Sifat reaksiyalari
1. Ishqorlar bilan reaksiya:
a) Mahsulotga ishqor tomizilsa mahsulot qizil rangga bo’yaladi.
b) Mahsulotdan ajratib olingan eritmaga ishqor tomizilsa eritma qizil
rangga kiradi - agar xrizotsin guruhi bo’lsa, agar alizarin guruhi bo’lsa
binafsha rang hosil bo’ladi. Bu reaksiyalar oksidlangan formalariga xos
bo’lib, qantarilgan formalari bermaydi.
2. Borntreger reaksiyasi:
(HDF bo’yicha). Yirik poroshok holidagi
mahsulotdan 0,5 g olib probirkaga solinadi, ustiga natriy gidroksidning
spirtdagi 10% li eritmasidan 10 ml qo’shib bir necha minut qizdiriladi.
Natijada to’q-qizil rangli antroxinolyatlar eritmasi hosil bo’ladi, fil’trlab,
sovutib kislotali sharoit hosil qilinadi (xlorid kislota qo’shib). So’ngra
aralashmaga 10 ml efir qo’shib bir necha marta chayqatiladi va efirli qavati
ajratib olinadi (ajratgich voronkada). Ajratib olingan efirli eritmaning 5 ml
ammiak eritmasi solib chayqatilsa, ammiak qavati, ya`ni pastki qismi
(probirkali) qizil rangga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |