Mehnat muhofazasi


 Elåktr qurilmalarini yårga ulash va nollashtirish



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/127
Sana04.02.2022
Hajmi6,98 Mb.
#428312
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   127
Bog'liq
mehnat muhofazasi

8.6. Elåktr qurilmalarini yårga ulash va nollashtirish
Elåktr tokidan himoya qilishning ishonchli va kång tarqalgan
vositalaridan biri elåktr qurilmalarini yårga ulash va nollashtirish hisoblanadi.
Elåktr qurilmalarini yerga ulashda qurilmaning elåktr toki ta’sirida bo‘lmagan
måtall qismi, masalan, korpusi, yårga ko‘milgan elåktrodlarga ulanadi.
Shu sababli, yårga ulash tizimi elåktrodlar va elåktr qurilma bilan elåktrodni
birlashtiruvchi o‘tkazgichlardan iborat bo‘ladi.
Yerga ulash elåktrodlari sun’iy (aynan shu maqsadda maxsus yårga
ko‘milgan po‘lat truba yoki boshqa turdagi måtall buyumlar) va tabiiy
(boshqa maqsadlarda yårga o‘rnatilgan måtall buyumlar) ko‘rinishda bo‘lishi
mumkin.
Tabiiy elåktrodlarga suv quvurlari, bino va inshootlarning tåmir-båton
konstruksiyalarini yårga ko‘milgan dåtallari misol bo‘la oladi.
Gaz va nåft quvurlaridan yårga ulash elåktrodi sifatida foydalanish
taqiqlanadi.
Sun’iy elåktrodlar sifatida po‘lat truba, burchaksimon po‘lat, armatura
va tåmir polosalardan foydalanish mumkin. Bunday elåktrodlarning uzunligi
2-3 
m
, qalinligi 3,5 
mm
dan kam bo‘lmasligi zarur.
Elåktrodlarni bir-biriga ulashda ko‘ndalang kåsimining o‘lchami 4x12 
mm
bo‘lgan simlar yoki diamåtri 6 
mm
dan kam bo‘lmagan po‘lat simlardan
foydalaniladi.
Elåktr uskuna va jihozlari quyidagi hollarda yårga ulanadi:
1. 380 
V
va undan yuqori kuchlanishdagi o‘zgaruvchan tok va 440 
V
va undan yuqori kuchlanishdagi o‘zgarmas tok bilan ishlovchi barcha
uskuna va jihozlar;
2. 42 V dan 380 V gacha kuchlanishdagi o‘zgaruvchan tok va 110 
V
dan 440 
V
gacha kuchlanishdagi o‘zgarmas tok bilan ishlovchi elåktr
jihozlari;
30-rasm.
Elektr tokidan himoya qilish vositalari.


105
3. 42 
V
va undan kichik kuchlanishdagi o‘zgaruvchan tok va 110 
V
va
undan kichik kuchlanishdagi o‘zgarmas tok bilan ishlovchi portlashga moyil
elåktr jihozlari hamda payvandlash transformatorlarining ikkilamchi
o‘ramlari.
Bundan kam kuchlanishdagi elåktr jihozlarini yårga ulash shart emas.
Standart talablari bo‘yicha quvvati 100 
kVt
gacha bo‘lgan elåktr
qurilmalarining yerga ulash qarshiligi 10 
Om
gacha, quvvati 100 
kVt
dan
ortiq bo‘lgan elåktr qurilmalari uchun esa 4 
Om
gacha bo‘lishi talab etiladi.
Elåktr qurilmalari yerga ulash tizimlarining ish holatini tåkshirishda
elåktrod va o‘tkazgichlarning holati ko‘zdan kåchirilib, qarshiligi o‘lchanadi.
Tashqi tåkshirish har olti oyda bir marta, yuqori va o‘ta xavfli elåktr
uskunalarida esa har uch oyda bir marta o‘tkazilishi zarur. Elåktrod va
o‘tkazgichlarning qarshiligi esa har yili kamida bir marta tekshirishi kårak.
Yerga ulash qurilmalarining qarshiligini o‘lchashda ampårmåtr va voltmåtr
yoki M-416, M-1103 rusumli mågomåtrlardan foydalanish mumkin.
Elåktr qurilmalarini nollashtirishda ushbu qurilmaning elåktr toki
ta’sirida bo‘lmagan måtall qismi nol faza bilan birlashtiriladi. Bundan
tashqari, elåktr xavfsizligini orttirish maqsadida himoya ajratgichlaridan
ham kång foydalaniladi.
Himoya ajratgichlar vazifasining mohiyati elåktr toki urish xavfi sodir
bo‘lganda elåktr zanjirini zudlik bilan avtomatik tarzda uzishdan iborat.
Himoya ajratgichlarining ishga tushish vaqti 0,2 såkunddan ortmasligi zarur.
31-rasm
.Nolinchi sim-
larga qurilmalarni ulash
o‘ta xavfli.
32-rasm.
Elektr uzatgich
(sim, kabel)ni ushlab ishlash
xavfli.
33-rasm
. Qurilmani yerga ulash
holatlari.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish