Bog'liq nerv tizimi azolarining gistofiziologiyasini organish
O’rta miya . Qopqoqli to’rt do’mboqchadan va miya oyoqchalaridan iborat.Tort do’mboqcha
kulrang moddadan tuzilgan. Qopqoq yirik multipolyar va mayda duksimon neyrositlardan iborat
markaziy kulrang moddadan va tolalardan iborat. O’rta miyada qizil yadro joylashadi.Bu
yadrodan pastga tushuvchi tolalar miyacha ko’ruv do’mboqchasining tishsimon yadrosiga
o’tadi. Qizil yadroning gigant neirositlari rubrospinal tutam hosil qiladilar.
Oraliq miya.Ko’ruv yadrolari va gipotalamik sohaning yadrolarini tutudi. Ko’ruv
do’mboqchasi o’zaro assosiativ neyrositlar bilan bog’langan ko’plab yadrolarga ega: ventral
yadrolarda po’stloqqa impuls olib boruvchi ko’tariluvchi va sezuvchi yo’llar tugaydi. Kaudal
yadrolarda ko’ruv yo’llari tugaydi.