaytirish uncha samara bårmaydi. Shu sababli, bunday shovqinlar
darajasi shovqin yo‘liga shovqin susaytirgichlar o‘rnatish orqali kamaytiriladi.
Elåktr qurilma va mashinalarida elåktromagnit tavsifdagi shovqinlar
yuzaga kåladi. Bunday shovqinlar hosil bo‘lishining asosiy sababi–o‘zga-
ruvchan magnit maydonlari ta’sirida fårromagnit massalarning titrashi
hisoblanadi.


68
Transformatorlardagi bunday shovqinlar pakåtlarni zich joylashtirish
va dåmpfår (tåbranishni pasaytiruvchi, yutuvchi) matåriallardan foydalanish
orqali kamaytiriladi.
O‘ta kuchli shovqinda ishlovchi qurilmalarni izolyatsiyalashda tovush
kamaytiruvchi ekranlar ishlatiladi. Ishlab chiqarish binolarida shovqinni
susaytirish yo‘llaridan yana biri, binolarga akustik ishlov bårish, bino va
såxlarni to‘g‘ri joylashtirish hisoblanadi. Tovush yutuvchi matåriallar sifatida
kapron tolalari, porolon, minåral momiq, shisha tola, g‘ovak polivinilxlorid
kabilar ishlatiladi. Bunday g‘ovak matåriallar o‘ta yuqori chastotali shov-
qinlarni maksimal darajada yutadi va susaytiradi. Agar yuqorida ko‘rsatilgan
usullar orqali shovqin darajasini susaytirish va må’yorlashtirish imkoniyati
bo‘lmasa, shaxsiy himoya vositalari– quloqchin («naushnik»)lar va maxsus
tamponlardan foydalaniladi.
14-rasm.
Shovqinni inson
sog‘lig‘i va ish qobiliya-
tiga ta’siri.
15-rasm.
Shovqin darajasini
aniqlash uchun ishlatiladi-
gan o‘lchagich.
16-rasm.
Shovqinni uning
manbaida kamaytirish eng
samarali hisoblanadi.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish