Mehnat muhofazasi


 Titrash haqida umumiy ma’lumotlar



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/127
Sana04.02.2022
Hajmi6,98 Mb.
#428312
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   127
Bog'liq
mehnat muhofazasi

6.4. Titrash haqida umumiy ma’lumotlar
Titrash, insonga titrash (zirillash) bilan ishlovchi jihoz, qurilma, mashina
va måxanizmlar bilan kontaktda bo‘lgan vaqtda ta’sir etadi. Titrashlar
transport, transport-tåxnologik va tåxnologik turlarga bo‘linadi. Transport
titrashlar mashina yoki traktorlarning harakatlanishi vaqtida sodir bo‘ladi.
Tåxnologik titrashlar qo‘zg‘almas mashina, måxanizm va qurilmalarning
ishlashi davrida hosil bo‘ladi. Insonni uzoq vaqtli titrash ta’sirida bo‘lishi
ikki xil, ya’ni umumiy va mahalliy (lokal) kasalliklarni kåltirib chiqaradi.
Umumiy kasallanish doimiy titrash sharoitida 2-4 oy ishlagandan so‘ng
boshlanadi. Bunda bosh og‘rig‘i, tana haroratining oshishi, oshqozon va
yurak-tomir tizimida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Lokal ko‘rinishdagi kasalliklar titrashni inson tanasining ayrim a’zola-
riga, masalan, qo‘l, oyoq va h.k. ta’sir etishi natijasida kålib chiqadi.
Bunday vaqtda asab va suyak-bo‘g‘in tizimi ish faoliyati buziladi, artårial


69
bosim ortadi, muskul kuchlari va insonning og‘irligi kamayadi hamda to-
mirlarning tortishishi kuzatiladi.
Doimiy ish joylari va ishlab chiqarish binolaridagi titrashlarning må’-
yorlashtiriluvchi paramåtrlari sifatida tåbranish tåzligining o‘rta kvadratik
miqdori va logarifmik darajasi qabul qilingan. Ular 
m/s
yoki 
dB
da
o‘lchanadi. Titrash tåzligining insonga salbiy ta’sir darajasining boshlanishi
Vo=5×10-8ì/s
dåb qabul qilingan.
Turli xil ishchi holatlarda titrash bilan ishlovchi jihozlarning massasi
100 
kg
dan, jihozni siqib ushlash kuchi – 200 
N
dan ortmasligi talab
etiladi. Jihozning tåxnik ma’lumotlari bo‘yicha qo‘yilgan boshqa talablar
bundan mustasno.
Har xil chastotadagi titrashlar insonga turlicha ta’sir etadi. Titrash yuzasida
tik turib ishlayotgan kishiga ikki råzonans holat – 5-12 
Gs
va 17...25 
Gs
,
o‘tirib ishlayotgan kishiga esa-4...6 
Gs
to‘g‘ri kåladi. Shuningdåk, inson
boshi uchun råzonans chastotasi 20...30 
Gs
atrofida bo‘ladi. Shu sababli,
titrashning inson a’zolariga ta’sir xususiyatini va titrashning turini hisobga
olgan holda titrash paramåtrlarining ruxsat etilgan me’yorlari ishlab chiqilgan.
Ma’muriy bino, konstruktiv byuro, tibbiy punkt va ish xonalari uchun
qattiq talab qo‘yilgan bo‘lib, o‘rta gåomåtrik
chastota 63 
Gs
bo‘lganda titrash tåzligining o‘rta
kvadrat miqdori 28*10-4
m/s
dan, logarifmik
darajasi esa 75 
dB
dan ortmasligi talab etiladi.
Lokal titrashlar uchun eng katta chåklanish–
titrashning o‘rta gåomåtrik chastotasi 1000 
Gs
bo‘lganda, titrash tåzligining o‘rta kvadrat
miqdori–0,65 
m/s
, logarifmik darajasi esa–102
dB
ga tång.
Titrash ro‘y beruvchi jihozlar bilan ishlashda
ham turli xil vositalardan foydaniladi. Masalan,
qo‘lni titrashdan himoyalash uchun har xil
titrashdan himoyalovchi qo‘lqoplar ishlatiladi.
Bunga havo yostig‘iga ega bo‘lgan va elastik ma-
tårialdan tayyorlangan ushlagich misol bo‘la ola-
di. Oyoqqa uzatiladigan titrashlardan himoya-
lanish uchun esa turli xil titrashdan himoyalovchi
poyabzallardan foydalaniladi.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish