Kimyoviy tarkibi.
O’tkir bargli sano bargida 6,17%, mevasida 2,70%,
tor bargli sano bargida esa 3,77%, mevasida 4,6% gacha antratsen
hosilalarining yig’indisi (sennozid A, sennozid B, sennozid C, sennozid D,
rein, aloyemodin va boshqaiar) bo’ladi. Sano barglari tarkibida antratsen
hosilalaridan tashqari, fia-vonoidlar hamda salitsilat va boshqa organik kislotalar
va smolalar bor.
Mevasi tarkibida smola bo’lmaydi.
Ishlatilishi.
Sano preparatlari surgi sifatida ishlatiladi. Barg tarkibidagi
smolalar spirtda va qaynoq suvda eriydi, bu smolalar ichakni og’ritish
xususiyatiga ega. Shuning uchun ham tayyorlangan damlamani sovitib, smola
cho’kkanidan keyin filtrlash lozim. Ba’zan barg tarkibidagi smolani spirtda
eritib, keyin dori turlari tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |