Mehnat muhofazasi


 Zararli moddalar ajratuvchi manba va ularning tashqi



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/127
Sana04.02.2022
Hajmi6,98 Mb.
#428312
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   127
Bog'liq
mehnat muhofazasi

6.10. Zararli moddalar ajratuvchi manba va ularning tashqi
muhitga ta’siri
Tashqi muhitni muhofaza qilish muammosi bugungi kunning muam-
mosi emas. Insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida bu muammolar
har turli qirralari bilan ko‘rinish bårib kålgan.
Kåyingi vaqtlarda, ya’ni XX asrning 30-yillarida jahon miqyosida
po‘lat ishlab chiqarishga ehtiyoj ortganligi munosabati bilan, bunday
korxonalar zich joylashgan Yevropa hududidagi Angliya va Bålgiya
davlatlaridagi ba’zi bir shaharlarda tutunning ko‘payib kåtishi natijasida
aholi o‘rtasida kasallanish ko‘payganligi kuzatilgan. Bunday noxush vo-
qealarni måtallurgiya sanoati rivojlangan Rossiya Fådåratsiyasining
Magnitogorsk va Chålyabinsk shaharlarida hozirgi kunda ham kuzatish
mumkin.
O‘rta asr boshlarida jahonning katta shaharlarida, isitish va boshqa
maqsadlar uchun toshko‘mirdan foydalanish boshlangan kåzlarda bu
shaharlarda tutunning ko‘payib kåtishi natijasida odamlarning tutunga
qarshi kurash e’lon qilishgani haqida ma’lumotlar bor.
XX asrning 50-yillaridan boshlab avtomobilsozlikning rivojlanishi
tufayli, avtomobil dvigatållarida yonishdan hosil bo‘lgan gaz dunyo
miqyosida eng xavfli ekologik muvozanatni buzilishiga olib kåladigan
omilga aylandi. Dunyo axborot agåntliklarining ma’lumotlariga
qaraganda, planåtamiz hududidagi katta shaharlarning dåyarli barchasida
avtomobillar chiqargan gazlar muammosi ko‘ndalang turibdi. Shuni
ham ta’kidlash muhimki, avtomobillarga qarshi kurash ochishning
imkoniyati yo‘q. Chunki, insoniyat taraqqiyotini avtomobillarsiz tasavvur
qilish qiyin. Aytilgan gaplar faqatgina avtomobillarga tågishli bo‘lmay,
transport tizimlarining barchasiga: samolyot, tåplovoz, okåan va kosmik
kåmalarga ham taalluqli.
Aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, atmosfåra havosining bulg‘anishiga
qarshi kurash murakkab muammo bo‘lib, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va
tåxnologik muammolarni o‘z ichiga oladi.
Atmosfåra havosining bulg‘anishi tushunchasiga har xil ma’no bårishga
harakat qilingan. Bu tushunchani umumbashariy nuqtai nazaridan olib


74
qarasak, dunyo miqyosida ajralib chiqayotgan zararli moddalar miqdorini
ko‘z oldimizga kåltirishga to‘g‘ri kåladi.
Har qanday davlatning rivojlanish darajasini unda ishlab chiqarilayotgan
elåktr enårgiyasi va sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulot-
larning sifati va dunyo bozoridagi raqobatbardoshligi bålgilaydi. Bu oddiy
haqiqatni tushunib yåtmagan yår yuzidagi birorta davlat qolgani yo‘q. Dåmak,
har bir davlat enårgåtika sohasini rivojlantirishni rejalashtiradi. Shundan kålib
chiqib aytish mumkinki, yuqorida kåltirib o‘tilgan chang miqdorining yaqin
kålajakda bir nåcha o‘n marta ortishi ehtimoldan holi emas.
Changlarning o‘ziga hos xususiyati shundaki, ular asosan qattiq
moddalarning zarrachalari hisoblanadi, låkin ularning tarkibida kimyoviy
råaksiyalar natijasida hosil bo‘lgan zarralar ham anchagina miqdorni tashkil
qiladi. Masalan, enårgåtika sohasida yoqilg‘i sifatida qoldiq ishlatilayotgan
moddalar yongandan kåyin hosil bo‘ladigan mahsulot, ya’ni kul xuddi
shunday zarralar qatorini egallaydi. Bunday changlarning atmosfåraga
chiqarib yuborilgan qismi kattaligi 5 
mkm
dan kichik changlardan tashkil
topganligi sababli va ularning solishtirma og‘irligi atmosfåra havosi
solishtirma og‘irligiga tångligini hisobga olsak, bu changlar dåyarli yårga
qo‘nmay atmosfåra havosining bir qismi sifatida doim suzib yuradi. Bu
changlarning atmosfåra havosida ko‘payishi quyosh nurlarining yårga yåtib
kålishini qiyinlashtiradi, ya’ni notabiiy soyalar vujudga kåladi, bu esa o‘z
navbatida shamollarning harakatlanish yo‘nalishlarini o‘zgartirib yuboradi,
ularning tarkibidagi bulutlar doimiy yurish joylarini o‘zgartirib, yog‘ishi
kårak bo‘lgan yomg‘ir butunlay boshqa hududlarga yog‘adi.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish