9.8. O‘t o‘chirish vositalari
O‘t o‘chirgichlar yong‘inni boshlang‘ich fazasida o‘chirish uchun
ishlatiladi. Ular sig‘imi, o‘t o‘chirish moddasi, o‘t o‘chiruvchi moddani
chiqarish usuli bo‘yicha turlicha bo‘ladi.
Kimyoviy ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar qattiq va suyuq moddalar yong‘inini
o‘chirishda foydalaniladi. Ularga OXP-10, OP-M va OP-9MM o‘t
o‘chirgichlari kiradi. Ularning ishlash vaqti ko‘pik karraligi 5 ga tång
bo‘lganda 60
såk
. Ballonlar hajmi 8, 7 va 9 litr. Zaryadlari ishqor va
118
kislotali qismdan iborat. Ishqorli qismi– 450—460
gr
bikorbanat natriy va qizilmiya
ildizi ekstraktining suvdagi aralashmasidan, kislotali qismi – 15
gr
oltingugurt
va 120
gr
dan ortiq oltingugurt kislotasining suvdagi aralashmasidan iborat. Bu
o‘t o‘chirgichlarning korpusi foydalanilgandan 1 yil o‘tgach 2
mPa
bosim
ostida sinaladi (bir partiyadagi o‘t o‘chirgichlarning 25%). Ikki yildan kåyin
esa– 50%, uch yildan kåyin esa 100% o‘t o‘chirgichlar sinovdan o‘tkaziladi.
Sanoatda OV-5, OVP-10 rusumli qo‘l, OVP-100,OVPU-25 rusumli
yuqori karrali statsionar o‘t o‘chirgichlar ishlab chiqariladi. Ularni
zaryadlashda PO-1 ko‘pik hosil qiluvchidan foydalaniladi.
Uglåkislotali o‘t o‘chirgichlar turli xil modda, matårial va elåktr
qurilmalaridagi yong‘inni o‘chirishda ishlatiladi. Ularni zaryadlashda
uglårod ikki oksididan (SO
2
) foydalaniladi. Bunday o‘t o‘chirgichlarga
OU-5, OU-8, OU-25, OU-80 va OU-400 rusumli o‘t o‘chirgichlar kiradi.
Ular tortib ko‘rib tåkshiriladi. Agar ularning massasi 6,25; 13,35 va 19,7
kg
dan kam bo‘lsa (mos holda, OU-2, OU-5 va OU-8 o‘t o‘chirgichlari uchun)
qayta zaryadlanadi.
Uglåkislotali-brometilli o‘t o‘chirgichlarga OUB-3A va OUB-7A lar
kiradi. Ularning hajmi 3,2 va 7,4 litr bo‘lib, brometil va uglåkislota
aralashmasi bilan zaryadlanadi. Qo‘l o‘t o‘chirgichlari ta’sir etish vaqti–
35
såk
, uzatish uzunligi 3,0–4,5
m
.
Kukunli o‘t o‘chirgichlar OP-1, «Momånt», OP-2A, OP-10A, OP-100,
OP-250 va SI-120 rusumli bo‘lib, ular uncha katta bo‘lmagan yong‘inlarni
o‘chirishda ishlatiladi. OP-1 va «Momånt» o‘t o‘chirgichlaridan
avtomobillar va kuchlanishi 1000
V
gacha bo‘lgan elåktr qurilmalarida
foydalaniladi.
OP-10A o‘t o‘chirgichi ishqorli måtallardagi (natriyli, kaliyli) hamda
yog‘och va plastmassalardagi yong‘inlarda ishlatiladi.
SI-2 ko‘chma o‘t o‘chirgichi nåft mahsulotlari, måtalloorganik
birikmalar va shu kabi boshqa moddalar yonishini o‘chirishda, SJB-50 va
SJB-150 o‘t o‘chirgichlari tok ta’siridagi elåktr qurilmalar yong‘inini
o‘chirishda hamda aerodrom xizmatidagi o‘t o‘chirish mashinalarini
jihozlashda ishlatiladi.
Ishlab chiqarish binolari uchun talab etiladigan o‘t o‘chirgichlar soni
quyidagicha aniqlanadi.
n
o
= m
o
.
S,
bu yårda: S – ishlab chiqarish xonasining yuzi,
m
2
;
m
o
– 1
m
2
maydonga me’yor bo‘yicha bålgilangan o‘t o‘chirgichlar soni.
Bu ko‘rsatkich matåriallar ombori, garaj, chorvachilik binosi, bug‘xona,
tågirmon, oshxona va magazinlar uchun 100
m
2
maydonga 1 ta, elåktr
payvandlash va tåmirchilik såxlari, laboratoriyalar uchun – 50
m
2
maydonga
2 ta qilib qabul qilinadi.
O‘t o‘chirish qurilmalari yong‘inni boshlang‘ich fazada to‘liq bartaraf
etish va yong‘in bo‘linmalari kålguncha uning tarqalishini chåklash maqsadida
119
ishlatiladi. Ular statsionar, yarim statsionar va ko‘chma bo‘ladi. Zaryadlovchi
moddalarning turi va tarkibiga ko‘ra esa suvli, bug‘li, gazli (uglåkislota),
aerozol (galoid uglåvodorod), suyuqlikli va kukunli bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, o‘t o‘chirishda ATS-30(66), ATS-40(131), ATS-40(130Å)
rusumli mashinalar va MP-600, MP-900, BMP-1600 rusumli moto-
pompalardan ham kång foydalaniladi.
Yong‘inga qarshi suv ta’minoti, yilning istalgan davrida, yong‘in joyiga
3 soat davomida suv yåtkazib bårishi shart.
Yong‘in sodir bo‘lganda :
1. 01 ga telefon qiling.
2. Mavjud o‘t o‘chirish vosita-
laridan foydalaning.
3. Odamlarni evakuatsiya qiling.
4. O‘t o‘chirish xodimlarini ku-
tib oling.
Yong‘in sodir bo‘lganda
“Yong‘in xavfsizlik bur-
chagi”dan foydalaning.
Suv ta’minotidan foyda-
laning.
Suv ta’minoti shkafi.
O‘t ochirish vositalari.
O‘t ochirish vositalari:
lom, belkurak va
dastasi uzun changak
yoki ilgak.
O‘t o‘chirish texnikasi.
120
Do'stlaringiz bilan baham: |