Maqsadli-oqilona harakat
— sub'ekt tomonidan o‘z maqsadini aniq
anglaganligini, oqilona vositalar tanlaganini taqozo etadi. Ammo, konkret inson
harakati maqsadli-oqilona harakatga qisman yaqinlashishi mumkin, lekin aynan mos
kelmaydi. Maqsadli-oqilona harakat o‘ziga xos harakat modeli rolini o’ynaydi, uning
yordamida harakatlardagi chetga og‘ishlarni aniqlash mumkin. Bu esa harakat
qilayotgan sub'ektning haqiqiy motivlarini tushunish imkonini beradi.
Qadriyatli
-
oqilona harakat -
etik, estetik, diniy va boshqa ma'lum xatti-harakat
qadriyatlariga bo‘lgan ishonchga asoslangan ijtimoiy harakatdir. Qadriyatli-oqilona
harakat doimo ma'lum bir bajarilishi burch hisoblangan talablarga bo‘ysunadi. Ma'lum
bir qadriyatni anglash bilan bog‘liq bo‘lgan bu harakat o‘zining ma'lum bir tartibliligi
tufayli rejali, oqilona xususiyatga ega bo‘ladi. Qadriyatli-ratsional harakatda odam
.tashqi dunyodagina emas, balki o‘zining sub'ektiv qadriyatlariga ham mos ravishda
vosityalar tanlaydi, bu qadriyatlar harakatni tezlashtirishi va aksincha, susaytirib
qo‘yishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |