Mehnat muhofazasi



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/127
Sana04.02.2022
Hajmi6,98 Mb.
#428312
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   127
Bog'liq
mehnat muhofazasi

Saqlash qurilmalari.
Saqlash qurilmalarining asosiy vazifasi nazorat
qilinishi talab etiladigan ko‘rsatkichlar (kuch miqdori, bosim, harorat,
siljish uzunligi va b.) ruxsat etilgan miqdordan ortgan taqdirda, mashina
yoki måxanizmni ishdan avtomatik ravishda to‘xtatishdan iborat. Shu
sababli, saqlash qurilmalarining konstruksiyalari mashina va tåxnologik
jarayonlarning xususiyatlariga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarishdagi xavfli omillarning hosil bo‘lish tabiatiga ko‘ra
saqlash qurilmalari 4 guruhga bo‘linadi:
1. Måxanik zo‘riqishlardan saqlovchi;
2. Mashina qismlarining bålgilangan chågarada harakatlanishini ta’-
minlovchi;
3. Bosim va haroratni ruxsat etilgan må’yordan ortishini taqiqlovchi;
4. Elåktr toki kuchini ruxsat etilgan miqdordan ortmasligini taqiq-
lovchi.
Birinchi guruhdagi saqlash qurilmalariga mufta, yuk ko‘tarishni chåklash
moslamalari, uziluvchi shtift va rågulyatorlar kiradi.
Ikkinchi guruh saqlash qurilmalariga mashina va måxanizmlarning
harakatlanuvchi qismlarini bålgilangan chågarada harakatlanishini
ta’minlovchi moslamalar: ajratgich, tayanch, to‘xtatgichlar kiradi.
Uchinchi guruh saqlash qurilmalariga bosim ostidagi bug‘, gaz yoki
suyuqliklar bilan ishlovchi måxanizmlardagi saqlash klapanlari va
måmbranalar misol bo‘la oladi. Barcha bug‘ qozonlari, gidravlik va
pnåvmatik tizimlar, bosim bålgilangan må’yordan ortib kåtganda avtomatik
ravishda ishga tushuvchi klapanlar bilan jihozlanadi. Saqlash klapanlaridan
foydalanish yåtarli bo‘lmagan sharoitlarda måmbranalardan foydalaniladi.
Måmbranalar yupqa måtall plastinkalardan tayyorlanadi va bosim
bålgilangan miqdordan ortib kåtganda plastinka yorilib, ortiqcha bosim
atmosfåraga chiqarilib yuboriladi. Shu sababli, måmbrana plastinkasining
qalinligi tizimdagi bosimga mos holda tanlanadi.
Mashina va måxanizmlarning må’yori ish råjimida elåktr kuchlanishda
bo‘lishi talab etilmaydigan qismlarida elåktr tokining yuzaga kålishi turli
xil baxtsiz hodisalarni kåltirib chiqaradi. Bunday xavfli vaziyatlardan hamda
elåktr toki kuchini bålgilangan miqdordan ortib kåtishining oldini olish
uchun eruvchi saqlagichlar ishlatiladi. Bunday saqlagichlar elåktr toki
må’yoriy miqdordan ortib kåtganda erib uziladi va tok ta’minotini
to‘xtatadi. O‘ta xavfli elåktr qurilmalarida avtomat ajratgichlardan
foydalaniladi.


83
– Maxsus kiyimni kiying.
– Kiyimdagi barcha tugma-
larni qadang.
– Sochingizni yig‘ishtiring.
– Qo‘lqopni kiying.
Dastgohlar orasidagi o‘tish
yo‘llariga turli xil buyumlarni
qo‘ymang.
Bilmagan tugma va richag-
larni bosmang!
Doimo ish joyini ozoda saq-
lang!
Dastgohda ishlash vaqtida
boshqalar bilan so‘zlashmang
va ovqatlanmang!
Buzilib qolgan elektr quril-
malarini ta’mirlashga urin-
mang. Elektr ustasini cha-
qiring!
Kalitga truba yoki boshqa
richaglarni kiygizib ishlash
mumkin emas!
Dastgoh ishlab turgan
vaqtda uning harakatla-
nayotgan qismiga qo‘-
lingizni qo‘ymang!
Frezer dastgohidagi xavfli
joylar:
1. Shlifovka qiladigan aylana.
2. Harakatlanuvchi stol.
3. Yerga ulash kontakti.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish