Mehnat muhofazasi



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/127
Sana04.02.2022
Hajmi6,98 Mb.
#428312
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   127
Bog'liq
mehnat muhofazasi

24-rasm.
Elektr tok nosozliklarni
tu zat ish ishlar ini baj ari sh
taqiqlanadi.


99
uchliklar bo‘lishi shart. Shlangli simlar bo‘lmagan
taqdirda, istisno tariqasida, izolyatsiyasi kamida
500 
V
kuchlanishga mo‘ljallangan ko‘p tomirli
egiluvchi simlarni ishlatishga ruxsat etiladi. Bunday
simlar umumiy rezina shlang ichiga olinadi.
Ko‘chma tok qabul qilgichlar uch oyda bir marta
tekshiriladi, bunda ularning yerga ulovchi simi
korpusga ulanib qolmaganligi, yerga ulovchi simning
butunligi, ta’minlovchi simlar va tok o‘tkazuvchi
qismlar izolyatsiyasining sozligi aniqlanadi. Ko‘chma
tok qabul qilgichlar izolyatsiyasining holati kamida
har oyda bir marta tekshiriladi, bunda megometr
yordamida izolyatsiyaning qarshiligi o‘lchanadi.
Tekshirish natijalari daftarda qayd qilinadi.
127 va 220 
V
kuchlanishli umumiy yoritish elektr
lampalari poldan kamida 2,5 
m
balandlikda osib
qo‘yiladi. Agar ularni bundan pastroq o‘rnatish zarur bo‘lsa, u holda
kuchlanish 36 

dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Elektr lampalarning patronlari
chinnidan yoki yonmaydigan plastmassadan yasaladi. Elektr lampalarni tok
borida burab chiqarish yoki kiritish mumkin emas. Agar tokni o‘chirishning
iloji bo‘lmasa, bu ishni navbatchi elektrmontyor tok o‘tkazmaydigan
qo‘lqopdan foydalangan holda bajarishi kerak.
Umumiy yoritish elektr lampalaridan qo‘lda
ko‘tarib yuriladigan lampa sifatida foydalanish
taqiqlanadi. Bu maqsad uchun zavodda
tayyorlangan yoritgichlar ishlatiladi. Ularning
tuzilishi odamlarni tok o‘tkazuvchi qismlarga
tegib ketish xavfidan xoli qiladi.
Ko‘chma yoritgichlarning kuchlanishi ko‘pi
bilan 36 
V
, o‘ta xavfli joylarda (qarash chu-
qurlarida, metall rezervuarlarda) ko‘pi bilan
12 
V
bo‘lishi kerak. Dastakli ko‘chma yoritgich
lampani muhofaza qiladigan metall to‘r va
vilkali shlangli sim bilan ta’mirlanadi, bu vilka
36 
V
dan yuqori kuchlanishli tarmoqqa ulangan
shtepsel rozetkasiga yoritgichni ulash imkonini
bermaydi.
Tarmoqqa ko‘chma tok qabul qilgichlarni
ulash nazarda tutilgan joylarga tegishli yozuvlar
osib qo‘yiladi.
12 va 36 
V
kuchlanishda ishlatiladigan stepselli birikmalar (rozetka,
vilka) 127 va 220 
V
kuchlanishga mo‘ljallangan odatdagi shtepselli
birikmalardan faqat tuzilishi jihatidan emas, balki rangi bilan ham farq
25-rasm.
Elektr tarmoqlari va
elektr uskunalaridan foyda-
langanda sim va kabellarni
presslash, payvandlash, kav-
sharlash orqali yoki maxsus
qisqich (vintli, boltli, ponali
va h.k.) yordamida ulash,
ayirish va uzish kerak.
To‘g‘ri
Noto‘g‘ri
26-rasm. 
Yoritish va elektro-
dvigatel tizimini boshqarish va
muhofaza qilish ucnun saq-
lagich (predoxranitel) ish-
latiladi.


100
qiladi; bundan maqsad ularni ulash vaqtida xatoga yo‘l qo‘ymaslikdir. 36 
V
va bundan past kuclanishli yoritgich hamda elektr asboblarni pasaytiruvchi
ko‘chma transformatorlardan yoki bevosita past kuchlanishli (12–36 
V
)
elektr tarmog‘idan tok oladi. Bu tarmoq esa tokni unga shlangli sim yordamida
ulanadigan ko‘chmas tarnsformatorlar orqali oladi.
27-rasm. 
Elektr tarmoqlari va elektr uskunalaridan foydalanganda:
– shikastlangan izolyatsiyali yoki boshqa nozosliklari bo‘lgan simlardan
foydalanish;
– elektr simlari va kabellarni kuchlanish ostida qoldirish;
– kalibrlanmagan kavsharlangan qo‘shimchalar va qo‘lda yasalgan elektr
saqlagichlardan foydalanish;
– elektr simlarining metall qurilmalari bilan tutashtirish;
– tarmoqqa ulangan elektr asbob-uskunalarning qarovsiz qolishi;
– isitish va quritish uchun qo‘lda yasalgan elektr isitish asboblaridan
foydalanish taqiqlanadi.
Suyuqlanuvchi saqlagichlarni (naysimon yoki tiqinsimon) tok olingandan
keyin almashtirish kerak. Agar tokni uzib qo‘yishning iloji bo‘lmasa, u
holda ish yuklamasini uzib qo‘yish zarur. Tok ulangan naychasimon saq-
lagichlar maxsus asbobdan foydalanib almashtiriladi. Bunda himoya


101
ko‘zoynagi taqib, tok o‘tkazmaydigan qo‘lqop kiyib, izolyatsion taglik
ustida (yoki tok o‘tkazmaydigan kalish kiyib) ishlanadi. Plastinali saq-
lagichlarning suyuqlanuvchan qo‘shimchalari (vstavkalari) tok o‘chiril-
gandan keyingina almashtiriladi.
Tok o‘tadigan qismlarda (yoki ularning yaqinida) bajariladigan barcha
montaj va ta’mirlash ishlari, shuningdek, 36 
V
dan yuqori kuchlanishli
ishlayotgan elektr qurilmalariga simlarni ulash yoki uzish ishlari faqat tok
o‘chirilgandan keyin va xavfsizlik texnikasidan qo‘shimcha talablarga rioya
qilingan holda olib borilishi mumkin.
Tok borligida montaj, ta’mirlash va nosozlikni tuzatish ishlarini bajarish,
shuningdek, ishchining elektr uzatish havo liniyalari ustunlariga chiqib
simlarni ulashi taqiqilanadi.
Tok bor yoki yo‘qligi maxsus asboblar bilan tekshirib ko‘riladi. Bu maqsad
uchun past kuchlanishli tarmoqlarda izolyatsiyalangan g‘ilofli tekshirish
lampasidan foydalaniladi. Simlarning g‘ilofdan ko‘pi bilan 50 
sm
uzunlikda
chiqarilgan uchlari izolyatsiyalangan bo‘lmog‘i va uchlarida qattiq elektrodli
(o‘tkazgichli) izolyatsiyalangan dastasi bo‘lishi kerak. Yuqori kuchlanishli
tarmoqlarda kuchlanish borligi kuchlanish ko‘rsatkichlari (indikator)
yordamida, ularni tarmoqqa ulamay aniqlanadi.
Foydalanayotgan barcha elektr jihoz, uskunalarni, hatto ular ma’lum
vaqtga tarmoqdan uzib qo‘yilgan bo‘lsa ham, tok bor kabi juda ehtiyot
bo‘lib ishlatish kerak, chunki ularga istalgan vaqtda tok kelib qolishi mumkin.
36 
V
kuchlanishli yoritish elektr chiroqlari poldan 2,5 
m
dan kam
bo‘lgan balandlikka osiladi. Ish o‘rnining ustida simlarning balandligi 2,5 
m
dan kam bo‘lmasligi kerak.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish