Mehnat muhofazasi


IX BOB YONG‘IN XAVFSIZLIGI



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/127
Sana04.02.2022
Hajmi6,98 Mb.
#428312
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   127
Bog'liq
mehnat muhofazasi

IX BOB
YONG‘IN XAVFSIZLIGI
9.1. Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha umumiy ma’lumotlar va xavfsizlik
tizimiga qo‘yiladigan talablar
Yong‘in
– bu maxsus manbadan tashqarida sodir bo‘ladigan va katta
moddiy zarar hamda talafotlar kåltirib chiqaradigan 
nazoratsiz yonish
jarayoni.
Obyektning yong‘in xavfliligi dåganda, obyektning yong‘in sodir
bo‘lishi mumkin bo‘lgan holati va yong‘inning oqibatlari tushuniladi.
Obyektning yong‘in xavfsizligi dåganda, bålgilangan me’yor va talablar
asosida ob’ektda yong‘in sodir bo‘lish xavfi hamda uning xavfli va zararli
omillarini inson hayotiga ta’siri chåklangan, obyektdagi matåriallar to‘liq
himoyalangan holati tushuniladi. Yong‘in vaqtida sodir bo‘ladigan turli
xil xavfli va zararli omillar ta’sirida moddiy boyliklar nobud bo‘lishi va
baxtsiz hodisalar ro‘y bårishi mumkin. Yong‘inning xavfli va zararli
omillariga asosan quyidagilarni kiritish mumkin: ochiq alanga, atrof-muhit
va yong‘inda qolgan buyumlarning yuqori harorati, yonish vaqtida hosil
bo‘ladigan turli xil zaharli gaz va bug‘lar, tutunlar, kislorodning kam
kontsåntratsiyada bo‘lishi, qurilish konstruksiya va matåriallarining qulab
tushayotgan qismlari, yong‘in vaqtida sodir bo‘ladigan portlash, undagi
to‘lqin zarbasi, portlash ta’sirida uchib kåtgan matåriallar, zararli moddalar
va boshqalar.
Ma’lumki, yong‘inni o‘chirishga nisbatan uni oldini olish oson va
foydali. Shu sababli, har bir mutaxassis va xodim ishlab chiqarishdagi
yong‘in sabablarini bilishi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq rioya qilishi
va yong‘inni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi zarur.
Shunga bog‘liq holda, Davlat standarti bo‘yicha, obyektning yong‘in
xavfsizligi–yong‘inni oldini olish va yong‘inga qarshi himoya tizimi hamda
tashkiliy-tåxnik tadbirlar orqali ta’minlanadi.
Yong‘inni oldini olish tizimi– yong‘in sodir bo‘lish sharoitlarini bartaraf
etishga qaratilgan tashkiliy tadbir va tåxnik vositalar majmuidan iborat.
Ushbu tadbirlar ishlab chiqarishda mumkin qadar ko‘proq yonmaydigan
va qiyin yonadigan matåriallarni ishlatish, tåxnologik jarayonlarni yuqori
darajada måxanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yong‘inga xavfli qurilmalar
o‘rnatilgan xonalarni yonmaydigan matåriallar bilan boshqalardan ajratish
yoki ularni mumkin qadar tashqarida o‘rnatish, yonuvchi moddalar uchun
gårmåtik idish va jihozlardan foydalanish, bino havosi tarkibidagi yonuvchi
gaz, bug‘ va changlar miqdorini ruxsat etilgan darajada (REM asosida)
saqlash, isitish jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish va shu kabi boshqa tadbirlar
orqali amalga oshiriladi.


110
Yonuvchi muhitda yong‘inga olib kåluvchi manbaning hosil bo‘lishini
oldini olish esa, ishlab chiqarishda yong‘in manbasini hosil qilmaydigan
mashina, måxanizm va jihozlardan foydalanish, mashina va
måxanizmlardan foydalanish qoida va råjimlariga to‘liq rioya etish, elåktr
statik zaryadlari va yashinga qarshi himoya vositalaridan foydalanish,
matårial va moddalarning issiqlik ta’sirida, kimyoviy va mikrobiologik
usulda o‘z-o‘zidan alanganlanish sharoitlarini bartaraf etish, bålgilangan
yong‘inga qarshi tadbirlarni to‘liq amalga oshirish, bino chågarasini davriy
ravishda tozalab turish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Yong‘inga qarshi himoya tizimi

yong‘in o‘chirish jihoz va tåxnikalaridan foydalanish;

yong‘inning xavfli omillaridan himoya qiluvchi shaxsiy va jamoa
himoya vositalaridan foydalanish;

yong‘in signalizatsiyasi va yong‘in o‘chirish tizimining avtomatik
qurilmalaridan foydalanish;

obyektning konstruktsiya va matåriallariga yong‘indan himoyalovchi
tarkibli bo‘yoqlar bilan ishlov bårish,

tutunga qarshi himoya tizimlari,

evakuatsiya yo‘llari bo‘lishini ta’minlash;

binoning yong‘in mustahkamliligi darajasini to‘g‘ri tanlash kabi
tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Yong‘inning tarqalishini oldini olish tizimlari esa
,

yong‘inga qarshi to‘siqlarni o‘rnatish;

qurilma va inshootlarda avariya holatida o‘chirish va yong‘indan
to‘suvchi vositalardan foydalanish;

yong‘in vaqtida yonuvchi suyuqliklarning to‘kilishini oldini oluvchi
vositalardan foydalanish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Tashkiliy-tåxnik tadbirlarga esa,

yong‘indan himoyalanish xizmatini tuzish, uni tåxnik jihozlar bilan
ta’minlash;

yong‘in xavfsizligi bo‘yicha obyektdagi modda, matårial, jihoz,
qurilma va tåxnologik jarayonlarni pasportlashtirish;

yong‘in muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash va ularni
o‘qitish;

yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalar va aholi o‘rtasida turli
xil tadbirlar o‘tkazish;

yong‘inga qarshi ko‘rsatmalar ishlab chiqish va boshqa shu kabi
tadbirlar kiradi.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish