Sano bargi va mevasi - folia et fructus (foliculi) sennae
O’tkir (nayza) barg sano - Cassia
acutifolia Del.; tor barg sano - Cassia
angustifolia Vahl.; sezalpiniyadoshlar -
Caesalpiniaceae oilasiga kiradi.
Har ikkala sano o’simligi bo’yi 1 m
ga yetadigan yarimbuta. Poyasi
shoxlangan, pastki qismidagi shoxlari
yerda sudralib o’sadi. Bargi juft patli murakkab, 4-8 ta juft bargchalardan
iborat bo’lib, poyada bandi bilan ketma-ket o’rnashgan. Gullari shingilga
to’plangan. Guli qiyshiq, kosachabargi 5 ta, asos qismi birlashgan, tojbargi 5
ta, birlashmagan, sariq, otaligi 10 ta, hammasi erkin holda, onalik tuguni bir
xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi - yassi, yapaloq tuxumsimon, ba’zan biroz
qayrilgan, yashil-jigarrang va ko’p urug’li dukkak. Urug’i sariq yoki yashilroq,
deyarli to’rtburchaksimon, to’rsimon burushgan, uzunligi 6-7 rnm. lyun
oyining oxiridan boshlab, kuzgacha gullaydi. Mevasi sentabrdan boshlab
yetiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |