Katta yarim sharlar markaziy nerv sistemasining boshqa qismlari kabi asosan neyrogliya
va neyrositlardan iborat kulrang modda hamda tolalar va neyrogliyadan
tashkil topgan oq
moddadan iborat, kulrang modda tashqarida joylashib po’stloq deb ataladi. Katta yarim
sharlarda ko’plab pushta va egatlar bo’lib, ular yarim sharlar maydonini kengaytiradi. Qalinligi
3 dan 5 mm gacha yetadi.
Multipolyar neyrositlar po’stloqda qatlam-qatlam bo’lib qavatlar hosil qilib joylashadi va
buni
sitoarxitektonika deyiladi, lekin ulardagi chegara juda aniq bo’lmaydi. Qavatlarni shu
yerda qanday neyrositlar ko’proq uchrashiga bog’liq xolda po’stloq qavatlari nomlanadi.
Xujayralar joylashuviga qarab po’stloqda 6 qavat hosil qiladilar: molekulyar,tashqi donador,
piramidasimon,ichki donador, ganlioz, polimorf xujayralar qavati.
Po’stloqdagi neyrositlar shakli va kattaligi ham turlicha. Neyrositlarning eng ko’p tarqalgan
shakli
uch burchakli, piramidasimon xujayralar bo’lib, po’stloq yuzasiga nisbatan vertikal
joylashadi. Piramidasimon xujayralarning yuqorigi qismidan va yon yuzalaridan po’stloqning
turli qavatlariga dedritlar asosidan esa neyritlar chiqadi. Ayrim neyritlar kalta bo’lib,
po’stloqning o’zida tugaydi,ba’zilari esa uzun bo’lib po’stlolqdan tashqariga oq moddaga yetib
boradi. Boshqacha shakldagi-yulduzsimon, o’rgimchaksimon, butasimon, gorizontal neyrositlar
yoki qo’shimcha xujayralar ham uchraydi. Ular yarim sharlar ichidagi aloqani ta’minlovchi
assosiativ yoki ikki yarim sharlar po’stlog’ining orasidagi aloqani ta’minlovchi komissural
xujayralardir. Po’stloqda oq moddadan po’stloqqa o’tuvchi funksional
markazga intiluvchi-
afferent va po’stloqdan oq moddaga o’tuvchi-efferent tolalar hamda po’stloqning turli
soxalarini bog’lovchi oraliq (assosiativ) neyrositlar ajratiladi.
Po’stloqning molekulyar qavatida hujayralar mayda bo’lib ko’proq duksimon hujayralar
uchraydi. Qolgan qavatlarda piramidasimon hujayralar ko’p uchraydi. Po’stloqning ganglionar
qavatida eng yirik piramidasimon hujayrlar(Bes hujayralari) yotadi.
Neyrositlar orasidan
po’stloqning turli qavatlarida turlicha miqdorda vertikal va gorizontal yo’nalishda miyelinli
tolalar o’tadi. Shu sababli miyelinoarxitektonikada ham qatlamllik kuzatiladi,
lekin tolalar
qatlami
xujayralar
qatlamiga
mos
kelmaydi.
Tolalar
qatlamining
joylashuviga
miyeloarxitektonika deyilib, unda ham 6 qavatni ajratish mumkin:
tangensial tolalar qavati, chizimcha usti qavati,
tashqi chizimcha, chizimcha oralig’i qavati,
ichki chizimcha, chizimcha osti qavati.
Chaqaloqlarda kulrang va oq modda orasidagi chegara aniq bo’lmaganligi sababli
neyrositlar kulrang va oq moddada joylashadilar. Tolalar miyelinizasiyasi tugallanmagan
bo’ladi. Faqat 2-3 yoshga yetganda tolalarning ko’p qismi miyelinizasiyalanadi.
Protoplazmatik astrositlarning yetilishi 3-5 yoshda tugallanadi. Tug’ilishga yaqin po’stloq turli
shaklidagi
mayda neyrositlardan tuzilib, ular orasida yumaloq va oval shakldagilari ko’p
bo’ladi. Xujayralar bir-biriga yaqin joylashadilar. Neyrositlarning tipik shakli 2 yoshga yaqin
kuzatiladi, lekin ular bu vaqtda ancha mayda bo’ladi. Neyrositlarning yiriklashishi va
neyrositlardagi aloqaning murakkablanishi kuzatiladi. Sitoarxitektonikaning
aniq shakllanishi
2-4 yoshlar orasida kuzatiladi. Chaqloqlar bosh miyasi po’stlog’idagi tolalar radial yo’nalgan
bo’ladi. Tangensial va gorizontal tolalar faqat po’stloqning chuqur qavatlarida joylashadilar.
Qolgan qavatlarda bunday tolalar tug’ilgandan so’ng paydo bo’ladi. Miyeloarxitektonika
(tolalarning joylashuvi) ning to’liq shakllanishi 3-6 yoshda kuzatiladi.