miya sirtiga parallel holda joylashgan nerv tolalarining chigali tarkibiga kiradi.
2.
Tashqi donador qavat (lamina granularis externa) mayda nefronlar hisobiga hosil
bo’lib, ular asosan piramida shaklidadir. Bu hujayralarning neyritlari oq modda
tomonga yonalib, qisman molekulyar qavatning tangensial chigaliga ham
qo’shilib ketadi.
3.
Piramidasimon hujayralar qavati (lamina piramidalis) mayda va kalta
piramidasimon neyronlardan iborat. Bu neyronlar kattaligi 10-40 mkm bo’ladi.
Ularning uchidan chiqqan shoxlanuvchi dendritlari
molekulyar qavatda
tugallanadi, yon tomondan chiquvchi dendritlari esa shu qavatdagi qo’shni
hujayralar bilan sinapslar hosil qiladi. Neyritlar esa oq modda tomon yonaladi.
4.
Ichki donador qavat (lamina granularis interna) po’stloqning har xil qismlarida
turlicha rivojlangan. Po’stloqning ayrim joylarida umuman bo’lmasligi mumkin.
Ular mayda piramidasimon va yulduzsimon hujayralardan iborat. Bu qavatda
yaxshi rivojlangan tangensial – tashqi ko’ndalang nerv toalalari (Bayarje
chizimchalari) joylashadi.
5.
Ganglionar qavat (lamina gaglionaris) yirik piramidasimon neyronlar qavati
bo’lib, po’stloqning asosan harakatlantiruvchi markazlarida, masalan, oldingi
markaziy pushtada mujassamlangan. Bu hujayralarning
eng kattalarining
balandligi 120 mkm va kengligi 80 mkm bo’lib, birinchi marta 1871 – yilda
kiyevlik olim V.Y.Bes tomonidan topilganligi sababli Bes hujayralari deyiladi.
Bu hujayralarning neyritlari harakatlantiruvchi yadrolarning neyronlari bilan
sinapslar hosil qilib tugaydi. Shu bilan birga Bes hujayralarining neyritlari ko’p
miqdorda kollaterallar hosil qilib, ular orqali po’stloqning bevosita o’ziga
tormozlovchi impulslar berish mumkin.
6.
Polimorf hujayralar qavati (lamina multiformis) turli shakldagi miyada
neyronlardan iborat bo’lib, ularning neyritlari oq moddaga yonalgan, dendritlari
po’stloqning molekulyar qavatigacha yetgan bo’ladi.
Po’stloqda joylashgan nerv tolalari (miyeloarxitektonika) ham bir nechta qavat hosil
qiladi. Nerv toalalri po’stloqning turli joylarida har xil bo’lib, bo’ylama va ko’ndalang yonalgan
7 qavatdan iborat:1)
tangensial tolalar qavati; 2) mag’izli nerv tolalari kam bo’lgan qavat; 3)
chizimcha ustki qavati; 4) tangensial mag’iz nerv tolalaridan iborat tashqi Bayarje chizimchasi;
5) chizimchalararo qavat; 6) ichki Bayarje chizimchasi ( bu qavat ham tangensial yonalgan
mag’izli nerv tolalaridan iborat); 7) chizimcha ostki qavat.
Nerv tolalarining qavati neyronlar qavatiga mos tushadi. Ikkala Bayarje chizimchasi ham
piramidasimon hujayralarning afferent tolalari va ular kolalterallaridan hosil bo’ladi.
Bosh miya po’stlog’ida faoliyat jihatidan quyidagi nerv tolalari ajratiladi.
1.
Proyeksion tolalari – ular afferent (markazga intiluvchi yoki sezuvchi) va
efferent ( markazdan qochuvchi yoki harakatlantiruvchi ) bo’lishi mumkin.
2.
Assosiativ tolalar- po’stloqning turli qismlarini o’zaro bog’lab turadi.
3.
Komissural tolalar – ikkala yarim sharlarni o’zaro bog’lash vazifasini o’taydi.
Proyeksion tolalar-
miya po’stlog’iga organizmning ichki va tashqi muhitidan yonalgan
nerv impulslarini o’tkazadi. Shu bilan birga proyeksion tolalar o’z tarkibida nerv sistemasining
quy bo’limlariga javob impulslarini olib boruvchi tolalarni ham saqlaydi.
Assosiativ nerv tolalar
ning uzun va kalta xillari bo’ladi. Kalta
nerv tolalari bosh miya
yarim sharlarining ayrim qismlarini o’zaro bog’lasa, uzun nerv tolalari bitta yarim sharining
uzoqroq qismlarini tutashtirib turadi.
Komissural tolalar
bosh miya po’stlog’ining uzun neyritlari hisobiga hosil bo’lib, bir bosh
miya yarim sharini ikkinchisi bilan bog’lab turadi.
Bosh miya yarim sharlari po’stlog’ining ayrim maydonchalari yuqorida ko’rsatib o’tilgan
qavatlarning turli darajada rivojlanganligi bilan farq qiladi. Masalan, harakat markazi
hisoblangan oldingi markaziy pushta po’stlog’ida uchinchi, beshinchi va oltinchi qavatlar
yaxshi rivojlangan bo’lib, ikkinchi va to’rtinchi qavatlar sust rivojlangandir. Bunday miya
po’stlog’i agranular tip tuzilishiga ega bo’lgan po’stloq deb ataladi. Sezuvchi markazlarda esa,
aksincha, donador qavatlar (ya’ni ikkinchi va to’rtinchi qavat) o’ta rivojlangan bo’ladi. Bunday
tuzilishga ega bo’lgan miya po’stlog’i granulyar tipdagi po’stloqdir.
Yumshoq miya pardasidan po’stloqqa ko’pgina mayda arteriyalar kiradi. Bu
arteriyalarning ko’pchiligi
tarmoqlanib, po’stloq yuza sathida va uning chuqur qatlamlarida
kapillyarlar to’rini hosil qiladi. Ayrim arteriyalar oq moddaga qadar davom etib, kapillyarlarga
bo’linib ketadi. Kapillyarlar to’rining zichligi miya po’stlog’ining hamma qavatlarida bir xil
bo’lmaydi. Yirik neyronlar atrofida kapillyarlar zich to’rlar hosil qiladi. Shuni alohida ta’kidlab
o’tish kerakki, bosh miyaning kulrang moddasi (po’stlog’i va yadrolari) oq moddasiga nisbatan
juda kuchli rivojlangan kapillyarlar to’riga ega bo’ladi. Kapillyarlarning yaxlit endoteliysi va
uzluksiz bazal membranasi ularni tashqi tarafdan o’rab turgan astrositlarning o’simtalari bilan
birlikda mahsus gematoensefalik (ya’ni “qon-miya”) to’siqni hosil qiladi.
Bu to’siq qon orqali kelayotgan yot moddalarni miya moddasiga o’tkazmaydi
va shu
tufayli miya neyronlari uchun himoya vazifasini o’taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: