Antratsen unumlarining tibbiyotda ishlatilishi Bu mahsulotlar va ulardan olingan dori turlari meditsinada surgi sifatida
ishlatiladi. Ular yug’on ichakka ta`sir etib uning qisqarishini (harakatini)
kuchaytiradi. Ularning 8 - 10 soatdan keyin seziladi. Aglikonlar o’z
glikozidlaridan kuchsizroq ta`sir qiladilar.
Antratsen unumlaridan ayniqsa alizarin guruhiga kiruvchilari buyrak,
siydik yo’llini, qovuqdagi toshlarni erituvchi xususiyatlari aniqlangan
92
shuning uchun organizmdagi oksalat, fosfat, ureat birikmalaridan iborat
bo’lgan toshlarni eritish uchun foydalaniladi.