Kalsiy xloridni qo’shish.
Sutga issiqlik ishlovi berish ya’ni
pasterizasiyalash natijasida ayrim
mineral moddalar, xususan kalsiyning bir qismi
cho’kmaga tushadi, bu esa uning pishloq tayyorlashga yaroqliligi kamayadi.
Ba’zan esa tabiiy ravishda ayrim sutlarning uyush xususiyati past bo’ladi. Shuning
uchun sutni uyush qobiliyatini oshirish uchun 100 kg sutga 10-40
gramm kalsiy
xloridning suvsizlantirilgan tuzi 40 % eritma qilib solinadi.
Kimyoviy toza natriy yoki kaliy nitrit tuzi
pishloqni
yetilish davrida
muddatidan oldin shishishdan saqlaydi. 100 kg sutga 10-30
gr tuzning eritmasi
qo’shiladi. Nitrat kislotasining yuqoridagi tuzlari nitrat tuzlarigacha tiklanadi. U
esa o’z navbatida gaz hosil qiluvchi, yog’ ivitqi bakteriyalari va ichak tayoqchalari
faoliyatini to’xtatib, foydali sut ivitqi bakteriyalariga zarar yetkazmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: