GINEKOMASTIYA Sultonov Lutfullo 404-TP GINEKOMASTIYA Ginekomastiya (yunoncha γῠνή — ayol va μαστός — ko’krak) — erkaklar ko’krak bezlari patologiyasi bo’lib, ko’krak bez yoki yog’ to’qimalarining gipertrofiyasi bilan ko’krakning kattalashishi kabi namoyon bo’ladi. Jinsiy yetilish davrida ko’pincha (ayniqsa, tor kiyim bilan jismoniy aloqa bo’lganda va shu kabi holatlarda) sut bezlarining og’riqli zichlanishi hosil bo’lib, keyin o’z-o’zidan yo’qoladi. Ko’krakning kattalashish darajasi 1 dan 10 sm gacha bo’lishi mumkin, o’rtacha hajmi 4 sm ga teng. TASNIFI - Chin ginekomastiya. Ko’krak kattalashishi bezlar to’qimasi hisobiga sodir bo’ladi. Ko’krak bezi ostida qattiq to’qimalar palpatsiyalanadi va UTT tashxis qo’yish shifokori ultratovush tekshiruvi davomida bezni aniqlaydi.
- Soxta ginekomastiya yoki lipomastiya. Ko’krak yog’ to’qima hisobiga kattalashadi. Lipomastiya asosan semiz erkaklarda kuzatiladi
- Aralash ginekomastiya. Chin va soxta ginekomastiya birikmasi:
- Yog’ to’qimalarining ustunligi bilan.
- Glandular (bez) to’qimalarning ustunligi bilan.
Chin idiopatik (fiziologik) ginekomastiya uch xil bo’lishi mumkin: - Chaqaloqik davridagi ginekomastiya — sut bezlarining shishishi chaqaloqlarning 60-90 foizida qayd etiladi. Bu holat onaning jinsiy gormonlari ta’siri natijasi bo’lib, u gormonlar bola organizmiga hali ona qornida bo’lganida tushgan. Davolash talab qilinmaydi, sut bezlari 2-4 haftadan so’ng kichrayadi.
Pubertant davr ginekomastiyasi - Pubertant davr ginekomastiyasi — 13-14 yoshdagi o’smirlarning 30-60 foizida rivojlanadi; 80% hollarda bezlarda ikki tomonlama o’sish kuzatiladi. Bu erkak jinsiy tizimining yetilmaganligi va erkaklar gormoni ustidan ayol jinsiy gormonlarning ustunligi bilan bog’liq. Odatda bu 1-2 yil ichida o’z-o’zidan qaytadi.
Keksalik davridagi ginekomastiya Keksalik davridagi ginekomastiya— 50-80 yoshli erkaklarda, testosteron ishlab chiqarishning kamayishi va estrogenlarning ustunligi tufayli kuzatiladi. KLINIKA - Ko’krak bezlari sohasida og’irlik, bosimli kengayish, qichishish va yoqimsiz his-tuyg’ular paydo bo’ladi. Palpatsiyada og’rimaydigan zich-elastik harakatlanadigan hosila aniqlanadi. Mahalliy limfa tugunlari kattalashmaydi.
DIAGNOSTIKA - Ginekomastiya tashxisini qo’yish uchun ko’krak bezi UT tekshiruvini o’tkazish kerak.
- Diagnostikada ginekomastiya sababini topish ham juda muhimdir.
- Buning uchun gormonal profil tekshiriladi(testosteron, estradiol, prolaktin, LG va TTG ). Ko’pincha ginekomastiya bilan og’rigan bemorlarda estradiol darajasi ko’tarilganligi va testosteron darajasining pasayganligi kuzatiladi.
- Ginekomastiyani davolash jarrohlik va terapevtik hisoblanadi. Ginekomastiyaning fiziologik turlari, odatda, o’z-o’zidan o’tib ketadi va tibbiy tuzatishni talab qilmaydi. Ba’zan o’smirlar fiziologik ginekomastiyasida yuqori estrogen darajasini bostirish uchun gormonal preparatlar belgilanishi mumkin: klomifen, tamoksifen, digidrotestosteron, danazol, testolakton. Agar medikamentoz davolash ko’krak hajmining kamayishiga olib kelmasa, u holda plastik jarrohlik yordamga keladi. Jarrohlik asosan yomon sifatli shishalarda ko’rsatiladi.
GINEKOMASTIYANI DAVOLASH
Do'stlaringiz bilan baham: |