Tizza bo‘g‘inining sinishi
Tizza bo‘g‘ini sinsa 3 ta Kramer shinasi qo‘yiladi, yoki 3 ta taxtakach orqa
tarafdan sondan to boldir bo‘g‘inigacha qo‘yiladi. Tizzaning yuqori qismi sinsa
(boshqa suyaklar butun bo‘lsa) bitta shinadan foydalanish ham mumkin.
Boldir, boldir bo‘g‘ini, tovonning sinishi
Boldirning bir suyagi singan holda:
orqa tarafdan bitta shina qo‘yiladi. Tovon
90
0
burchak ostida mahkamlanadi.
Boldir suyagi va tovonning sinishi.
Ikkala boldir suyagining sinishi, boldir-
tovon bo‘g‘imi payining cho‘zilishi.
Boldirni ikkala suyagi sinsa Kramerning 3 dona
shinasi yoki 3 dona taxtacha ishlatiladi. Shinalar
tashqi, orqa va ichki tomondan, boldir va tizza
bo‘g‘inlari, tovongacha undan 5–10
sm
uzunroq
qilib qo‘yiladi. Shina, tizza va tovon 90
0
burchak
ostida mahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |