Mehnat muhofazasi


 Changning zararli ta’siri



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/127
Sana04.02.2022
Hajmi6,98 Mb.
#428312
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   127
Bog'liq
mehnat muhofazasi

6.12. Changning zararli ta’siri
Ishlab chiqarish changining ishchilar salomatligiga zararli ta’siri ko‘p
omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ularga birinchi navbatda chang zarralarining
fizik-kimyoviy hossalari, kattaligi va shakli, havodagi changning miqdori,
småna davomida ta’sir etish muddati va kasbda ishlash davri, muhit va
måhnat faoliyati kabi boshqa omillarning bir vaqtda ta’sir etishi kiradi.
18-rasm.
 
Zararli muhitda
ishlaganda xavfsizlik qoi-
dalariga amal qilish shart.


76
19-rasm.
 
Payvandlash ish-
larini temir shchit bilan to‘-
silgan joyda qilish kerak.
Masalan, tashqi harorat ko‘tarilganda yoki kishi jismoniy måhnat
bilan shug‘ullanganda tåz-tåz nafas olishi natijasida organizmga chang
kirish darajasi ortadi. Bir vaqtda chang tarkibida radioaktiv aerozollarning
bo‘lishi va havodagi boshqa gazlar ta’siri changning organizmga zararli
ta’sirini kuchaytiradi. Organizmning chang ta’siriga ko‘rsatgan zararlanishida
shaxsiy farqlanish bo‘ladi, bu nafas yo‘llarining filtrlash xususiyati, biologik
qarshilik va boshqalarga bog‘liq.
Chang ajralishining gigiyånik ta’siridan tashqari, yana boshqa salbiy
tomonlari bor: u tåxnologik jihozlarning yåmirilishini tåzlashtiradi, qim-
matbaho matåriallarni ishdan chiqarib, iqtisodiy zarar yåtkazadi. Bundan
tashqari, ishlab chiqarish muhitining umum sanitariya holatini yomon-
lashtiradi, jumladan, dåraza va yorituvchi asboblarni ifloslantirishi oqibatida
yorug‘likni kamaytiradi. Changning ba’zi turlari, masalan, ko‘mir, yog‘och
changlari yong‘in va portlashning yuzaga kålishiga sharoit yaratadi.
Changlarning kimyoviy tarkibi va eruvchanligi, changlarning katta-
kichikligi (dispårsligi), zarrachalarning shakli, ularning qattiqligi tuzilishi
(kristall, amorf), elåktr zaryadlanish hossalari organizmga ta’sir qilishida
ahamiyatga molik.
Changlarning organizmga ta’sirini ko‘p xil ko‘rinishda bo‘lishini ularning
kimyoviy tarkibi bålgilaydi. Changning asosiy ta’siri, eng avvalo, nafas
olganda vujudga kåladi. Changli havo bilan nafas olish, asosan, nafas
organlarining zararlanishi: bronxit, pnåvmokonioz yoki umumiy zararlanish
(zaharlanish, allårgiya) rivojlanishini vujudga kåltirishi mumkin. Ba’zi bir
changlar qo‘shimcha kasalliklar tug‘dirish xususiyatiga ega. Changning bu
asosiy bo‘lmagan ta’siri yuqori nafas yo‘llari, ko‘zning shilliq qavati, tåri
qoplama kasalliklarida ko‘zga tashlanadi. Changning o‘pka yo‘liga kirishi
pnåvmoniya, sil, o‘pka rakining kålib chiqishiga sharoit yaratishi mumkin.
Kråmniy (II) oksid (ayniqsa uning kristall turi), silikatlar (kråmniy
kislotasining tuzlari), ko‘mir, ba’zi bir måtallar (alyuminiy va boshqalar)-
ning changlari hamda har xil changlar aralashmasi, masalan, minåral-
måtallar changlarining aralashmasi, pnåvmo-konioz rivojlanishida kimyoviy
tarkibiga ko‘ra xavfli bo‘ladi. Bu changlar amalda erimaydigan bo‘lib,
nafas olganda nafas tizimining chuqur bo‘limlarida tutilib qoladi va
kasallikni yuzaga kåltiradi hamda o‘pkada
biriktiruvchi to‘qimalarining rivojlanishiga olib
kåladi. Shu nuqtai nazardan, erkin kristall kråmniy
(II) oksidi, ya’ni, kvars changi va uning boshqa
turlari eng xavfli chang hisoblanadi. Qo‘shimcha
kasallik tug‘diruvchi changlarning xavfliligi
ularning eruvchanligi bilan to‘g‘ri proporsional
bo‘la olmaydi.
Eriydigan changlar nafas yo‘llarida tutilib so‘-
riladi va qonga o‘tadi, organizmga ko‘rsatadigan
kåyingi ta’siri ularning kimyoviy tarkibiga bog‘liq.


77
Masalan, qand changi zararsiz, qo‘rg‘oshin, mis
va boshqa måtallarning changi zaharlovchi ta’sir
ko‘rsatadi.
Changlarning katta-kichikligi, ularning ha-
vodagi turg‘unligi, nafas yo‘llariga kirish va qancha
chuqurlikka kirib borish imkoniyatini bålgilaydi.
10–20 
mkm
kattalikdagi zarrachalar Nyuton qo-
nuniga bo‘ysungan holda yårga tortilish kuchi
ta’sirida ma’lum tåzlik bilan yårga qo‘nadi. Nafas
olinganda ular nafas yo‘llarining yuqori qismlarida
ushlanib qoladi. Mikroskopik tavsifdagi zarrachalar
(0,25–10 
mkm
) havoda ancha turg‘un bo‘lib, bir
xilda tåzlik bilan yårga tushadi. Nafas olganda
alvåollarga ularning, asosan, 5 
mkm
gacha
kattalikdagi zarrachalari kiradi. Ultra mikroskopik
zarrachalar kattaligi 0,25–0,1 
mkm
va undan
kichik bo‘lgan zarrachalar. Broun harakati qoidalariga bo‘ysungan holda
havoda uzoq vaqt aylanib yuradi. Ularning bir-birlari bilan to‘qnashishlari
natijasida yiriklashib (koagulyatsiya), yårga qo‘nishi mumkin. Nafas olingan
havodagi ultra mikroskopik zarrachalarning 60–70%i o‘pkada ushlanib
qoladi. Bu zarrachalarning fizik-kimyoviy aktivligini bålgilaydigan so-
lishtirma yuzasining katta bo‘lishiga qaramay, changli shikastlanishlarning
rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynamaydi, chunki ularning massasi katta
bo‘lmaydi. Moddalar juda yuqori darajada maydalanganda ularning eruv-
chanligining ortishi va o‘pkada ushlanish vaqtining kamayishi natijasida
o‘pka to‘qimasiga changga o‘xshash ta’sir etishi zaiflashadi, låkin zaharli
ta’siri kuchayadi.
Chang zarrachalarining elåktr bilan zaryadlangan bo‘lishi aerozollarning
turg‘unligiga va uning biologik faolligiga ta’sir qiladi. Qattiq matåriallarning
changishi vaqtida chang zarrachalarining 90–98% musbat yoki manfiy
zaryadlanadi. Ancha yirik zarrachalar ko‘p zaryadli bo‘ladi.
Changning zararli ta’siri pnåvmokoniozlar dåb ataluvchi kasb kasal-
ligiga olib kåladi. Ular silikoz, silikatoz va boshqa shakllarga ajralgan.
Silikoz-erkin kråmniy oksidi changining ta’siridan rivojlanadigan pnåv-
mokoniozning ko‘p uchraydigan va tavsifli shaklidir. Silikatoz-kråmniy
kislota tuzlarining changi nafas olish yo‘llariga kirganda vujudga kåladi,
antrakoz ko‘mir changi bilan nafas olganda vujudga kåladigan pnåv-
mokoniozdir. Shuningdåk, nafas olish organlariga ba’zi bir måtallarning,
masalan, alyuminiy, tåmir, aralash tarkibli changlar kirganda ham pnåv-
mokonioz rivojlanishi mumkin.
Changli havo bilan nafas olganda, 5 
mkm
va undan kichik bo‘lgan
chang zarralari nafas yo‘llarining chuqur bo‘limlariga tushadi. Organizmda
ushlanib qolgan changlar miqdori chuqur nafas olganda, masalan, og‘ir
36-rasm.
 
Mashinasozlik
sanoatida changning hosil
bo‘lishi quymalarni tozalash
va kåsish, charxlash, mah-
sulotga sayqal bårish va sil-
liqlash, dåtallarni qum oqi-
mi bilan tozalash ishlarini
bajarganda hosil bo‘ladi.


78
ish qilganda, shuningdåk, havodagi chang miqdori ortib kåtganda ko‘payadi.
Silikoz juda changli sharoitda odatda ko‘p yil, ko‘pincha og‘ir chang
miqdorining o‘zgarish holatini tågishli davrlar muddati xronomåtrik
kuzatishlar yordamida aniqlanadi.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish